Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti «energo-mexanika»


ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK TALABLARI


Download 198 Kb.
bet27/41
Sana08.01.2022
Hajmi198 Kb.
#239977
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
3 курс Amaliy mashg`ulotlar

ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK TALABLARI

6. Ish boshlashdan oldin tish qirquvchi qo'yidagilarga majbur:

6.1. Tarmoq normalari bilan ko'zda tutilgan maxsus kiyimni, maxsus poyabzalni, himoya ko'zoynagini kiyish va tartibga solish, sochlarni bosh kiyim ostiga olish;

6.2. Stanokning mahalliy yoritgichini ishchi zonani yetarlicha yoritadigan va nur ko'zni qamashtirmaydigan qilib rostlash;

6.3. Asboblar va moslamalar mavjudligi va ishga yaroqliligini tekshirish;

6.4. Muhofazalovchi va himoyalovchi qurilmalar, zaminlash, stanok va elektr jihozlarning ishga yaroqliligini tekshirish;

6.5. Tishli g'ildiraklar, yuritmalar tasmalari, yuritmalar va shu kabilar to'siqlari mavjudligi va ishga yaroqliligini, tok o'tkazuvchi elektr apparat qismlari holatini tekshirish;

6.6. Moylash va sovitish tizimining ishga yaroqliligini tekshirish;

6.7. Oyoq osti taxta panjara (to'shama) mavjudligi va ishga yaroqligini tekshirish;

6.8. Harakatlanuvchi qismlarning ruxsat etilgan chegaralardan o'tib ketishiga yo'l qo'ymaydigan uchlik o'chirgichlar ishlashini tekshirish;

6.9. Ulash va almashlab ulash richaglari fiksasiyalarining ishga yaroqliligini tekshirish (salt yurishdan ishchi yurishga o'z- o'zidan almashlab ulanish imkoni yo'qligiga ishonch hosil qilish);

6.10. Stanokni harakatlanuvchi qismlarida qadalish yoki ularning solqiliklarida o'zgarishlari yo'qligini tekshirish;

6.11. Stanoklarda sovituvchi moylar va suyuqliklarni qo'llashda qo'llarga profilaktika moylarini (pastalarini) surkash;

6.12. Ishlab chiqarish sanitariya qoidalariga rioya qilish;

7. Tayyorlanadigan detalning texnologik pasporti va stanokni sozlash kartasi bilan tanishib chiqish.

8. Xavfsizlik talablari to'liq ta'minlanmagan vaqtda tish qirquvchi o'z mulohazalari haqida ustaga xabar berishi va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmasligi shart.




Download 198 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling