12. QUYIDAGILAR TAQIQLANADI:
12.1 .Qo'lqoplarda va rezinali(napalchik) barmoqg'ilofsiz bintlangan barmoqlar bilan stanokda ishlash;
12.2. Stanokni ishlayotganda saqlovchi va himoyalovchi qurilmalarni ochish va olib qo'yish;
12.3. Mustaqil ravishda stanokni ta'mirlash.
AVARIYA VAZIYATLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
13. Ish joyida avariya vaziyatlari yuzaga kelgan vaqtda tish qirquvchilar quyidagilarga majbur:
13.1. Stanokni o'chirib qo'yish va ishlar rahbariga voqea haqida zudlik bilan xabar berish;
13.2. Yong'in ro'y bergan vaziyatlarda bir vaqtda yong'indan saqlash xizmatini chaqirish, mavjud bo'lgan yong'in o'chirish vositalari bilan o'chirishga kirishish;
13.3. Jabrlanganlar bo'lsa, jabrlanganning hayoti va sog'ligiga xavf soluvchi xavfli omillarning organizmga ta'sirni yo'qotish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonib turgan kiyimni o'chirish va boshqalar), uning holatini baholash;
13.4. Jabrlanuvchini qutkarish bo'yicha shoshilinch tartibda zarur bo'lgan choralarni ko'rish (nafas olish yo'llarini tiklash, sun'iy nafas berish, yurakka tashqi massaj qilish, qon ketishini to'xtatish, bog'lama qo'yish va shu kabilar);
13.5. Tibbiy tez yordamni chaqirish, yoxud jabrlanuvchini yaqin atrofdagi davolash muassasasiga transportda yetkazish choralarini ko'rish;
13.6. Voqea yuz bergan joyda imkon boricha vaziyatni saqlab qolish.
Do'stlaringiz bilan baham: |