Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti energo- mexanika fakulteti


Download 0.66 Mb.
bet2/5
Sana08.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#245831
1   2   3   4   5
Bog'liq
hisobot MUXRIDDIN

Asosiy qism

“1-GMZ” kon boshqarmasidagi 1-gidrometallurgiya zavodi (1-GMZ)

NKMK bo‘linmalarida oltin ma’danini qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha yangi quvvatlarni barpo etish bilan bir qatorda amaldagi gidrometallurgiya zavodlarini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlashga qaratilgan yirik investitsiya loyihalari bosqichma-bosqich amalga oshirilyapti.  



2-GMZ ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha kombinatning eng yirik va yetakchi gidrometallurgiya zavodi hisoblanadi. Mazkur korxonada tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan ma’danni maydalashdan boshlab, undan tayyor mahsulot ajratib olib, oliy sifatli quyma oltin hosil qilishgacha bo‘lgan texnologik jarayonlar to‘liq amalga oshiriladi. 2020 yilda 2-GMZ qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha investitsiya loyihasi doirasida 29, 30-tegirmon bloklari ishga tushirildi, shuningdek, tayyor mahsulot tsexi negizida oltin va kumushdan o‘lchovli quymalar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologiyalarga asoslangan majmua foydalanishga topshirildi. 

7-GMZ – kombinatning yana bir yirik korxonalaridan biri. Uning kombinatning boshqa gidrometallurgiya zavodlaridan farqi shundaki,  bu erda qo‘llanilayotgan texnologiyalar evaziga qayta ishlangan ma’dandan (texnogen chiqindidan) yana qayta ishlab, mahsulot olish imkoniyati mavjud. 2020 yilda 7-GMZ quvvatlarini oshirishga qaratilgan investitsiya loyihasining birinchi va ikkinchi bosqichi doirasida 4 ta tegirmon bloklari ishga tushirildi. Zavod to‘la quvvat bilan ishga tushirilganidan keyin yiliga 15 mln tonna texnogen chiqindi qayta ishlanadi.            

2019 yilda 3-GMZda yuqori texnologiyalarga asoslangan majmua – filtrlash, quritish va kuydirish tsexi foydalanishga topshirildi.  Germaniyaning “Engineering Dobersek”  kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan majmua “Ko‘kpatas” va “Dovg‘istov” konlarining tarkibida oltin bo‘lgan sulfidli ma’danlarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan. O‘zining ilg‘or muhandislik-texnik echimlari, texnologik jihozlanish darajasiga ko‘ra bu majmua dunyoda noyobdir. 

2017 yilda Markaziy kon boshqarmasi “Auminzo-Amantoy” oltin koni negizida 5-gidrometallurgiya zavodini barpo etishga qaratilgan investitsiya loyihasi amalga oshirila boshlandi.  Ayni paytda mazkur ob’ektda qurilish ishlari davom etmoqda. Zavodning birinchi bosqichi foydalanishga topshirilgandan so‘ng 2 mln tonna sulfidli ma’danni qayta ishlash rejalashtirilgan. Korxona to‘la quvvat bilan ishga tushirilgach 5-GMZda yiliga 5 mln tonna ma’dan qayta ishlanadi.    

2019 yilda London oltin quymalari bozori assotsiatsiyasi (LBMA – London Bullion Market Association) tomonidan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga bozor talablariga to‘la rioya qilish borasida navbatdagi test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganligini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etildi.

2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi kon-metallurgiya sanoati tarixida ilk marotaba Navoiy kon-metallurgiya kombinati mutaxassislari murakkab tarkibli, qayta ishlash qiyin bo‘lgan rudalardan oltin ajratib olishning yangi texnologiyasini yaratganliklari uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Oltin medaliga sazovor bo‘lishdi.



2017 yilda NKMK oltin kategoriyasida sifatni boshqarish tizimidagi yutuqlarni saqlab turish va takomillashtirish ishlariga qat’iy rioya qilib kelayotganligi uchun Yovropa Sifat Tadqiqotlari Jamiyatining mukofotiga munosib ko‘rildi

2.1. Navoiy mashinasozlik zavodi haqida umumiy ma`lumot. Bugungi kunda “Navoiy Konmetallurgiya kombinati” Davlat korxonasida 65minga yaqin ishchi xizmatchilar mexnat qilmoqda. Ulardan 58% bevosita sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish bilan band. Istiqlol yillarida Kombinat iqtisodiy salohiyati mustahkoamlandi . Murontov konida ishlab chiqarish quvvatini oshirish foydali qazilmalar rudasi qazib olishda yuqori samaradorliga erishish maqsadida qiya nishabli konver ishga tushirildi. Bugungi kunda 3 yarim ming nafardan ortiq ishchi mehnat qilayotgan kombinatning yetakchi korxonalardan biri hisoblangan “Navoiy Mashinasozlik Zavodi “ ishlab chiqarish birlashmasi ham mamlakatimiz sanoatning yetakchilaridan biri desak mubolog’a emas. So’ngi 2yil ichida korxonada ishlab chiqarish maderanizatsiyalash yuzasidan keng ko’lamli loyihalar amalga oshirildi. Korxonada maxalliylashtirish dasturi asosida ish yuritilmoqda, bu dasturda asosan parmalash , jilvirlash, frizirlash stanoklari va tokirlik ya’ni metal qirqish dasgohlarini ishlab chiqaryapti. Bunda mahalliy bilimdon kadirlarning xizmati kata bo’lmoqda. NMZ ishlab chiqarish birlashmasi maxsuloti NGMK bo’limlarida O’zbekiston Respublikasi Qazilmalarini qazib olish, kon madalarini qayta ishlash korxonaning sanoat , kimyoviy agrar sohalarida o’zining ijobiy tomondan ko’rsatgan. NMZ ishlab chiqarish birlashmasi stanoksozlik ishlab chiqarish maxsuloti Rossiya va boshqa mxrij mamlakatlarda sotilmoqda .zavodda metal quyishdan boshlab tayyor texnalogik linyalarni yig’ishgacha bo’lgan jihozlarni tayyorlash tog’ri sikli amalga oshirish uchun mashinasozlik va taminlash xizmati texnalogik toplamiga ega. Quymachilik ishlab chiqarishi (modellsh, qoliplash ,quyish termik ishlov berish) Stanoksozlik ishlab chiqarishi (stanoklarni tayyorlash moderenizatsiyalash va tamirlash va ularga servis xizmatini ko’rsatish). Avtotamirlash ishlab chiqarishi (Belazlarni yamz dvigatellarni kon shaxta texnikasini burg’illash qurilmalarini buldozirlani toliq tamirlash). Mexanik yig’ish sexi (tokirlik, frezalash, yo’nib kengaytirish, sillig’lash tish qirqish stanoklari). Temirchilik tayyorlov sexi (shtamplash ,erkin bolg’alsh, kesish, taxtli shtamplash, bo’kish) Asbobsozlik sexi (shtmplar ,moslamalar, pres qoliblar ,quyma qoliblar, kesish qoliblar, temik ishlov berish). Qozon payvandlash sexi (qazilmalarni qazib olish va madanlarni qayta ishlash korxonalar uchun texnalagik jihozlarni turli dematrdagi sig’imlarni nostandart jihozlarni va metal konstruksiyalarni ekskavator kovishlarni taminlash) Elektr tamirlash sexi ( ozgaruvchan va doimiy tok dvigitillarni quvvati 2000 kvgacha yuqori voltli dvigatellarni tamirlash rottor va yakrlarni muvozanatlash turlari 3000 dan ortiq bo’lgan rizinatexnik buyumlar). ”NMZ”Mehnat muhofazasi ish jaraYonida insonning mehnat qobiliyatini, sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash uchun Yo‘naltirilgan qonunlar majmuasi, sotsial-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga qamrab olgan. «Mehnat muhofazasi» ijtimoiy-huquqiy masalalarni o‘z ichiga olgan muhandislik fani bo‘lib, klassik fanlar bo‘lmish fizika, kimyo va matematika bilan birga amaliy mehnat gigienasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat psixologiyasi, umumiy muhandislik, Yong‘in texnikasi, ergonomika, sanoat estetikasi va boshqa fanlar bilan hamohangdir. Mehnat muhofazasi ish jaraYonida insonning mehnat qobiliyatini, sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash uchun Yo‘naltirilgan qonunlar majmuasi, sotsialiqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga qamrab olgan. «Mehnat muhofazasi» ijtimoiy-huquqiy masalalarni o‘z ichiga olgan muhandislik fani bo‘lib, klassik fanlar bo‘lmish fizika, kimYo va matematika bilan birga amaliy mehnat gigienasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat psixologiyasi, umumiy muhandislik, Yong‘in texnikasi, ergonomika, sanoat estetikasi va boshqa fanlar bilan hamohangdir. "Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi va Zarafshon qurilish boshqarmasikiradi, ularning ta'sir zonasi respublikaning to'rtta viloyatini qamrab olgan. Barcha sanab o'tilganshaharlar kombinat balansida bo'lib, birbirlari bilan temir yo'l va avtomobil yo'llari, respublikaning yagona energotizimiga ulangan elektr uzatish liniyalari bilan bog'langan bo'lib,markazlashtirilgan issiqlik va suv ta'minotini o'z ichiga oladigan avtonom tizimlar, ijtimoiyob'ektlarga ega. Kombinat xo'jalik aloqalarini saqlab qoldi va MDH mamlakatlari va jahonhamjamiyatining ishbilarmon doiralari e'tirofiga sazovor bo'ldi.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling