Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti konchilik fakulteti
Download 0.68 Mb.
|
Mustaqil ish regional. Quldasheva Sabina 11A-17FQGR
SIBIR PLATFORMASINI ZAMONAVIY STRUKTURA
SHAKLLARI. Reja: 1. Qadimgi Sibir platformasini struktura tuzilishi. 2. Sibir platformasini Arxey va proterazoy davrlari tuzilishi 3. Sibir platformasini Aldan va Anabar massivlarini geologik qirqimlari. 4. Platformani yuqori proterazoy davrlariga tegishli strukturalarni joylashuvi Sibir platforma qobig‘ida ifoda qilingan strukturaviy shakllari uning bloklik tuzilishi poydevoriga bo‘ysungan. Platforma qobig‘ining deformasiyalari fundamentdagi siniq zonalari bilan nazorat qilinadi, ular bo‘ylab siljish platformalik bosqichda rivojlangan. Sinekliza va antekliza qismlari bo‘ylab zonalarga guruxlangan kesimlar muxim axamiyatga ega. Sibir platformsada ko‘p kesmalar platformali qobig‘ni va yura-bo‘r kompleksini kesib o‘tishi xarakterli. Plita tizimida intruziv trapplar, ishqor ultra asosiy jinslar muxim amiyatga ega, ularni joylashishi kesma zonalari va kesib o‘tgan joylarida (kimberlit trubkalari va xokazolar) nazorat qiladi. Kesmalardagi platformali qobig‘ siljishlari o‘lchanadi va ular fleksuralarga bog‘liq. O‘rta Sibir plitasini asosiy tuzim elementlari bu Anabar, Aldansk, , Angaro-Lensk anteklizlari, Tunguss va Vilyuy sineklizalaridir. Ko‘rsatilgan struktura shakllari murakkab tizimga ega va botiq yerlar, ko‘tarmalar, siqimlar aloxida antiklinallar va xokazolarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, platformani janubida bir necha mustaqil Aldan qalqoni va uning atroflarida joylashgan botiq yerlarni ajratishadi. Zamonaviy O‘rta Sibir plitasini strukturasini rejasi mezozoy yerasini oxirida tashkil topdi. Pastda uning aloxida katta strukturali elementlarini asosiy tuzilish xususiyatlari keltirilgan. Anobar anteklizasi. Anobar antiklizasi bu katta maydonga ega bo‘lib, (eniga 1000km va meridian bo‘yicha 800 km.ga yaqin) murakkab struktura maydonlar plitalari aktiv egilishlari kech paleozoy-mezazoy davrida tashkil topgan: bular g‘arbda Tungus sineklizasi shimolda Lena-Anabar egilmasi, sharqda va janubiy sharqda Aldan-Lena egilmasi va Vilyuy sineklizasidir. Anteklizani g‘arb qismi bu Anabar ko‘tarilmasi uning shimoliy sharqida Ogneks ko‘tarilmasi joylashgan. Uning janubida Kostyudin grabeni bilan ajralib turgan do‘nglik paleozoy jinslari bilan to‘lgan Kotuy-Dalgin ko‘tarilmasida (havzasi Molod daryosi) joylashgan, unga ko‘pdan kinberlit trubkalari birlashib ketgan. Anteklizani janubi-sharqiy qismida Muna va Tuna orasida Muns svodi joylashgan. Ular O‘rtakembriy qatlamlari cho‘qqisidan quyilgan. Anabar ko‘tarilmasi Olenek, Mun ko‘tarilmalaridan Suxan chuqurligi bilan ajratilgan. Anabar massivi dumaloq uchburchak shakliga ega. Uning yuvib ketilgan markaziy qismi cho‘qqisida fundament jinslari ko‘rinib turibdi (Anabar mavzesi). Arxey fundamentini do‘ng joyi proterozoy, vend va kembriy qatlamlari chiqishlari bilan qurshab olingan qatlamlarni egilganligi shimoliy qoyalikda -30, janubda esa -0,50 gradus. Qatlamlarni monoklinal joylashuvi ko‘p kesimlar bilan qalinlashgan. Kembriy dala doirasi rivojlanishida valsimon ko‘tarmalar ajralib turibdi. Shimoliy g‘arbiy Anabar ko‘tarilmasi qiyaligida Meymechi va Kotuya daryolari havzasida proterozoy va kembriy qatlamlari ultra asosiy va ishqor jinslari bilan toldirilgan. Anabar svodini shimoliy burchagida o‘ziga xos doirasimon struktura -Popigay grebeni joylashgan u va doira shakliga ega. B.L.Masaytis bu strukturani astroblem kategoriyasida qo‘shadi va uni meteoritdan tashkil topshini bilan tushuntiradi. Astroblema tuzilishida ikkita konsentrik kratyer ajratiladi, brekchiyalar bilan tuldirilgan bo‘lib, metamorfizm va eritma - impontantlarni sinab ko‘rgan. Kratyer chekkalarida siljishlar kuzatilgan. Kechkibo‘r kratyerni yoshi -o‘rta bo‘r paleogen. Olensk ko‘tarilmasi o‘rta kembriy-rifey jinslaridan tuzilgan. Uning sharqiy qismida kechki proterazoy poydevori ochilgan. Parallel kesimlar tizimi shimoliy-g‘arbiy - janubiy sharqiy ko‘tarilmasi cho‘zilmalarini aloxida gorst va grabenlarga bo‘lib tashlagan. Kesmalar ko‘pdan ko‘p dayka traplari bilan bog‘langan. Kemriy qatlamlarida fleksuralar, braxiformalar ko‘plab uchraydi va 15 km.ga yetadi. Ko‘tarilmani sharqiy qanotida grabenda yuqori paleozoy qatlamlari rivojlangan (Kotyugdninsk egilmasi). Munsk svodi assmetriya ko‘rinishiga ega bo‘lib, uning Sharqiy qiyaligi tikka, uzilmalari, fleksuralari, braxiformalari ko‘p. G‘arbiy qiyaligi tekis meridional cho‘zilgan Suxansk egilmasi ustida yuqori kembriy qatlamlarida keng tarqalgan. Uning shimoliy qismida meridional yo‘nalgan gorst ko‘tarmasi joylashgan. Aldan anteklizasi. Aldan anteklizasi yuqori proterazoy va kembriy davriga mansub bo‘lib, Aldanovo-Stanovo qalqoniga shimolroq hududida yuzaga chiqqan. Poydevor usti bo‘yicha Aldan yaqim ko‘tarilma ajralib turadi. Shartli chegaralangan stratoizoigipslarda rel’ef usti poydevori - 0,5 km. ga teng bo‘lib, shimoliy-sharqiy Yakutskda do‘ngligida (izogips-10 km.), yura qatlamlari qobig‘ bilan kesib o‘tgan. Ular ingichka subkenglik Aldan egilmalari bilan bo‘lingan. Sharqda Yudano-Mayskda ular Sette-Deban cho‘qqisiga qo‘shilib ketgan. Yudano-Maysk egilmasida Kembriy qatlamlari meridional taxlamlar sistemasini tashkil qiladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling