Navoiy kon metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti energo mexanika fakulteti


Cho'yanlarni mikrostrukturasining tahlili


Download 0.7 Mb.
bet5/18
Sana06.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1331056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
таж мат Word

Cho'yanlarni mikrostrukturasining tahlili.
Nazariy qism.
Mikroanaliz deb, metallografik mikroskop yordamida 50 dan 2000 martagacha kattalashtirib, metalda qotishmalarni ichki tuzilishini o'rganishga aytiladi. Mikroskop ostida o'rganish uchun tayyorlangan na'muna yuzasi mikroshlif deb ataladi.
Temir uglerod qotishmalarida uglerodning miqdori 2.14 % dan 6,67 % gacha bo'lsa cho'yanlar deb ataladi. Cho'yanlar oq, kulrang, bolg'alanuvchi va juda puxta cho'yanlarga bo'linadi. (belo'y, seri'y, kovkiy, vi’’sokoprochni”y).
Oq cho'yanlarda bor uglerod temir bilan bog'langan tsementit (Fe3C) holatda bo'ladi:

            1. evtektikagacha (tarkibida 2,14 % dan 4,3 % uglerod bo'lgan) perlit -ledeburit strukturali;

            2. evtektikali (tarkibida 4.3 % C) ledeburit strukturali;

            3. evtektikadan keyingi (tarkibida 4,3 % dan 6,67 % С gacha) ledeburit-tsementit strukturali.

Bizni qiziqtiradigan evtektikagacha bo'lgan oq cho'yan. (Rasm 3.1.)
Kulrang cho'yanlarda uglerod qisman erkin holatda (grafit) plastina shaklida ajralib chiqadi. Cho'yan strukturalari quyidagicha bo'lishi mumkin.

              1. Temir plastinasimon grafit. Bu cho'yanlar perlitli kulrang cho'yanlar deyiladi. (Rasm 3.1 b).

              2. Perlit+ferrit + plastinasimon grafit perlit ferritli kulrang cho'yan : (Rasm 3.1 .v).

              3. Ferrit + plastinasimon grafit- ferritli kulrang cho'yan. (Rasm9.1.g). Kulrang cho'yanlar quyidagicha markalanadi.

СЧ10, СЧ 15, СЧ 20, СЧ 25, СЧ 30, СЧ 40 bunda raqamlar cho'zilishidagi mustahkamlik chegarasini ko'rsatadi. (кг/ мм2).
Bog'lanuvchi cho'yanlarda grafit pag'a-pag'asimon bo'ladi. Bog'lanuvchi cho'yanlarni oq cho'yanlarni yumshatish yo'li bilan olinadi. Bu cho'yanlami metall asosi -perlitli, perlit-ferrlitli va ferritli bo'lishi mumkin.
Bog'lanuvchi cho'yanni olish uchun oq cho'yanni 3 rejimda yumshatish kerak. (Rasm 9.2.)
I-perlit+grafit strukturali, perlitli, bog'lanuvchi cho'yanni olish uchun yumshatish. (Rasm3.3.a).

                1. perlit+ferrit+ grafit strukturasi, perlit-ferritli cho'yanni olish uchun yumshatish. (Rasm 3.3.b).

III-ferrit + grafit strukturali, ferritli bog'lanuvchi cho'yanni olish uchun yumshatish. (Rasm3.3.b).
Bog'lanuvchi cho'yanlar quyidagicha markalanadi:
КЧ=30-6, КЧ=33-8, КЧ=50-4, КЧ=56-4, K4=60-3 bunda birinchi raqamlar cho'zilishidagi mustahkamlik chegarasini (кгс/мм2) va ikkinchi raqamlar nisbiy uzayishi (% hisobida) bildiradi.
Juda puxta cho'yanlarda grafit shar shaklida bo'ladi. Metall asosi perlitli, strukturasi pelit -grafitli (Rasm 3.4.); perlit ferritli, strukturasi perlit+ ferrit+ grafit (Rasm 9.4. b); ferritli, strukturasi ferrit + grafit (Rasm 3.4.v).
Juda puxta cho'yanlar quyidagicha markalanadi: ВЧ 42-12, ВЧ 45-5, ВЧ 50-2, ВЧ 60-2, ВЧ 70- 3, ВЧ 80-3, ВЧ 100-4, ВЧ 120-4.
Bunda birinchi raqamlar cho'zilishdagi mustahkamlik chegarasini (КГС/мм2) va ikkinchi raqamlar nisbiy uzayishi (% hisobida) bildiriladi.



Rasm. 3.1. Cho’yanlarni mikrostruktura sxemasi


Rasm. 3.2. Oq cho’yanni yumshatish rejimi garfigi
Rasm. 3.3. Bog’lanuvchi cho’yanlarni mikrostruktura sxemasi
Rasm 3.4. Juda puxta cho’yanlarni mikrostruktura sxemasi

3.1 Ishni bajarish tartibi:


Mustaqil ravishda oq, kulrang, bog’lanuvchi va juda puxta cho’yanlarni strukturalarini (tuzilishini) reaktiv ta’sir ettirib va ta’sir ettirmasdan o’rganish va mikroanaliz o’tkazish.
Ish bajarish uchun: metallografik mikroskop, reaktiv ta’sir ettirilgan va ta’sir ettirilmagan mikroshliflar (oq, kulrang, bog’lanuvchi va juda puxta) kerak.
3.2. Ishni bajarish tartibi:
Talabalar 3-4 kishidan bo’lib, kichik gruppalarga bo’linadi. Har bir komplekt mikroshliflarni qabul qilib quyidagilarni bajarishlari kerak.
A) mikroskopni ishga soldirish.
B) mikroshlif yaltiratilgantomoniga mikroskop stoliga o’rnatiladi.
V) kattalashtirish jadvalidan foydalanib,okulyar o'rnatiladi.
G) mikroskop ostida oq, kulrang, bolg'lanuvchi juda puxta cho'yanlarni strukturalarini strukturalarini о’rnatish.

                  1. mikroskopda ko'ringan struktura bilan plakat, albomlarda ko'rsatilgan strukturalarni taqqoslash (solishtirish).

                  2. jadvalga oq, kulrang, bolg'alanuvchi va juda puxta cho'yanlarni strukturalarini chizish.

Z) tekshirilgan po'lat strukturalaridan grafit qo'shilganlariga metall asosiga va struktura sinfiga tavsifnoma berish.
I) oq, kulrang, bolg'alanuvchi juda puxta cho'yanlarni strukturalaridan xossalarim orasidagi farqim
K) bolg'alanuvchi cho'yan strukturasidan uni hosil qilish texnalogik protsessini yozish va yumshatish grafigini chizish.
G) tekshirilgan cho'yanlarni markalarini yozish.
3.3Ish hisobotini yozish tartibi:
l.Ish maqsadini yozing.
3.1. jadvalm to'ldiring.
3. Bolg'alanuvchi cho'yanlarni olish texnalogiyasini yozing.
4.Tekshirilgan cho'yan strukturalari yordamida, oq, kulrang, bolg'alanuvchi juda puxta cho'yanlarning xossalari orasidagi farqni tushuntiring.
3.4Mustaqil tayyorlanish uchun savollar.

    1. Cho'yanlar deb nimaga aytiladi?

    2. qanaqa cho'yanlarni bilasiz?

3 Cho'yanlarda qanaqa strukturalar tashkil etuvchilar bor?

      1. Cho'yanlarda grafit qanday nusxalarda bo'ladi?

      2. Cho'yanlar qanday markalanadi?




Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling