4.Avariya vaziyatlarida xavfsizlik talablari
4.1.Avariyalar va baxtsiz voqealarga olib kelishi mumkin bo’lgan nosozliklar aniqlanganda, darhol ishni to’xtatish va uni bartarf etish choralarini ko’rish uchun bevosita ish rahbariga xabar berishi lozim.
4.2.Kuyish (yong’in) sodir bo’lganda darhol ma’muriyatga xabar berishi va 27-00-1 telefoni orqali o’t o’chiruvchilar komandasini chaqirish lozim.
4.3.Agarda avariya vaziyati, atmosferaga zaharli gazlarni chiqarib tashlash bilan bog’liq bo’lsa, omborchi BKF-markali protivogazni kiyishi va bu to’g’risida ustaga xabar berib ish joyini tark etishi lozim.
5.Ishni tugatish bo’yicha xavfsizlik talablari
5.1.Lok-buyoqlar saqlanadigan omborxona ventilyatorini elektr tarmog’idan uzish (o’chirish), omborxonalardagi elektr yoritgichlarni o’chirish lozim.
5.2.Asbob va moslamalarni tozalash va belgilangan joyga yig’ishtirib olib qo’yish lozim.
5.3.Barcha qolgan joylashtirilgan yuklarni o’tish yo’lagidan yig’ishtirib olib quyish.
5.4.Barcha omborxonalarni ko’zdan kechirish va yong’in xavfsizligi talablari buzilmaganligiga ishonch hosil qilish.
5.5.Maxsus ish kiyimini echish, yakka tartibdagi himoya vositalarini yig’ishtirish va ko’zda tutilgan joyga qo’yish.
5.6.Omborxonani pechatlash (muhrlash) va qo’riqlashga topshirish.
5.7.Yuz va qo’llarni issiq suvda sovunlb yuvish yoki dush qabul qilish lozim.
3-sonli GMZ direktori: N.A.Axatov
“KELIShILGAN”
Shimoliy Kon Boshqarmasi bosh muhandisning
MM va XT bo’yicha o’rinbosari:
______________________ M.N.Ishanxodjaev
«____»_________________yil
Tarjimon: Bolatova G.B.
Tel: 597-29-37
Do'stlaringiz bilan baham: |