Navoiy kon metallurgiya kombinati Shimoliy kon boshqarmasi Omborchi (katta omborchi) uchun mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnoma ii-8


Ishni boshlashdan oldingi xavfsizlik talabalari


Download 62.5 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi62.5 Kb.
#1565889
1   2   3
Bog'liq
KL-Инструкция 11-8 по охране труда для кладовщика (старшего кладовшика)

2.Ishni boshlashdan oldingi xavfsizlik talabalari

2.1.Me’yorlarda belgilangan maxsus kiyim va boshqa yakka tartibdagi himoya vositalarini kiyish.


2.2.Ish joyining etarlicha yoritilganligiga ishonch hosil qilish.
2.3.Ish joyida tasodifan to’kilgan zaharli moddalarni ta’sirsizlantirish (neytrallash) uchun ohaq, soda va boshqa materiallarning borligini;
-ishchi asbobi, yakka tartibdagi himoya vositalarining sozligini;
-birlamchi o’t o’chirish vositalarining sozligini tekshirish.


3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
3.1.Ombordan quyidagi materiallarni berish:
-gaz ballonlari bilan ishlash bo’yicha o’quv kurslarida o’qigan va tegishli guvohnomaga ega;
-ish joyida smenadagi ehtiyojdan ortiq miqdorda portlashga xavfli yoki zararli moddalarni ajratib chiqaruvchi bo’yash, izolyastiyalash va pardozlash hamda boshqa materiallarni berish.
3.2.Materiallar va jihozlarni taxlash ishlarini materiallar, buyumlar va jihozlarning vazifasi, kuyish darajasi va shular uchun belgilangan joylarda zaharlanish darajasidan qat’iy nazar, ularning standart talablari yoki texnik sharoitlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
3.3.Materiallarni tenglashtirilgan maydonlarga joylashtirish, materiallarni o’z-o’zicha qo’shilib ketishga qarshi choralarni ko’rish.
3.4.Bir xil turdagi mayda buyumlar, detallar, tayyor mahsulotlar va chiqindilarni joylashtirib taxlash va transportda jo’natish uchun tegishli taradan (idishdan) foydalanish lozim.
3.5.Yuklarni qo’lda yashikka yuklayotganda ularni balandligi 3 m. dan ortiq bo’lmagan shtabelga joylashtirish, mexanizastiyalangan usulda yuklayotganda balandligi 6 m. dan kam bo’lmagan tarzda, qoplar va qog’oz qoplarga yuklarni balandligi 2,5 m dan kam bo’lmagan shtabellarga joylashtirish lozim.
3.6.Yopiq omborlarda yashiklar va shtabel (toy)larni shunday joylashtirish kerak-ki, asosiy o’tish joyining kengligi 3-3,5 m.dan kam bulmasin.
3.7.Og’ir yuklarni maydon poliga taxlab quyish lozim.
3.8. 1,5-metrdan balandga materiallar va buyumlarni joylashtirish uchun tirgaklar bilan jihozlangan va inventar raqami bor bo’lgan harakatlanadigan zinapoyalardan foydalanish lozim.
3.9.Tarkibida zararli yoki portlashga xavfli eritmalari bor materiallarni alohida xonaga zich yopiladigan yopiq tara (idish)da saqlash lozim.
3.10.Gaz tuldirilgan ballonlarni saqlash vaqtida: ularni isitish priborlaridan 1-metrdan kam bo’lmagan masofaga, maxsus, yaxshi shamol o’tadigan bosim ostida ishlovchi idishlarning tuzilish qoidalari va ulardan xavfsiz foydalanish talablariga muvofiq joylashtiriladi; ularni zarbalardan va quyosh nurlaridan asrash lozim. Bushagan ballonlarni gaz bilan to’ldirilgan ballonlardan alohida saqlash lozim.
3.11.Kislorod to’ldirilgan ballonlarni saqlash va joylashtirish vaqtda ballonlar va moy izi qolgan, moylash materiallarning shlanglari bilan to’qnashishiga qarshi choralarni ko’rish.
3.12.Xavfli yuklarni yuklash va ularni tushirish va transportga yuklash ishlari faqat mehnatning xavfsiz usullariga maxsus o’qitilgan ishchilar tomonidan bajarilishiga qarab borish lozim.
3.13.Engil alangalanuvchi va suyuq yonilg’ilarni zich berkitiladigan (germetik) sig’imlarda transport vositasida tashish lozim.
3.14.Shishadan yasalgan idish (tara)da qislotalar, ishqorlarni yuklash, tushirish; ikki ishchi yordamida transport holatiga o’rnatish; ularni to’liq xavfsizlikni ta’minlovchi va ularni tashish uchun mo’ljallangan zambillarda, aravalar va telejkalarda transport vositasiga yuklab junatish.
3.15.Karbid qalstiysi bor barabanlarni yuklayotganda, ularni izi buylab dumalatish, yuklagandan keyin ko’zdan kechirish, to’kilgan (sochilgan) holatlarda darhol germetik (zich berkitiladigan) taraga qayta yuklash lozim. Transportda junatayotgan vaqtda ehtiyot choralariga rioya qilish, urilishi va zarblarga qarshi choralarni kurish lozim.
3.16.Quyidagi holatlarda darhol ishni to’xtatish lozim:
-avtomobilni joylashtirish zarurati tug’ilganda;
-asbob yoki moslamalar singanda;
-odamlar bilan baxtsiz voqealar sodir bulganda.
3.17.Omborchi (katta omborchi)ga quyidagilar taqiqlanadi:
-nosoz moslamalar, asboblar, buyumlar, mexanizmlardan ishlatish;
-biriktirgich-ajratgich (rubilnik)lar, yong’inga qarshi buyumlar, o’t o’chirgich (ognetushitel)lar, signalizastiya vositalariga qulay borish va o’tish yo’laklarini to’sib qo’ymaslik;
-ish joyini turli narsalar bilan to’sib qo’ymaslik, o’tish yo’laqlarini materiallar va chiqindilar va h.z.lar bilan to’sib quymaslik;
-yong’inga qarshi buyumlarini vazifasiga ko’ra ishlatmaslik;
-yoritilmagan joylarda ishlash;
-belgilanmagan joylarda chekish va ochiq olov manbasidan foydalanish;
-ish joyida ovqatlanish;
-yuqoridagi polkalarga og’ir detallar va materiallarni joylashtirish;
-karbidi bor barabanlar va siqiq gaz to’ldirilgan ballonlarni, shuningdek moylash materillari va kislorod, asteton va boshqa portlashga xavfli gazlar bilan birga bitta xonada saqlash lozim;
-yonilg’i va engil alangalanuvchi suyuqliklarni ochiq tarada saqlash;
-to’kilib ketish va yonib ketish ehtimoli oldini olish maqsadida engil alangalanuvchi va suyuq yonilg’ilari bor idish (sig’im)ni erga tashlab yuborish;
-changlanuvchi zaharli moddalarni uloqtirib (otib yuborish) otish yo’li bilan yuklash, tushirish;
-kislota, ishqor solingan butilkalarni orqaga qo’yib, elkalarda va oldiga olib tashib ko’chirish;
-bo’sh butilkalarni egiltirish (to’ntarish), (ularning ichida kislota yoki ishqorlarning qoldig’i bulishi mumkin).
-kislorod to’ldirilgan ballonlarni elkada tashish;
-kislorod va astetilen ballonlarini birga transportda junatish.



Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling