4.Avariya vaziyatlaridagi xavfsizlik qoidalari
4.1.Traktor yuqoriga ko’tarilayotgan vaqtda kutilmaganda dvigatel to’xtab qolsa, qiya ostiga o’z-o’zidan harakatlanib ketishni oldini olish maqsadida ilashma (sstepleniya) va uzatish korobkasini qo’shmang. Qo’l tormozini qo’shing.
4.2.Traktorda yong’in sodir bo’lganda, uni to’xtating, dvigatel (motor)ni o’chiring, elektroanjomlar ta’minotini o’chiring, imkoni boricha birlamchi o’t o’chirish vositalari bilan yong’inni o’chirishga kirishing. (o’t-o’chirgich qum, toshli qum yoki zich to’qilgan material – brezent, koshma va hoqazolar bilan).
4.3.Traktor ag’darilayotganda, toki u to’liq harakatdan to’xtamaguncha uning kabinasini tark etmang.
4.4.Baxtsiz hodisada, jarohatlanganga zarar keltiruvchi omil ta’sirini darhol to’xtating, unga birinchi yordamni ko’rsating va davolash muasssasiga jo’nating. Og’ir jarohat (shikast) olganda tez yordamni chaqiring. Bo’lgan voqea to’g’risida ma’muriyatga xabar bering.
5.Ishni tugatish bo’yicha xavfsizlik talablari.
5.1.Smena tugashida traktorchi quyidagilarga majbur:
-traktorni iflos narsalardan (kirlardan) tozalashga;
-to’xtash joyiga traktorni quyish va uni o’z-o’zidan yurib ketishiga yo’l qo’ymaslik;
-dvigatel (motorni) o’chirishga;
-ilashma muftasini o’chirishga;
-uzatish korobkasi richaglarini neytral holatga keltirishga (qo’yish);
-traktorni to’xtatishga;
-traktorning kabinasi eshigini yopishga.
5.2.Ish vaqtida kuzatilgan barcha nosozliklar to’g’risida traktorning soz holati uchun ma’sul shaxsga xabar berish lozim.
5.3.Maxsus ish kiyimi, shaxsiy himoya vositalarini eching, ularni kirdan tozalang va saqlash joyiga olib qo’ying.
5.4.Yuz va qo’llarni issiq suv bilan sovunlab yuving. Imkoni bor bo’lsa dush qabul qiling.
“KELIShILGAN”
Shimoliy Kon Boshqarmasi bosh muhandisning
MM va XT bo’yicha o’rinbosari:
______________________ M.N.Ishanxodjaev
«____»_________________yil
Tarjimon: Bolatova G.B.
Tel: 597-29-37
Do'stlaringiz bilan baham: |