Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati Yuk ko’taruvchi kranlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bilan band bo’lgan elektrchilangarlar va elektrmontyorlar uchun mehnat muhofazasi bo’yicha


Ish boshlanishdan oldingi xavfsizlik


Download 30.97 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi30.97 Kb.
#1520704
1   2   3
Bog'liq
KL-Инструкция 8-73 по ОТ для электрослесарей и электромонтеров, занятых на тех.обслуживание и ГП кранов

2. Ish boshlanishdan oldingi xavfsizlik

2.1. Joriy ishlatish tartibida bajarilayotgan ish ro’yxatiga kiritilmagan yuk ko’taruvchi kranlarning elektr jihozlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha ishlarni bajarishda, ish rahbaridan naryad yoki og’zaki farmoyishni olish.


2.2. Ish rahbaridan ishlab chiqarish topshirig’ini bajarishning xavfsiz yo’llari, usullari va bajarish ketma-ketligi haqidagi instruktajni olish;
2.3. Maxsus kiyimni, maxsus poyabzalni tartibga keltirish va kiyish;
2.4. Asboblarni, ishchi uskunalarni, saqlagich moslamalarni va yakka tartibdagi himoya vositalarini sozligi va yaroqliligini tekshirish;
2.5. Ish joyining etarlicha yoritilganligiga ishonch hosil qilish;
2.6. Yuk ko’taruvchi kranlarning elektr jihozlarning ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha ishlarni amalga oshirishda xavfsizlik to’liq ta’minlanmaganda elektrchilangar (elektromontyor) ish rahbariga o’z fikr-mulohazalarini tanbehlarini bildirishi va ular bartaraf etilmaguncha ishga kiritilmasligi shart.


3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari

3.1. Yuk ko’taruvchi kranlarning elektr jihozlarini jadvalda belgilangan muddatda ko’rikdan o’tkazish lozim. Ko’rik natijalari va aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish haqidagi belgilar davriy ko’riklar jurnalida qayd etiladi.


3.2. Kran elektr jihozini ko’rish paytida o’zi mustaqil bartaraf eta olmaydigan nosozliklar aniqlanganda bu haqida ish rahbarini xabardor qilish.
3.3. Yuk ko’taruvchi kranlarning elektr jihozlarini ta’mirlash va ularda texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha ishlarni ish rahbarining og’zaki farmoyishi yoki naryad-ruxsatnomasi bo’yicha amalga oshirish.
3.4. Elektr jihozini ta’mirlash bo’yicha ishlarni boshlashdan oldin asosiy yoqib-o’chirgichni o’chirib qo’ygan holda kranni elektr tarmog’idan ajratish, qo’shuvchi qurilmalarga esa ogohlantiruvchi plakatlarni osib qo’yish va xato qo’shib qo’yishdan ogohlantiruvchi choralarni qo’rish.
3.5. Elektrdvigatelni ta’mirlashda kuchlanishni tasodifiy berilishini oldini oluvchi choralarni ko’rish:
- ishga tushiruvchi apparaturani yurgizish va saqlagichni olib tashlash yo’li bilan elektrdvigatel ta’minot zanjirini uzish;
- ishga tushirish qurilmalarga “Qo’shmang-odamlar ishlayapti” – plakatini osib qo’yish;
Agar dvigatel ta’mirlash uchun echib olinsa, uzilgan (provod) simlarning uchlarini muhofazalab qo’yish lozim.
3.6. Kranni ta’mirlashga joylashtirish vaqtida uni haydalib ketishiga qarshi qurilmalar bilan to’xtatib qo’yish lozim.
3.7. Amaldagi stexdagi kran elektr jihozlarini ta’mirlashda uni ta’mirlash tunigiga qo’yish, stex trolleylari va ta’mirlash tunigidagi trolleylar orasidagi sekstiya biriktirgich-ajratgichini o’chirib qo’yish. Ta’mirlash tunigidagi trolleyga zakorotka qo’yish va zaminlantirish. Ta’mirlash tunigi yo’qligida stex trolleyini ko’rikning butun kengligi chegarasida har bir tomondan +1 m mustahkam yog’och qoplama bilan yopish, kran trolleyni o’chirish va zaminlantirish. Yo’l uchastkasini signallar bilan chegaralar oxirgi ulab-uzgichlar uchun va tayanchlar uchun lineykalar o’rnatish.
3.8. Kranda ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotganda uning ostidagi zonani “Ehtiyot bo’ling – balandlikda ish ketyapti” plakati bilan chegaralab qo’yish lozim.
3.9. Yuk ko’taruvchi kranlarning elektr jihozlarini ko’rikdan o’tkazish paytida quyidagi sozliklarni tekshirish lozim:
- kranlar to’siqlardagi eshiklar va tuynuklarning blokirovkasini; (muhosaralanishini)
- xavfsizlik asboblari (oxirgi ulab-uzgichlar) yuk ko’taruvchanlik balandlik cheklagichlari signalizastiya va blokirovkalovchi qurilmalarni;
- qo’l etadigan tok uzatuvchi qismlarga tegib ketmaslik uchun barcha to’siqlarni;
3.10. Kran osti balkasi bo’ylab (to’siq bo’lmaganda) xavfsiz harakatlanish uchun trossni qattiq tortish va unga saqlagichli belbog’ bilan mahkamlanish zarur.
3.11. Elektr uskunasini sozlash ishlarini ikki kishidan kam bo’lmagan zveno bilan amalga oshirish. Zvenoda malaka guruhi 4-dan past bo’lmagan, qolganlari esa 3-dan past bo’lmagan malakaviy guruhga ega bo’lishlari lozim.
3.12. Yuk ko’taruvchi kranlarda sozlash ishlarini boshlashdan oldin ularni zaminlantirilganligini tekshirish;
3.13. Kranni ta’mirlash paytida va u tugagandan keyin mexanizmlarning hamma sinov ulanishlarini faqat ish rahbarining ishtirokida va uning ko’rsatmasi bilan amalga oshirish.

3.14. Yuk ko’taruvchi kranlarning elektr jihozlarini ko’zdan kechirishda, rostlash va ta’mirlashda yakka tartibdagi himoya vositalaridan (dielektrik qo’lqoplar, dielektrik kalish, gilamcha, taglik va h.k) foydalanish. Faqat dastasi muhofazalangan uskunalarni qo’llash.


3.15. Kroncha elektr toki oziqlanish beradigan egiluvchan kabelni ko’zdan kechirishni kirishdagi biriktirib-ajratgichi o’chirilgan holda amalga oshirish.
3.16. Elektrmagnitni ko’zdan kechirish va unda texnik xizmat ko’rsatishni, shuningdek yaqinida ishlar bajarishni faqat u o’chirilganda amalga oshirish.
3.17. Zinapoya bo’ylab krancha ko’tarilayotganda yoki undan tushayotganda qo’llar erkin bo’lishi lozim. Asboblar va moyda narsalarni maxsus sumkada olib yurish lozim.
3.18. Og’ir va katta narsalarni ko’tarish va tushirishni ko’taruvchi mexanizmlar yordamida amalga oshirish. Ko’taruvchi mexanizmlar va bloklarni ish rahbari tomonidan ko’rsatilgan joylaridan mahkamlash lozim.
3.19. Quyidagilar elektrchilangarga (elektrmontyorga) ta’qiqlanadi:
- kran osti balkasi bo’ylab yuklarni tashish;
- nosoz va sinalmagan himoya vositalarini, shuningdek izolyastiyasi shkastlangan asbobni qo’llash;
-kuchlanish butkul olingan holda bajarilayotgan ishlar tugagunga qadar biriktirib-ajratgichlardan va boshqa kommutastion apparatlardan ta’qiqlovchi plakatlarni olib tashlash;
-nosoz va sinalmagan saqlanish belbog’ini taqmasdan balandlikda ishlash;
- kran ko’prigida, agar oraliq masofa 5 metrdan kam bo’lsa, bir vaqtda elektrpayvandchi bilan birga ishni amalga oshirish;
- kranda asbob, moslama, mahkamlanmagan detal yoki uzellarni qoldirish;
- sutkaning qorong’i paytida momoqoldiroq va jala yomg’irda, yaxmalakda, tumanda, qor bo’ronida kranni ko’zdan kechirish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
- shamol tezligi 15 m\sekunddan oshganda balandlikda ishlash;
- yuqorida ishlayotganda qandaydir narsalarni irg’itib otish bilan uzatib berib yuborish;
- to’siqni olib tashlash va ishlayotgan uskunada ta’mirlash io’larini amalga oshirish;
- ochiq trolleyda kuchlanish mavjud bo’lganda kran balkalarida ishlash;
- qo’shimcha pillapoyalarda turib dastaki pnevmatik yoki elektrlashtirilgan asboblar bilan ishlash;
- yuk ko’tarish qismining navbatdagi texnik kurichi muddati o’tgan chig’irlar, tallar va boshqa mexanizmlardan foydalanish;
- kran harakatlanib turganda unga chiqish va undan tushish;
- ish holatidagi kranda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
- kalitni kalit yoki quvurcha bilan uzaytirish, kalitni chayka kaliti o’rnida ishlatish;
- krandan qandaydir narsalarni tashlash (detallar, asboblar);
- ta’mirlash paytida naryad-ruxsatnomada ko’zda tutilmagan ishlarni amalga oshirish;
- ko’tarilgan yuk va o’q ostida turish;
- yuk ko’taruvchi kranlar elektr jihozlarida ta’mirlashda va xizmat ko’rsatishda 42 V dan yuqori kuchlanishdagi ko’chma elektrlampalardan foydalanish;
-elektr jihozi ishlab turgan vaqtda uning aylanadigan qismini moylash;
- kranlar bilan boshqarishni amalga oshirish;
- kran ta’mirlanayotgan paytda undan ish uchun foydalanish;
- kuchlanish ostida bo’lgan katta shkaflar, yig’malar va hokazolarni qarovsiz ochiq qoldirish;
- engil alangalanuvchi moddalar yaqinida ochiq olovdan foydalanish va chekish;

Download 30.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling