4.Avariya vaziyatlaridagi xavfsizlik talablari
4.1. Ish joyida avariya vaziyati yuzaga kelganda elektrchilangar (elektrmontyor) quyidagilarni bajarishga majbur: ishni to’xtatish; zarurati bo’lganda yuk ko’taruvchi kranni elektrtarmog’idan o’chirish (uzish); ish rahbarini xabardor qilish.
4.2. Yong’in chiqqanda – zudlik bilan yong’in o’chirish komandasini chaqirish va mavjud yong’in o’chiruvchi vositalar bilan yong’inni o’chirishga kirishish.
4.3. Baxtsiz hodisa va avariya natijasida shkastlanganlar mavjud bo’lganda:
- jabrlanganni hayoti va sog’ligiga xavf soluvchilar (elektr toki ta’siridan xalos qilish, yonayotgan kiyimni o’chirish va h.k) shkastlovchi omillarni organizmga ta’sirini bartaraf etish;
- jabrlanganga birinchi yordam ko’rsatish, shoshilinch tartibda jabrlanganni qutqarish bo’yicha zarur choralarni bajarish (nafas olish yo’llarining o’tkazishini tiklash, sun’iy nafas olishni, yurakka tashqi uqalashni o’tkazish qon ketishini to’xtatish, singan joyni immobilizovat qilish, bog’lam qo’yish va h.k);
- tez tibbiy yordamni chaqirish yoki vrachni chaqirish yoxud jabrlanuvchini yaqin davolash muassasasiga transportda jo’natish uchun barcha choralarni ko’rish;
- imkoni boricha voqea joyini o’zgarishsiz saqlash va ro’y bergan voqea to’g’risida bevosita ish rahbariga xabar berish;
5. Ish tugagandan keyingi xavfsizlik talablari
5.1. Ta’qiqlovchi va ogohlantiruvchi plakatlarni echib olish.
5.2. Ko’chma himoya vositalari, yakka tartibdagi himoya vositalarini ular uchun ajratilgan joyga olib qo’yish.
5.3. Ish joyini tartibga keltirish.
5.4. Asboblarni tozalash, yig’ish va ular uchun ajratilgan joyga olib qo’yish. Detal va materiallarni yig’ishtirish.
5.5. Davriy ko’riklar jurnaliga qilingan ishlar to’g’risida tegishli yozuvlarni qayd qilish va ish rahbariga ish vaqtida aniqlangan barcha kamchiliklar to’g’risida ma’lumot berish.
5.6. Maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyimlarni echish va ularni saqlanadigan joyiga olib qo’yish.
5.7. Iliq suvda sovun bilan yuvinish yoki dush qabul qilish.
“KELIShILGAN”
Shimoliy Kon Boshqarmasi bosh muhandisning
MM va XT bo’yicha o’rinbosari:
______________________ M.N.Ishanxodjaev
«____»_________________yil
Tarjimon: I.M.Raxmonova
Tel: 597-29-37
Do'stlaringiz bilan baham: |