Navoiy qalblarda yashar abadiy


Navoiy g’azali asosida qo’shiq ijrosi. «Qoshi yosinmu»


Download 71 Kb.
bet3/4
Sana14.02.2023
Hajmi71 Kb.
#1197626
1   2   3   4
Bog'liq
Navoiy qalblarda yashar abadiy

Navoiy g’azali asosida qo’shiq ijrosi. «Qoshi yosinmu»


Alisher Navoiy ruboiy, tuyuq va qit’alaridan namunalar…

So’zdurki, nishon berur o’likka jondin...


«Jon»imdagi «jim» ikki «dol»ingga fido...


Tig’i ishqing yorasidur butmagon...


Yorab, ul shahdu shakar yolabdurur...


Ranj ko’rmay kishi toparmu farog’...


Degonimni ulusqa marg’ub et...


Gul bordi esa, chaman muattar bo’lsun...


1-boshlovchi: Besh asrkim, nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir Sher
Temur tig’i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.


2-boshlovchi: Darhaqiqat, Temur tig’i yetmagan joyni qalam bilan egallagan A.Navoiy ijodiy merosi – o’lmas va boy xazinadir. Navoiyning 8 ta devoni mavjud bo’lib, u lirikaning 16 janrida barakali qalam tebratdi, zullisonayn shoir sifatida tanildi. Uning 30 ga yaqin turli mavzularda: axloqiy-ta’limiy, falsafiy, tarixiy mavzularda yozgan asarlari ma’lum va mashhurdir.


1-boshlovchi: Alisher Navoiy ijodi – ilhom manbaidir.Uning sehrli qalami sehriga oshufta bo’lgan ko’ngillar faqat ezgulik timsoliga aylanishi shubhasizdir.

Tinglang, «Munojot»ning navolarini,


Tinglang, yuraklarning sadolarini,
Sehrli qalam-la gavhar so’zlarni
Kashf etgan Navoiy nidolarini…


A.Oripovning «Munojotni tinglab» she’ri ijro etiladi.


Qo’shiq. «Ey nozanin..»


Sahna ko’rinishi.


1-boshlovchi: Izzat Sulton va Uyg’un hamkorligida yaratilgan «Alisher Navoiy» dramasi asosida tayyorlangan sahna ko’rinishini e’tiboringizga havola etamiz.
1-boshlovchi: Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasig’a panja urmoq.
Kerak sher olida ham sheri jangi,
Agar sher o’lmasa, bore palangi.

Navoiy ta’biricha, “Nizomiy panjasig’a panja urmoq”, ya’ni Nizomiy Ganjaviyning «Panj ganj»(«Besh xazina») asariga javoban “Xamsa” yaratmoq juda mushkul vazifa edi. Biroq turkiyda ilk va yagona “Xamsa”ni yaratmoq baxti noyob iste’dod egasi Alisher Navoiyga nasib etdi va forsiygo’ylar uning “Xamsa”ni turkiyda yaratganiga shukronalar aytdilar.




2-boshlovchi: Juda qisqa vaqt, ya’ni 2 yil ichida yaratilgan bu asar bir necha asrlardan buyon insonlarni ezgulik va adolat, vafo va sadoqat, halollik va poklik sari yetaklab, ilm-u hunar o’rganishga, samimiy, mehnatsevar bo’lishga chorlab kelayotgan adabiyotimizning bebaho va noyob durdonasidir.



Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling