Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf ona tili
Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvch isi Abdumurodova Feruza Egamovnaning ona tili va adabiyot fanidan 8-sinf o`quvchilari uchun tayyorlagan metodik tavsiyalari Navoiy shanri So`zboshi Ushbu metodik qo`llanma ona tili va adabiyot fanlariga umumta`lim maktablarining 8-sinf o`quvchilariga mo`ljallangan. Qo`llanmada o`quv yili davomida DTS talablari asosida 8-sinf o`quvchilaridan olinadigan nazorat ishlari uchun materiallar: diktant matnlari ,bayon matnlari,insho mavzulari hamda ularni yozish bo`yicha metodik tavsiyalar berilgan. 8-sinflarda ona tili va adabiyot fani bo`yicha uzviylashtirilgan o`quv dastur asosida tuzilgan taqvim mavzu rejaga mos ravishda o`quvchilarning har bir dars oxirida o`zlashtirishi zarur bo`lgan BKMlari o`tkaziladigan nazorat ishi turlari,test topshiriqlari namunaviy bo`lib, o`qituvchi unga ijodiy yondoshgan holda tegishli o`zgartirishlar kiritishi yoki muqobil variantlarini ishlab chiqishi mumkin. Metodik tavsiyada keltirilgan namunaviy nazorat materiallaridan foydalanish mumkin. Ona tili fanidan Davlat ta`lim standarti 5-9 sinflar O`quvchilar ona tili fanidan quyidagi bilm, ko`nikma va malakalarni egallashlari shart. a)grammatikaga oid o`zlashtiriladigan bilimlar: fonetika, leksikalogiya, so`zning tarkibi, so`z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalar. b)nutqni oshirish: birinchi yo`nalish-o`quvchilarning so`z boyligini kengaytirish va qo`llanish (o`quvchilarning o`zlari uchun yangi bo`lgan so`zlarning ma`nosini va qo`llanish doirasini aniqlash); ikkinchi yo`nalish-o`zbek adabiy tili me`yorlarini o`rganish, adabiy talaffuz me`yorlari (to`g`ri talaffuz me`yorlari, so`z birikmalari va gap tuzish me`yorlari, so`z turkumlari va sintaksis tuzilishlarining uslubiy imkonyatlari, xususan, sinonimikasi)shuningdek, lug`aviy sinonimika va qo`shimchalarning sinonimikasi hamda, umuman, Grammatik sinonimika bilan tanishish; uchinchi yo`nalish-o`quvchilarda fikrni og`zaki va yozma bog`lanishli bayon qilish malaka va ko`nikmalari shakllanadi. Adabiyot VIII sinf Bilimlar. Didaktik adabiyot, tragediya (fojiya), roman, doston, g`azal, tuyuq, musamman, irsoli masal, qofiya, radif va boshqalar haqidagi nazariy ma`lumotlarni bilish; Ko`nikmalar. Badiiy asar mavzusi va g`oyasini aniqlay olish; bunda har bir ijodkorning o`ziga xosligini idrok etish va izohlay olish; badiiy asardagi alohida hamda bir guruh qahramonlarning og`zaki va yozma tavsifini berish; badiiy asarda aks etgan voqea-hodisalarning xalq hayotiga yaqinligini tushuna olish; asar qahramonlaridagi fazilat va nuqsonlarning, uning badiiy takomilidagi o`rni va ahamiyatiga baho bera bilish; alohida olingan adabiy janrlar, tasvir vositalarining asardagi o`rni, badiiy-estetik ahamiyati va qimmatini anglay olish; mumtoz asarlarni lug`atlardan foydalangan holda izohlay olish; Asar qahramoni ruhiy olamiga xos nozik tuyg`ularni, lirik qahramon tabiatidagi milliy o`ziga xosligi; asardagi asosiy axloqiy-ma`naviy muammolar ifodasining sabablarini tushuna olish; asar qahramoni kechinmalaridagi ziddiyat sabablarini anglaysh va munosabat bildirish; badiiy asar tilini tushunish; ijodi o`rganilgan adiblarning adabiyot rivojiga qo`shgan hissasini anglay bilish; Dramatik asardagi personajlarni har bir respublikada qahramonning harakatini, uning ma`naviy qofiyasini ko`ra olish, uning o`ziga xos ovozini tinglay olish; Sahna asaridagi qahramonlar kayfiyatining o`zgarishlarini kuzata olish. Badiiy asardagi muallif nuqtayi nazarini tushuntira olish. Satirik va yumoristik asarlardagi voqealarni his eta olish. Badiiy asardan olgan tasavvur va taassurotlarni intellektual va emotsional tarzda, mantiqiy izchillikda ifodalay bilish. 8-sinf o`quvchilari uchun ona tili fanidan ijodiy bayon va diktant yozishda belgilangan vaqt va so`zlar miqdori 1 Nazorat turi Belgilangan vaqt So`zlar miqdori 2 Diktant 2 soat 150-170 so’z 3 Ijodiy bayon 2 soat 300-350 ta so`z 8-sinf o`quvchilari uchun o`quv yili davomida ona tili fanidan olinadigan nazorat ishlar jadvali t/r I chorak II chorak III chorak IV chorak 1 1-NI: Dirtant 4-NI: Ijodiy bayon 7-NI: Nazorat diktanti 10-NI: Diktant 2 2-NI: Insho 5-NI: Insho 8-NI: Ijodiy bayon 11-NI: Ijodiy bayon 3 3-NI: Test sinovi 6-NI: Test sinovi 9-NI: Test sinovi 12-NI: Test sinovi 8-sinf o`quvchilari uchun o`quv yili davomida adabiyot fanidan olinadigan nazorat ishlar jadvali t/r I chorak II chorak III chorak IV chorak 1 1-NI: Insho va tahlil “Kuntug’mish va Xolbeka timsollariga tasnif ” 3-NI: Insho “Menga yoqqan g’azal” 5-NI : Insho:”Mirzo Ulug’bek- ilm va ma’rifat homiysi.” 7-NI: Insho”Menga yoqqan shoir” 2 2-NI: Test sinovi 4-NI: Test sinovi 6-NI: Test sinovi 8-NI: Test sinovi 8-sinf ona tili fanidan nazorat ishi materiallari . 1-nazorat ishi .Diktant Mustaqil O`zbekistonning tanlagan yo`li Chindan ham qutlug` kunlarni ,sira unutilmaydigan tarixiy ayyomlarni boshdan kechirayapmiz jondan aziz suyukli yurtimiz O`zbekiston mustaqil Respublika deb e`lon qilindi.Bundan buyon har yili 1-sentabr kuni Mustaqillik kuni sifatida nishonlanadi.Bundan buyon Respublika Prezidentining qasri ustida O`zbekistonning o`z bayrogi mag`rur hilpirab turadi. Xalqimiz bu kunni 125 yil orziqib kutdi.Ha,ana shu muddat mobaynida mehnatkash xalq mustamlakachilik azoblarini ko`p tortdi,uning oppoq badani darralar zahmidan momataloq bo`ldi,ko`ngli kishanlar bilan ‘’do`stlashib’’sustlashdi.Biroq zulm har qancha kuchli bo`lmasin, tepamizda turgan xo`jalar qamchilarini har qancha shafqatsizlik bilan qarsillatmasin bularning hech qaysisi xalq qalbidagi erk tuyg`usini yo`qota olmadi.Xalq ozodlik yo`lida isyonlar qildi,yuzlab,balki minlab marta zulmga , haqsizlikka qarshi kurash yo`liga kirdi. Mustaqillik tufayli O`zbekiston xalqaro miqyosda o`zini tanitish , ayni chog`da xalqaro huquq me`yorlari asosida jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini qo`lga kiritdi.O`zbek xalqi o`z taqdirini o`zi belgilash huquqiga ega bo`ldi. . . (148 so’z) 2-nazorat ishi .Insho: Til- dil kaliti MAQSAD:O`quvchilarning yozma nutqi , mustaqil va ijodiy fikrlash ko`nikma- malakalari , imlo va uslubiy savodxonliklarini aniqlash. METODIK TAVSIYA : O`quvchilar insho mavzusiga mos epigraf tanlay olishlari va reja tuza olishlari ;insho mavzusini reja asosida to`liq va izchil yoritishi ;jumlalarni ifodalash usulida so`z boyligining rang –barangligi, so`zlarni to`g`ri tanlashi va o`z o`rnida qo`llashi , uslubiy izchillikka rioya qilishlari;insho mazmuniga badiiy vositalar ni singdirilganligiga;inshoni mustaqil fikrlab , dalillar asosida ,ravon va savodli , teran mushohada qilib, inshoni xulosalay olishga jiddiy e`tibor qaratishlari tavsiya qilinadi Til –dil kaliti Reja: 1. So’z qudrati 2. Tii bilgan ,el biladi 3. Yurtimizda yoshlarning til o’rganishi uchun alohida e’tiborning mavjudligi 3-nazorat ishi TEST SINOVI 1-CHORAK 1-VARIANT 1. Badiiy uslubga xos gapni belgilang. A) Aytadilarki otning go‘shti issiqlik bo‘lib, me’dani kuchli qiladi, ko‘z suvini ko‘paytiradi. B) Yuz falajiga uchragan odam musicha go‘shtini yesa tuzaladi. C) Nodira 1792-yil Andijon hokimi Rahmonquliboy oilasida tug‘ildi. D) Inson baxtidek ko‘rkamlik, tabiatan ulug‘lik, sog‘lomlik, xushnudlik hammasi onadan. 2. Adabiy nutq me’yorlari haqidagi ta’rif qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Aloqa-aralashuv vositasini bajaruvchi nutq adabiy nutq me’yori hisoblanadi. B) Rasmiy idoraviy uslubdagi nutq me’yor hisoblanadi. C) Til tovushlaridan, so‘z va qo‘shimchalardan, gap qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ifoda vositalaridan foydalanish haqidagi qoidalar nutq me’yorlari deyiladi. D) Jonli so‘zlashuv tili nutq me’yori hisoblanadi. 3. Qaysi qatordagi gapda shevaga xos so‘zlar ishtirok etgan? A) Tilda so‘zlar va qo‘shimchalar ma’lum bir qoidalar asosida yoziladi. B) Ikromjon taxmon chetiga tirab qo‘yilgan yog‘och oyoqni kiyib chiqib ketdi. C) Nafis chayqaladi bir tup na’matak D) Uyga kir jiyan, yo‘l yurib kelgansan. - Yo‘q, shettan qayta qolay. 4. Ramziy-badiiy insho mavzusi berilgan qatorni aniqlang. A) Alisher Navoiy ijodida umuminsoniy qadriyatlarning ulug‘lanishi. B) Abdulla Qahhor — mohir hikoyanavis. C) Ona tilida bitilgan sehrli satrlar. D) Yangi asr orzulari. 5. Tilning ijtimoiy vazifasi qaysi qatorda to‘liq ifodalangan? A) Til so‘z va qo‘shimchalardan iboratdir. B) Til kishilar o‘rtasidagi aloqa-aralashuv vositasi hisoblanadi. C ) Til Morfologiya va Sintaksis kabi bo‘limlarga boiib o‘rganiladi. D) Til og‘zaki va yozma tarzda namoyon bo‘ladi. 6. Berilgan so‘z birikmalari tarkibida ajratilgan vositalardan qaysi birlari qo‘shimcha ma’no berayotganligini aniqlang. A) G‘alabaga erishmoq, buyuk baxt A) Tinchlik haqida suhbat, so‘nggi qo‘ng‘iroq B) Do‘stlar bilan uchrashuv, baxt kaliti D) Mustaqilliknigina sharaflamoq, chog‘roqqina xona 7. Tobe so‘z hokim so‘z bilan kelishik qo‘shimchalari yordamida birikkan so‘z birikmalari qaysi qatorda berilgan? A) Moviy osmon, Zuhro yulduzi B) Tog‘ cho‘qqisi, kitob o‘qimoq C) Yoqimli kuch, dala yumushlari D) A’lochi o‘quvchilar, kitobsevarlar uyushmasi 8. Qaysi qatorda ibora berilgan? A) Yo‘l boshi, boshga ko‘tarmoq B) Ko‘zi ochildi, xol qo‘ydi C) Razm solmoq, bahsga chorlamoq D) Hayot daraxti, achchiq so‘z 9. Qaysi qatordagi gapda tasviriy ifoda qo‘llangan? A) Mutoala inson hayotida muhim o‘rin tutadi. B) Dono so‘ziga bino qo‘yar, nodon o‘ziga. C) Xush havoli, yangroq navoli, bog‘im yaxshi, bahorim yaxshi. D) G‘ishtin polli uyga kirdik. 10. Qaysi qatordagi so‘z juftliklarini birlashtirish mumkin? A) Qiziqarli kitob, mening kitobim B) Sharafli kasb, mashaqqatli kasb C) Yo‘l harakati, yo‘l boshi D) Chiroyli yozuv, eski yozuv 11. Qaysi qatorda gap berilgan? A) Baxt qushi, mustaqillik bayrami B) Ijodiy flkr, do‘stlik haqida suhbat C) Kitob bilan oshno, barkamol avlod. D) Maktab shinam, havo issiq 12. Berilgan maqollarning qaysi biri shirinsuxanlik haqida aytilgan? A) Didsiz o‘tirgan yerini ham changitar. B) Oldin angla, keyin tanla C) Do‘stingga rost gapir, dushmaningga maqtanib. D) Bug‘doy noning bo‘lmasin, bug‘doy so‘zing bo‘lsin. 13. Majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan gap qaysi qatorda berilgan? A) Abu Nasr Forobiy butun umrini ilm o‘rganishga bag‘ishlagan. B) Berilgan topshiriq bajarildi. C) Til — tafakkur elchisi. D) Tilning tirikligi xalqning mavjudligidir. 14. Qaysi qatordagi gapda sifatdosh mavjud. A) Kecha yoqqan qor tezda erib ketdi. B) « Ko‘klam kelsa ko‘chat ek »,- degan ekan mashoyixlar C) Abdurahmon Jomiy - Sharqning buyuk mutafakkiri. D) Tong saharlab darvoza taqilladi. 15. Fe’l kesim vazifasida kelgan gapni aniqlang. A) Ko‘p ko‘rgan keksaning ishi ibratli B) Hayotda qoldirsa kim abadiy nom, eng baxtli odam shu, xullasi kalom. C) Xusrav Dehlaviy o‘zi kuylagan yuksak insonparvarlik g‘oyalari bilan asrlarga hamroh va hamdamdir. D) Xusrav umrining oxirgi o‘ttiz yilini Dehlida o‘tkazdi. 16. Asliy sifatlar qaysi qatorda to‘liq berilgan? A) serharakat, go‘zal, badavlat B) ishlari, shox, tinch C) sermulozamat, sersuv, hosildor D) tejamkor, mahoratli, mohir 17. Qaysi qatorda ilmiy uslubga xos gap berilgan? A) «Ne uchun g‘amnok ko‘rinasiz?» -dedi B) Seni, hur va ozod, seni kuylayman C) Saxiylik va olijanoblik insonning ulug‘vor fazilati. D) Oqsil yoki boshqa biron moddaning yemirilgan har bir molekulasi o‘rnida yangi molekula tiklanadi 18. Rasmiy uslubga xos gap berilgan qatorni aniqlang. A) Tabib o‘z fani sohasida bilimdon va kasallariga mehribon boiishi kerak B) Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya qabul qilindi. C) Har bir so‘z zamirida inson nomi gavharday saqlanadi. D) Sen bahorni sog‘inmadingmi? 19. Murakkab kesimli gap qaysi qatorda berilgan? A) Buyuk alloma Abdurahmon Jomiy «Bahoriston»ida saxovat va karamni ulug‘laydi. B) Bitta bulbul qanchadan-qancha odamning dilini xush qiladi. C) Inson bolasi hamma rizq-ro‘zini yerdan topadi. D) Yaxshi kishi doim yaxshilik topadi 20. Qaysi qatorda ot-kesimli gapda tire qo‘yiladi? A) Saxiylik va olijanoblik inson uchun ulug‘ fazilatdir. B) Daraxtlar mo‘l va yirik, lekin deyarli hammasi ko‘m-ko‘k. C) Ma’rifat tinchlik va farovon hayot kaliti hisoblanadi. D) Bu siz uchun katta sinov. 21. Shart maylidagi fe’l qaysi qatordagi gapda qo‘llangan? A) Osmon go‘zal oyi, quyoshi bilan Inson go‘zal mardlik, bardoshi bilan. B) U keladi, albat qo‘shinga elga shodlik olib keladi. C) Ey jahonga arzigan Inson, ojizmanki boqaman sizga D) Yig‘sang yetasan, sovursang ketasan. 22. Berilgan gapni quyida berilgan so‘z qo‘shilmalaridan qaysi biri to‘ldirishi mumkin. Qahramon tirikligi bilan emas, qahramonona ishi bilan ... A) qoniqdi B) murodiga yetdi. C) abadiy bo‘ldi D) g‘alaba qozondi 23. Qaysi qatordagi gapda ega olmosh bilan ifodalangan? A) Undan sal nordon va shirin hid kelardi. B) Iste’dodli adib ko‘p asarlar va dramalar yozdi. C) Gullagan vodiy, kishnagan to‘ying go‘zal. D) U biz bilan ketishi lozim. 24. Yashiringan egali gap berilgan qatorni belgilang. A) To‘g‘ri nafas olish deganda og‘izdan emas, balki burundan nafas olish tushuniladi. B) Maydonchaga bo‘lib to‘da, o‘ynashamiz qorbo‘ron. C) Boshqalar ham xayrlashib chiqib ketishdi. D) Bunday unvonlar bekorga berilmaydi, albatta. 25. Qaysi gapda gap boiaklari notog‘ri joylashgan? A) Aql ulug‘likka, aqlsizlik esa tubanlikka yetaklaydi. B) Suv bilan ekin o‘sar, tarbiya bilan — odam C) Ona qalbi bitmas-tuganmas mo‘jizalar manbaidir. D) Nafis chayqaladi bir tup na’matak № 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 Javob: D C B C B B B B C A C D B
14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25
A D
D B B D D B D B
1-chorak 2-variant 1. Bitta cho’pon:”Arg’amchisi bor ekan,ko’p chirilladi”-degandi. Gapdagiarg’amchi so’zi qaysi so’z o’rnida qo’llangan? A. Ayiq B.Ilon C.Jonivor D.Arqon. 2. Hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlar qanday nomlanadi? A. Bo’g’iz, til o’rta B.Jarangli,jarangsiz. C. Portlovchi,sirg’aluvchi. D.Qorishiq 3. Bulbulning maqomlari,kuylari to’qqiz yuz to’qson to’qqiz emish.Berilgan gapda nechta jarangli undosh tovushi bor? A.14. B.17 C.13. D.19. 4. Imlo xatosi bor javobni aniqlang. A. Haqiq,paykal. B.Qovun,bosvoldi. C. Mahliyo,iztirob. D.Odamzod,huzur,navqiron. 5. Qaysi gapda qo’shimchalar noto’g’ri qo’llangan? A. Shamollar mayin,yoqimli esadi. B.Quyoshni issig’i kuydirmaydi. C. Bulutlar asta kezadi. D.Kuch mardlikda emas,birlikda. 6. Ko’chma ma’noli so’z berilgan gapni belgilang. A. Yaxshining gapi qaymoq. B.Turmushning sirlarini maktab o’rgatadi. C. Odob bilan ilm –tirnoq bilan et. D.Olimjon martabda ta’lim oladi. 7. Qo’shma fe’lni aniqlang. A. Ekin ekmoq. B.O’ylab turdi. C.Olib chiqdi. D.Jiddiylashmoq. 8. Asliy va nisbiy sifat berilgan gapni toping. A. Keng o’tloqdan yoqimli hid ko’tarildi. B. Ota-bobolarimiz saxovatli bo’lishgan. C. Olimjon 6-sinfni bitirdi. D.Yorug’ yulduz tikkaga kelib qoldi. 9. Hisob so’zi bilan kelgan sonni aniqlang. A. Ekspeditsiya 265 kishidan iborat. B.Bir qultum suv- jon ozig’i bo’lishi mumkin. C. Sayyohlarning o’n sakkiztasigina qaytd.i D.Bayrog’imiz qaysi sanada qabul qilingan? 10.Ravish berilmagan javobni belgilang. A. Ezgulik also qarimaydi. B.Ahyon-ahyonda eshitilar edi. C. Al-Xorazmiy Xorazmda tug’ilgan. D.Ot arava elas-elas ko’rinadi. 11. Qaysi gapda olmosh qo’llangan? A. Yaxshi so’z bilan ilon inidan chiqar. B.Bobom saxovatli inson bo’lganlar. C. M agellan Yer kurrasini aylanib chiqqan.D.Istagim shuki ,doimo tinchlik bo’lsin. 12. Qaysi qoida olmoshga tegishli? A. Atash ma’nosiga ega bo’lmaydi. B.Shakl-ko’rinish ma’nosini bildiradi. C. Otga bog’lanib keladi. D.Nisbat qo’shimchalarini oladi. 13. Ko`rsating olmoshi berilgan javobni belgilang. A. O`zimiz, ular, mana shu B. Necha, har xil, hech qaysi. C. O`zingiz, mana bu, qanaqa? D. Anovi, o`sha, shu. 14 .Ko`rsatish va belgilash olmoshi berilgan gapni toping. A .U kishi sizni o`yladilar. B. Shamollar mayin, yoqimli esadi. C. Aziz unga juda-juda achindi. D. Bu cholni butun yurt izzat qilardi. 15. Nima? so`roq olmoshi qanday ma`noni bildiradi? A. O`rin-joy. B. Belgi-xususiyat. C. Harakat-holat. D. Narsa-hodisa 16. Berilgan gapda olmoshning qaysi ma`no turlari qo`llangan?Hamma qayerdan keladi. A. Gumon, kishilik. B. Ko`rsatish, belgilash. C. So`roq, bo`lishsizlik. D. Belgilash, so`roq. 17 . Ta`kid ma`nosini ifodalagan olmoshni belgilang. A. Men sizni olib ketgani keldim, aylanay!-dedi(Cho`lpon) B. Sizning bir yaxshi odatingiz: kulib gapirasiz. C. Amaki, tanimadingizmi? D. Unchalik yomon bola emas. 18. Olmosh o`rnida qo`llanadigan so`zlar qaysilar? A. Hech kim?, hech nima? B. Bandayi ojizangiz, faqir. C. Allakim, nimadir. D. Amirzodam, janob. 19 . Shaxs olmoshlarini aniqlang. A. Aka, tog`a, jiyan. B. Shahzodam, amirim. C. Qulingiz, sodiq qulingiz. D. Siz, men, u. 20. Tuzilishiga ko`ra qo`shma olmoshni aniqlang. A. Allakim, 2-guruh. B. Qandaydir, boshqa. C. O`sha-o`sha, u-bu. D. Hech narsa, hech kim. 21. Haqida, to`g`risida ko`makchilari qanday ma`noni bildiradi? A. Chegara. B. Fikr mavzusi. C. Maqsad. D. O`xshatish. 22 .Tasdiq, inkor, hayratlanish, o`xshatish ma`nolarni qaysi yordamchi so`z turkimi ifodalay olad i? A. ot B. Undosh S. Bog`lovchi D. Yuklama 23. Ko`makchilar qaysi kelishiklardan keyin qo`llanmaydi/? A . O`rin-payt kelishigi B. Chiqish kelishigi S. Qaratqich kelishigi D .Tushum kelishigi 24 .Ko`makchilar qaysi so`z turkumlaridan keyin qo`llanmaydi? A. Ravish,ot B. Olmosh,sifat S. Sifat,ravish D .Ot 25 .Hokim so`z berilgan javobni belgilang. A. Shunga ko`ra. B. Anhor bo`ylab ketdi. C. Akam to`g`risida. D. Tushdan keyin. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling