Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana02.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#201647
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
diktant 1-4

 

Tekshirish diktanti

 

 



O`zbekiston-go`zal diyor 

            Men shu diyorda yashayman. Shu yurtda tug`ilib o`sdim. O`zbekiston 

juda go`zal diyor. O`zbekistonda go`zal bog`lar, yuksak tog`lar, bepayon 

dalalar, zilol suvlar, zamonaviy qishloqlar va bir-biridan go`zal shaharlar ko`p.          

O`zbekistonimizning tabiati xilma-xil bo`lib, go`zallikda tengi yo`q.   

         O`zbekistonning poytaxti - Toshkent shahri. Toshkent juda ko`hna va 

qadimiy, shu bilan birga zamonaviy shahardir. 

Toshkent shahri respublikamizning yuragi hisoblanadi. Shu zaminning 

munosib farzandi bo`lib yashaylik. 

 

Topshiriq: Qayer ? so`rog`iga javob bo`luvchi so`zlar tagiga chizing . 

 



 

16 


Tilga e`tiborsiz – elga e`tiborsiz. 

Har bir millatning o`zi tushunadigan tili uning ona tilisi hisoblanadi va bu 

til unga bir umr xizmat qiladi, atrofdagilar bilan muomala vazifasini o`taydi. 

Yurtimizda turli millat vakillari tinch va ahil yashab kelmoqdalar. Ular o`zbek 

tiliga , milliy an`analariga hurmat yuzasidan ularni o`rganib kelishmoqda. 

Tilimiz so`zlarga juda boy . Faqat biz ulardan to`g`ri va o`rinli 

foydalanishimiz kerakligini unutmasligimiz kerak.Bir birimiz bilan 

so`zlashganda qo`pollik qilmasdan , baqirmasdan so`zlashishimiz, so`zlarni 

to`liq talaffuz qilishimiz kerakligini yodimizda tutaylik . Har bir so`z o`z 

ma`nosiga ega.Agar ularni buzib aytsak, fikrimizni to`liq ifoda eta 

olmasligimiz , yoki suhbatdoshimiz bizni tushunmay qolishi mumkin. 

 

Davlat bayrog`i 



O`zbekiston Davlat bayrog`i 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan . 

Davlat bayrog`i hamma uchun muqaddas va uni e`zozlab asraymiz. Bayroqlar 

odatda gazlama parchasidan tikiladi. Bo`yi enidan uzunroq bo`lib, ranglari va 

naqshlari ham turlicha bo`ladi. 

          Bizning ajdodlarimiz qadim zamonlardan boshlab , o`zlarining 

bayroqlariga ega bo`lganlar va uni behurmat qilishga hech kimga yo`l 

qo`ymaganlar. Chunki bayroqni behurmat qilish , uning xalqini behurmat 

qilish bilan barobar bo`lgan.Shuning uchun turli xalqaro musobaqalarda davlat 

bayrog`lari olib kiriladi va g`olib bo`lganlar sharafiga yuqori ko`tariladi. 

 


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling