Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana02.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#201647
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
diktant 1-4

 

   

 

 

 

 

  

   

 

 

 

  Burgut 

        Burgut    tog’larda,cho’llarda    va    harobalarda    uchraydi.  U    yirik  

qush, juft-juft  bo’lib  yashaydi.  Ular  o’z  juftlariga  umrbod  sodiq  qolishadi. 

Tog’lardagi    baland    qoyalarga,  cho’llardagi    tepaliklar,  xarobalar    va  

saksovulzorlarga  uya  quradi. Uyasining  balandligi  va  kengligi  2 metrgacha  

boradi.  

Burgutlar  yirtqich  qush  bo’lib, tipratikan, jayra, toshbaqa, yumronqoziq, 

tovushqon, kaklik  kabi  hayvonlarga  ba’zan  mayda  uy  hayvonlarga  ham  

hujum  qilib  turadi.  Burgut    “Qizil  kitob”ga   kiritilgan. 

 

Topshiriq: “Qizil kitob” ga kiritilgan boshqa qanday hayvonlarni bilasiz? 

 

Eng aziz ne`mat 



Insoniyat  uchun  barcha  noz-ne'matlarning  azizi  nondir.  Nonning  turlari 

juda ko'p va xilma-xil: patir,  shirmoy,  kulcha va  boshqalar. 

Non  naqadar  aziz  ne'mat.  Chunki  u  insonning  yashashi  uchun  suv  va 

havodek  zarur.  Xalqimiz  nonni  qadim-qadimdan  ulug'lab,  ko'ziga  surtishga, 

nonning uvog'ini ham yerga tushirmaslikka odatlangan. 

 

   



 

 



 

18 


 

 

   



 

 

Non  shunday  sehrli  narsaki,  u  bemorlarni  tuzatgan,  yo'lda  hamroh 



bo'lgan.  Non  dasturxon  ko'rki,  oila  qut-barakasi,  xalq  farovonligi  belgisidir. 

Shuning  uchun  ham  doimo  uni  qadrlab,  hech  qachon  uvol  va  isrof  qilmaslik 

lozim. 

 

 



 

   


 

 

 



Ziyrak  

Zokir  ko`chadan  kuchukcha  topib  oldi.  Uni  uyga  olib  keldi.  Kuchukka 

Ziyrak  deb  nom  quydi  va  uni  parvarish  qildi.  Ziyrak  katta  bo`ldi.  Zokir 

Ziyrakni cho`ponlarga berdi. Ziyrak podada qo`ylarni bo`ridan qo`riqlab yurdi. 

Bir  kuni  yo`lda  odamlar  to`planib  turganini  ko`rdik.  Biz  ularning  oldiga 

bordik. Odamlar o`lgan bo`rini tomosha qilayotgan edilar. 

Ziyrak podaga kelgan bo`rini sezibdi, unga tashlanibdi. Ziyrak bo`ri bilan 

rosa olishibdi. Uni tomog`idan bo`g`ib o`ldiribdi.  



Topshiriq: Harakatni bildirgan so`zlarni ko`chirib yozing. 

 

O`rgimchak 

O`rgimchak-ko`p tarqalgan hasharot. U dunyoning barcha qit`alarida 

yashaydi. Uning turi ham ko`p, yashash tarzi ham xilma-xildir. 

Aksariyat o`rgimchaklar mayda hasharotlarni ovlaydi. Uning to`riga 

pashsha, chivin, hatto arilar ham tushadi. O`rgimchaklar ularning qoni bilan 

ovqatlanadi. 

O`rgimchaklar mavsum davomida millionlab zararli hasharotlarni 

yo`qotadi. Odamlar sog`lig`iga, xo`jalik daromadiga foydasi ko`p. 

O`rgimchaklarni o`ldirmang, to`rini buzmang. 

 

Kiyinish odobi 



Zamira shoshganicha uyga kirdi-yu, nimanidir shkafidan qidira boshladi. 

Onasi uyda yo`q edi. Qizil gulli ko`ylagini topguncha ancha ovora bo`ldi.Oxiri 

qidiraqidira uni karavoti ostidan topdi . Shosha- pisha oynaga ham qaramasdan 

kiydi-da, ko`chaga yugurib chiqib ketdi. Bugun sinfdoshi Nargizaning 

tug`ilgan kuni edi. Dugonalari hammasi u yerga yig`ilishgan edi. Nargiza 



 

19 


dugonalarini juda yaxshi kutib oldi.Onasi sovg`a qilgan ko`ylak unga juda 

yarashgan, hammaning unga havasi kelardi . Dugonalarining unga hayratomuz 

qarashayotganini sezib qoldi va ozining kiyimiga ahamiyat berib qaradi va 

negadir yuzlari qizarib, o`zini noqulay seza boshladi… 

       Topshiriq: Nima uchun Zamiraga o`rtoqlari hayratomuz qarashdi ? 

Sizning o`rtoqlaringiz ichida ham Zamiraga o`xshaganlari    

bormi ?  

                                      

 

Tejamkorlik  



Tejash-bu narsalarni isrof qilmaslik, uni qadrlash, har bir buyumni o`z 

me`yorida ishlata bilish demakdir.Ajdodlarimiz tejamli oilalarning barakali

piri badavlat, dasturxoni to`kin bo`lishini bashorat qilishgan. 

Tejamkorlik-avvalo, xalqni va o`z mehnatini qadrlash, qanoatli bo`lish, 

faqat bugunni emas, ertani ham o`ylashi, tadbirkor bo`lishdir. Biz elektr toki, 

suv va gazlarni qadrlab, tejab ishlatishimiz kerak, chunki, xalqimiz yaratgan 

hamma narsalardan tejab foydalanishni o`rgansak,  oilamiz va davlatimiz 

farovon bo`ladi.Davlatimiz va oilamiz boy bo`lsin desangiz, har bir narsadan 

isrof qilmay foydalanishga

 

odat qiling. 



Topshiriq: Harakatni bildirgan so`zlarni ko`chirib yozing. 

 

 



 

 

 



 


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling