Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana02.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#201647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
diktant 1-4

 

Yoddan yozuv diktanti 

 

Mitti mosh 



 

 

 



 

Mushukkinam mitti Mosh, 

 

 

 



 

Shirin sut mushukka osh. 

 

 

 



 

Olma bersam kelmaydi, 

 

 

 



 

Non yeyishni bilmaydi. 

 

 

 



 

 

 



G`oz 

 

 



 

 

G`oq, g`oq, g`oq, 



 

 

 



 

Dimog`im ko`p chog`. 

 

 

 



 

Suvda suzib yuraman, 

 

 

 



 

Maza qilib suzaman. 

 

 

                        Gilos                             Shaftoli 



 

Men gilosman              

Sariq, oq 

Quloq sol,                   

Shaftoliman. 

Rangim ol-u                

Zarg`aldoq 

Totim bol.              

 

Shaftoliman. 



Topsang                  

 

Maqtanib 



Qo`shalog`imni,         

O`tirmayman, 

Qulog`ingga           

         Maqtanchoq 

Taqib ol.                    

Shaftoliman. 



                                                                                                 Erkin Vohidov 

 

 

   Tekshirish diktant 

 

Bahor 


      Bahor kelishi bilan kunlar isiy boshlaydi. Boychechak, binafsha va lolalar 

ochiladi. Daraxtlar gullaydi. Issiq o`lkalardan qushlar uchib keladi. 

 

  

 



  

 

 



 

 

Yoz 



      Yoz faslida kunlar uzayadi. Havo issiq bo`ladi. Mevalar g`arq pishadi. 

Bolalar suv havzalarida cho`miladilar. 

 

 



 

   



  Bog`da 

    


Biz bog`ga kirdik. Daraxtda o`rik ko`p. Ikkita bola meva terdi. 

  

Qizlar o`riklarni savatga terdilar. Bog`da gilos, olcha, shaftoli ham bor 



ekan. 

  

Bog`bon bobo bizga “ Mevalarni yuvib yenglar”, dedilar. Biz o`rik, 



olchalarni yuvdik va maza qilib yedik. Mevalar juda shirin ekan. Bog`bon 

boboga rahmat, dedik. 



 

Shotut 


Shotut-ko`p yillik daraxt. Shoxlari qo`ng`ir-qizg`ish. Bargi dag`al qalin. 

Aprelda meva tugadi, may oyida pishadi. Mevasining rangi qora yoki to`q 

qizil. Mazasi nordon. 

Shotut-shifobaxsh meva. 

 

Topshiriq: Olmaning foydali xususiyatlarini bilib keling.  

 

 



    Olcha  

 

Bahor keldi. Olcha daraxti gulladi. Gullari to`kildi. Ko`m-ko`k g`oralar 



tezda qizardi. Olchalar yetilib pishdi. Oilamiz olchadan to`yib-to`yib yedi. 

Onam olchadan murabbo pishirdi. 

 

 

Kuz-hosil yig’iladigan fasl 



Kuzda Respublikamizda poliz ekinlari, shirin-shakar mevalar, qovun-

tarvuzlar pishadi. Dehqonlar, bog’bonlar yetishtirgan hosillarini yig’ib-terib 

oladilar. Kuz fasli sentabr, oktabr va noyabr oylaridan iborat. 

 

 



 

 



 

Yomg’ir 



         Yomg’ir-suv  bug’lanib  osmonga  chiqadi  va  bulut  ko’rinishida    yog’adi. 

Yomg’ir  yog’ganda  daryo,  ko’llar  to’lib  oqadi.  Yomg’ir  zaminimizni  suvga 

to’yintiradi. Shu tufayli hosil mo’l bo’lad. 

 

 



   Qish 

Qish  keldi.  Sovuq  tushib,  qor  yog’di.  Daraxtlar  uyquga  ketdi.  Qishda 

kunlar qisqa bo’ladi. Hamma issiq kiyim kiyadi. 

31-dekabrda yangi yilni kutib olamiz.  

 

Archa 


 

Alisher Navoiy nomli milliy bog`ga juda baland va chiroyli yasatilgan 

archa o`rnatildi. Ota-onalari, opa-akalari bilan kelgan bolalar archa atrofida 

xursand bo`lib o`ynaydilar. Jo`shqin musiqa yangradi. Ular Qorbobo va 

Qorqiz bilan raqsga tushdilar hamda ashula aytdilar. 

 

Ko`chamiz 



Bizning  ko`chamiz  keng.  Ko`cha  atrofiga  gullar  ekilgan.  Bu  yo`lda 

avtobuslar  qatnaydi.  Bekat  chorrahaga  yaqin.  Bekatda  o`rindiqlar  bor.  Biz 

ko`chamizni ozoda tutamiz. 

 

Uyimiz  



Uyimiz shu ko`chada joylashgan. U ikki qavatli. Hovlimiz keng, 

daraxtlar va gullar ko`p. Birinchi qavatda mehmonxona, oshxona va hamom 

bor. Ikkinchi qavatda darsxona, yotoqxona bor.            

 

Momiq 



 

Gulnoza mushukcha boqdi. Unga Momiq deb nom qo`ydi. Mushukcha 

juda chiroyli, ovozi yoqimli. Gulnoza uni non va sut bilan boqadi. 

 

Samarqand. 



           Samarqand  katta  shahar.  U  yerda  baland-baland  binolar  bor.  Ular  

pishiq g’ishtdan ishlangan.  

Yaqinda  katta  korxona  binosi  qad  ko’taradi.  Shaharning  ko’rkam 

jamolini  ko’rgan  xursand  bo’ladi.  Samarqand  tarixiy  yodgorliklarga  boy 

shahardir.  


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling