Navoiy shahar 8-umumiy ta’lim maktab matematika fani o’qituvchisi 8-"I" sinf rahbari Nabiyeva Samiya


Download 14.65 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi14.65 Kb.
#1758259
Bog'liq
tavsifnoma


Navoiy shahar 8-umumiy ta’lim maktab matematika fani o’qituvchisi 8-“I” sinf rahbari Nabiyeva Samiya
Qodirovnaga

TAVSIFNOMA


Nabiyeva Samiya Qodirovna 1997-1998 o’quv yilidan buyon shu maktabda matematika fanidan dars berib kelmoqda. Hozirgi kunda 8-“I” sinf rahbari, ish faoliyati davomida 2014-2015 o’quv yilida turli mavzularda maktabda ochiq dars va tadbirlar o’tkazib o’quvchilarni ma’naviy yuksalishiga o’z hissasini qo’shdi.


O’qituvchi o’z fani bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan muntazam mashg’ulotlar olib boradi. Maktabda matematika, fizika, informatika fani uslub birlashmasining vazifalarini muntazam bajarib keladi, boshqa fan o’qituvchilari bilan dars tahlillariga kirib o’z tajribasini yanada boyitib boradi. Kutubxonada badiiy kitoblar, gazetalardan foydali ma’lumotlar olib boradi. Maktabda siyosiy o’quv darslariga qatnashib boradi.
8-I sinfida yil davomida ochiq tarbiyaviy soat darslar tashkil etib, multimedia vositalaridan foydalanib dars o’tadi. O’qituvchi sinf o’quvchlari, ota-onalari bilan doimo suhbatlar o’tkazib boradi va ularni darsga jalb etib boradi.O’quvchilarga o’ta mehribonlik va jonkuyarlik bilan yondashadi.
O’quvchilarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashda kelajakka va vatanga bo’lgan ishonchini mustahkamlashda katta yordam berib kelmoqda.
MMIBDO’: Raxmanova I.N.
Navoiy shahar 8-umumiy ta’lim maktab matematika fani o’qituvchisi 8-“I” sinf rahbari Nabiyeva Samiya
Qodirovnaga


T A V S I F N O M A

Nabiyeva Samiya Qodirovna 1997-1998 o’quv yilidan buyon shu maktabda matematika fanidan dars berib kelmoqda. Nabiyeva Samiya o’qituvchi sifatida har bir darsga jiddiy yondashadi.


Mohir pedagog darslarning DTS talablari va yangi pedagogika texnologiyani qo’llagan holda qiziqarli olib boradi.
O’z darslarida o’quvchilarni mustaqil fikrlashga chaqiradigan, ularning faolligini oshiradigan dars usullaridan unumli foydalandi.
O’quvchilar bilimini xolisona baholash maqsadida joriy va oraliq nazoratlarini zamonaviy usullardan foydalangan holda tashkil etadi.
Ma’lum bir mavzu bo’lim yoki bobdan so’ng o’quvchilarni o’zlashtirishiga qarab didaktik kartochkalar va testlardan foydalanadi. Iqtidorli o’quvchilar bilan alohida ish olib boradi. Bulardan Mustafoyeva Malika, Maxammadiyev Doston, Orziqulov Javohir, Abdurahimov Sardor.
O’qituvchi tarbiyaviy sinfdan tashqari ishlarni samardorligi va sifatiga alohida e’tibor beradi. Fan bo’yicha o’quvchilari maktabdan tashqari tadbirlarda qatnashadi, turli bellashuvlarda ishtirok etadi.
8-“I” sinfida fevral oyida “Kvadrat tenglama va uning ildizlari” mavzusida, 6-“I” sinfida mart oyida “Ratsional sonlar ustida ko’paytirish amali” mavzularida ochiq dasrlar o’tkazdi. Fevral oyida bo’lgan viloyat seminarida 8-“I” sinfida “She’riyat ummonidan dur’u javohir izladim” mavzusida tarbiyaviy soat o’tkazdi.
O’qituvchi sinf o’quvchlari, ota-onalari bilan doimo suhbatlar o’tkazib boradi va ularni darsga jalb etib boradi.O’quvchilarga o’ta mehribonlik va jonkuyarlik bilan yondashadi. O’quvchilarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashda kelajakka va vatanga bo’lgan ishonchini mustahkamlashda katta yordam berib kelmoqda.
O’IBDO’: Qosimov J.M
Download 14.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling