Navoiy shahar xtmfmtteb
Download 239.5 Kb.
|
fizika-7-sinf-ISHQALANISH-1
Sana: ___________Sinf: 7 Mavzu: Sirpanish ishqalanish. Dumalanish ishqalanishDarsning texnologik xaritasi
Darsning maqsadi: I. Darsning maqsadi: Ta`limiy: O`quvchilarga ishqalanish kuchi hamda sirpanish va dumalanish ishqalanish haqida to`liq ma`lumot va bilimlarni berish. Ta`rbiyaviy: O`quvchilarni hayot havfsizligi bilan bo`g`liq bo`lgan bilim ko`nikma va malakalarini shakillantirish. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish orqali o`quvchilardagi hayotiy ko`nikmalar asosida bilimlarni to`ldirish va rivojlantirish. Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy; Dars usuli: Noan’anaviy (Komandada o`qitish, aqliy hujum, tezkor savol javoblar, didaktik mashqlar); Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi; Dars shakli: Individual va kichik guruhlarda ishlash. Dars didaktikasi: a) jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar yozilgan kartochkalar, o`quv qurollari; b) texnik vositalari: kompyuter, videoproyektor, ekran Darsning blok-sxemasi:
Darsning shiori: “To`xtama, o`qi, o`rgan Koinot ilmin, Zero, tinmay aylanar Kurrai-zamin”
1. Tashkiliy qism: a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, sinfning va o`quvchilarning darsga tayyorligini baholash, davomat, ob-havo, sanani aniqlash) b) Darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish d) O`rganiladigan BKM larni e’lon qilish: 1. Ishqalanish kuchi. 2. Sirpanish ishqalanish. 3. Dumalanish ishqalanish. 4. Jismga ta`sir etadigan kuchlar yo`nalishi. 5. Ishqalanish kuchining yo`nalishi. e) O`quvchilarni guruhlarga ajratish, “Beruniy” va “Nyuton” nomlari bilan nomlash, guruh sardorlarini saylash; j) “Oltin qoidalar” ni ishlab chiqish: 1. O`zaro hurmat 2. O`zgalar fikrini hurmat qilish 3. Erkin fikrlash 4. Intizomlilik 5. Topqirlik 6. Hozirjavoblik i) Baholash mezonlari haqida tushuncha berish (“Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar); Sinf chizmasi. Guruhlarning joylashish holati O’tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni baholash. O`tilgan mavzu yuzasidan tayanch so`z va tushunchalar yozilgan kartochkalar guruhlarga tarqatiladi.
O`quvchilarning kartochkalardagi savollarga qay darajada izoh berganliklariga qarab “Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllardan tegishlisi taqdim etiladi. O`quvchilar bilan o`tgan mavzularni takrorlash maqsadida “Topqirlik” mashqi o`tkaziladi. Bunda o`quvchilar “Shatranj” taxtasiga yashiringan ma`lumotlarga to`g`ri javoblarni quyidagi davlatlardan qaysilariga tegishli ekanliklarini aniqlashlari kerak bo`ladi. “Shatranj” taxtasiga keltirilgan ma`lumotlardan namunalar: Tezlikni ta`riflang? Tezlanish ta`riflang? Aylanish davri nima? Aylanish chastotasi nima? Nyutonning birinchi qonuniga ta`rif bering? Nyutonning ikkinchi qonuniga ta`rif bering? Nyutonning uchunchi qonuniga ta`rif bering? Butun olam tortishish qonuni? Guruh o`quvchilari “Shatranj” taxtasidagi savollarga bergan javoblariga qarab rag`batlantiruvchi kartochkalar bilan taqdirlanadi. O`qituvchi yangi mavzu bayonini o`quvchilarga tushuntirish jarayonida kompyuter, videoproyektor va ekrandan bevosita foydalangan holda Microsoft Office dasturi tarmog`iga kiruvchi Microsoft Office Power Point matn muharriri orqali ekranda mavzuga tegishli rasmlardan lavhalarni ham namoyish etib tushuntiradi.
Bir jism ustida boshqa jism sirpanganda ishqalanish vujudga keladi. Bunday ishqalanish sirpanish ishqalanish deyiladi. Masalan, chana qor ustida sirpanganda, stol ustidagi kitobni surganda sirpanish ishqalanish hosil bo‘ladi. 79-rasmda tasvirlangan jismni dinamometryordamida tortib joyidan qo‘zg‘atamiz. Jism joyidan qo‘zg‘alish paytida dinamometming ko'rsatishi keskin kamayadi. Dinamometrni tortish orqali jismni tekis harakatlantirsak, dina- momctming ko‘rsatishi o‘zgarmay qoladi. Dinamometr ko'rsatishining ana shu o‘zgarmas qiymati sirpanish ishqalanish kuchiga teng bo'ladi (19-b rasm). Demak: Sirpanish ishqalanish kuchi tinchlikdagi ishqalanish kuchidan kichik bo'ladi. Tajriba ko'rsatishicha, siфanish ishqalanish kuchi jismning og‘irlik kuchiga proporsional. Nyutonning uchinchi qonuni bo‘yicha og‘irlik kuchi F^. kattaligi jihatidan tayanchning reaksiya kuchi N ga teng. Demak, sirpanish ishqalanish kuchi reaksiya kuchi N ga proporsional bo‘ladi: bunda fj—sirpanish ishqalanish koeffitsicnti bo‘lib, uning qiymati bir-biriga ishqalanuvchi jismlaming materialiga, sirtlarining silliqligiga va boshqalarga bog‘liq. Ba’zi juft materiallar uchun sirpanish ishqalanish koeffitsientining taqribiy qiymatlari quyidagi jadvalda keltirilgan. Agar bir jism ikkinchi jism ustida sirpanmasdan dumalasa, bunda hosil bolgan ishqalanish dumalash ishqalanish deyiladi. Masalan, g‘ildiraklar g‘ildiraganda, bochka yoki gVlalar dumaiatilganda dumalash ishqalanishi namoyon bo‘ladi. Dumalash ishqalanish hosil bo‘lishining asosiy sababi g‘ildirak tegib turgan sirlda og‘irlik kuchining ta’sirida hosil bo‘lgan deformatsiyadir (80-rasm). Dumalash natijasida g‘ildirakda va u g'ildirayotgan sirtda chuqurlik paydo bo‘ladi. Chuqurlik g‘ildirakning aylanishiga to‘sqinlik qiladi. G‘ildirak sirti va u dumalayotgan sirt qanchalik qattiq bo‘lsa, g‘ildirak dumalayotganda shuncha kam dcformatsiyalanadi va dumalash ishqalanish kuchi Fm shuncha kichik bo‘ladi. Shuning uchun temir yo‘lning temir izlarida ishqalanish kuchi juda kichik boMadi. Dumalash ishqalanish kuchini o‘lchash mumkin. G‘o‘Iachalar ustiga qo‘yilgan taxtacha dinamometr bilan tortiladi. Bunda dumalash ishqalanish kuchi Fm ning qiymati dinamometr ko‘rsatgan fkuchning qiymatiga teng bo‘ladi (81-rasm). Dumalash ishqalanish kuchi sirpanish ishqalanish kuchidan ko‘p marta kichik (82-rasm). Shuning uchun ham qadimdan odamlar og‘ir yuklarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirishda g‘o‘lalardan foydalanganlar. G‘ildirakning kashf etilishi buyuk kashfiyotlardan biridir. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, dumalash ishqalanish kuchi F(d) jismga ta’sir etuvchi reaksiya kuchi N ga to‘g‘ri proporsional, dumalayotgan jism radiusi R ga teskari proporsional bo‘Iadi, ya’ni: Dumalash ishqalanish kuchini oMchash mumkin. G‘o‘Iachalar ustiga qo‘yilgan taxtacha dinamometr bilan tortiladi. Bunda dumalash ishqalanish kuchi Fm ning qiymati dinamometr ko‘rsatgan Fkuchning qiymatiga teng bo‘ladi (81-rasm). Dumalash ishqalanish kuchi sirpanish ishqalanish kuchidan ko‘p marta kichik (82-rasm). Shuning uchun ham qadimdan odamlar og‘ir yuklarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirishdagi g‘o‘lalardan foydalanganlar. G‘ildirakning kashf etilishi buyuk kashfiyotlardan biridir. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, dumalash ishqalanish kuchi F (d) jismga ta’sir etuvchi reaksiya kuchi N ga to‘g‘ri proporsional, dumalayotgan jism radiusi R ga teskari proporsional bo'ladi, ya’ni: Bunda µd -dumalash ishqalanish koeffitsienti. Uning qiymati bir-biriga ishqalanuvchi jismlarning materialiga, sirtlarining silliqligiga va boshqalarga bog'liq. pd ning taqrijiy qiymati po‘lat bilan po‘lat uchun 0,2 mm ga, avtomobil g‘ildiragi rczinasi bilan asfalt uchun 2 mm ga teng. O`quvchilarni o`rganilgan mavzu bo`yicha BKMlarini sinash maqsadida “Beruniy” va “Nyuton” guruhlariga “Fizik talqinlar” tarqatiladi. “Beruniy” va “Nyuton” guruhlari uchun: TALQINLAR. (+, -) Yangi mavzuga tegishli to`g`ri javoblarga (+) ishorasi, o`tgan mavzuga tegishli javoblarga (-) ishorasi qo`yiladi. Gorizontal sirtda tinchlikdagi ishqalanish kuchi normal bosim kuchiga bog`liq emas (___) Gorizontal sirtda tinch yotgan jismga ta`sir etuvchi ishqalanish kuchi nolga teng (___) F = µ Pn (___) Tinchlikdagi ishqalanish kuchi eng katta (___) Dumalanishda ishqalanish kuchi eng kichik (___) O`quvchilarning geografik talqinlarga bergan javoblariga qarab tegishli rag`batlantiruvchi kartochkalar bilan rag`batlantiriladi. Dars so`ngida har ikkala guruhning kartochkalar soni va yig`gan bali hisoblanadi. G`olib guruh e`lon qillinib, dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi. Dars yakunida o`quvchilarga uyga vazifa beriladi: Sirpanish ishqalanish deb qanday ishqalanishga aytiladi? Sirpanish ishqalanish kuchining formulasi qanday ifodalanadi? Dumalash ishqalanish kuchini tushuntirib bcring. Uning formulasi qanday ifodalanadi? Tevarak-atrofingizda uchraydigan sirpanish ishqalanish va dumalash ishqalanish haqida nimalarni bilasiz? 18-mashq Gorizontal holatdagi yog‘och taxtaning sirtida yog‘ochdan yasalgan 5 kg massali taxtacha tekis sirpantirilmoqda. Bunda hosil bo‘lgan sirpanish ishqalanish kuchini toping. (Ushbu va keyingi masalalarda g = 10 m/s2 deb, ishqalanish koeffitsientining qiymatini mavzudagi jadvaldan va matndan oling.) Gorizontal holatdagi po‘lat sirtida po‘latdan yasalgan 10 kg massali jism gorizontal yo‘nalLshda kuch bilan tekis tortib sirpantirilmoqda. Bunda jism qanday kuch bilan tortilmoqda? Gorizontal holatdagi po‘lat sirtida radiusi 10 sm, massasi 3 kg bo‘lgan po`lat disk tekis dumalantirilmoqda. Bunda hosil bo‘lgan dumalash ishqalanish kuchini toping. 3-masalada keltirilgan disk yon tomoni bilan gorizontal holatdagi po‘lat sirt ustida tekis sirpantirilmoqda. Sirpanish ishqalanish kuchini toping, uni 3-masaladagi dumalash ishqalanish kuchi bilan taqqoslang va xulosa chiqaring. Download 239.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling