Navoiy tavalludiga


Download 10.73 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi10.73 Kb.
#1289815
Bog'liq
15 talik



NAVOIY TAVALLUDIGA
1. Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonida Farhod benazir xotira egasi sifatida tasvirlanadi. Bir marotaba ko'rgan kitobini ikkinchi marta ochishga hojat qolmas edi. Shu sababdan ham xat va savodni tez , mukammal ado etadi. Asarda keltirilishicha, Farhod qancha Qur’ni Karimni yod oladi?
Javob: 1 yilda
Manba: 9-sinf
2. Navoiyning "Xamsa" asari tarkibidagi qaysi dostoni o‘ziga xos qurilishga ega. U falsafiy-ta’limiy doston bo‘lganligi uchun mavzu biror voqeani hikoya qilish asosida emas, balki muallif fikr-mulohazalarining bayoni tarzida yoritiladi. Bu doston tarbiyaga qaratilganligi bilan ajralib turadi va maqolatlardan tashkil topgan?
Javob: Hayrat ul-abror
Manba: 9-sinf
3. Navoiy "Xamsa" asari tarkibidagi qaysi dostoni afsonaviy Shoh Bahrom haqida bitilgan ishqiy-sarguzasht doston hisoblanadi?
Javob: "Sab'ayi sayyor" dostoni
Manba 9-sinf
4. Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonida Farhod bolalik chog'idanoq g'amgin, o'ychan holatda yuradi. Farhoddagi bu g'amginlikni ketkazish uchun uning otasi qanday yo'l tutadi?
Javob: 4 faslga moslab 4 ta qasr qurdiradi
Manba: 9-sinf
5. Navoiy Shoh Husayn Boyqaroga ham ma'nan, ham ruhan ko'mak berganligi siz-u bizga ma'lum. Shu sababli ham Navoiyga davlat ishlaridagi munosib xizmati uchun bir unvon beriladi. Ushbu unvonning nomini toping.
Javob: Muqarrabi shohiy (Shohning eng yaqin kishisi)
6. Alisher Navoiy arab tilini mukammal bilganligidan xabaringiz bor. Shu sababli ham shoir tarjima bobida ham tajribaga ega. Navoiy qaysi mashhur tarixiy shaxsning asarini arab tilidan she'riy yo'l bilan tarjima qilgan?
Javob: Hazrat Alining "Nasr ul-laoliy" asrini tarjima qilgan
7. Bilamizki Navoiy o'zbek tilida eng ko'p ruboiy yozgan shoirdir. Mutafakkirning deyarli barcha she'riy asarlari tarkibida ruboiyga duch kelamiz. NA. Navoiyning "G'aroyib us-sig'ar" devoniga jami nechta ruboiy kiritilgan?
Javob: 133 ta
8. A. Navoiy forsiy tilda ham qalam tebratgan mohir she'rshunosdir. Uning barcha fors tilidagi she'rlari bir devonga jamlangan. A. Navoiyning forsiy devonning nomini toping.
Javob: Devoni Foniy
9. Navoiy ruboiylaridan birida hayotning naqadar beshafqat ekanligi, bu hayotning shoirga turli azoblarni ko'rsatganligi tasvirlangan, shu bilan birgalikda hayotning shirin tomonlari baxtli onlarini taqdim etganligi aytiladi. Qayg'u va quvonchni o'zida aks ettirgan bu hayotni issiq o'lkalarda sudralib yuruvchi bir hayvonga o'xshatadi. Hayotning rang-barangligi shu hayvon orqali ochib beriladi. Bu qaysi hayvon?
Javob: Buqalamun yoki Xameleon
10. Suratdagi Alisher Navoiy siymosi tasvirlangan haykal qaysi davlatda joylashgan.

Manba 7-sinf. Adabiyot. 124-bet
11. Yuqar yomonlig‘ angakim, kirar yomon el aro,
Ko‘mur aro ilik urg‘on qilur ilgini qaro.
Ushbu bayt mazmuniga mos keluvchi o'zbek maqolini toping.
Javob: Qozonga yaqin yirsang, qorasi yuqar (7-sinf)
12. Navoiyning "Sher va Durroj" hikoyatida sher har doim o'z farzandini. Tishlab ko'tarib yurar edi. Boisi uning barcha farzandlari bir xil fojia tufayli o'lim topgan edi. Bir kun farzandi sherga uning tishlari botib ketayotganini va nega aynan tishlab olib yurishini so'raydi.
Savol: Nima sababdan sher o'z farzandini tishida ko'targancha olib yurgan?
Javob: Sherning oldingi farzandlarini chumolilar talab o'ldirgan (5-sinf)
12. Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonida shunday tasvir beriladi: Iskandarning otasi Faylaqus vafot etgach, katta mamlakat yosh Iskandarning qo'lida qoladi. Ammo otasi davrida Iskandarning yurti Doroga tilla tuxum shaklidagi oltinlar bilan boj to'lab kelgan edi. Iskandar Doroga boj berishni to'xtatadi. O'z vaqtida kelmagan boj tufayli Doro Iskandarga elchi jo'natadi. Iskandar elchilarga shunday javob beradi: «tilla tuxum tug‘adigan qushlar uchib ketdi, biz endi boj to'lamaymiz».
Bu javobdan g'azablangan Doro Iskandarga yana elchilar orqali o'yinchoq chavgon va koptok yuboradi.
Savol: Doro bu buyumlar orqali nima demoqchi bo'lgan?
Javob: Sen yosh bolasan.( Men bilan teng kelishga urinma)
13. Bu kitobning birinchi qismida payg‘ambarlar tarixi Odam Atodan boshlab yoritilgan. Ikkinchi qism obidlar, ya'ni Allohga toat-ibodat qiluvchilar, uchinchi qism esa tabiblar, hakimlar haqida bo'lib bu qismda Luqmoni hakim, Pifagor, Suqrot, Galen singari mashur shaxslar haqidagi ma'lumotlarga duch kelamiz.
Savol: Bu ma'lumotlar Navoiyning qaysi asari haqida?
Javob: «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg‘ambarlar va hakimlar tarixi») (10-sinf)
14. "Farhod va Shirin" dostonida Farhod uchun uch shaxs turli kasblarni o'rgatadi. Ana shu kasb egalaridan qaysi biri Farhodga toshni yo'nish va unga ishlov berish bilan birgalikda toshdan ham qattiq bo'lgan nafsoniy istaklarni ham parchalashni o'rgatadi?
Javob: Qoran. 9-sinf
15. Аlishеr Nаvоiy umr bo‘yi bаdiiy ijоd bilаn shug‘ullаndi. Biror kuni ham yozmasdan o'tmagan mutafakkir she'riy asarlarini ham jamlab devonlar tartib bergaligidan xabaringiz bor. Savol: A. Navoiy nechta she'riy devon tuzgan?
Javob: 7 ta
Manba: 5-sinf


Download 10.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling