4. Bozorning menejment funksiyasiga ta’siri
Bozor muhitining tez o’zgarishi korxonaga doim "tashvish" keltirib turadi. Aholi daromadi, xarid qilish qobiliyati, mahsulot va xizmatlarga bo’lgan talab, demografik sharoit tee-tez o’zgarib turadi.
Masalan, aholi turmush darajasining o’sishi diltortar tovarlarga ehtiyojni oshiradi. Shunday tovarlarga talabni qondirgan korxona katta foyda oladi. Bozor munosabatlarining o’zgarishi ishlab chiqarish va boshqarishning o’zgarishini talab etadi. Menejment funksiyasini o’zgartirishga ehtiyoj tug’iladi. Yana quyidagilar qayta ko’riladi:
rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, rag’batlantirish, hisobga olish, nazorat qilish va boshqalar.
Bozor munosabatlariga o’gish, barcha Nizom, yo’riqnomalar qonunga zid me’yoriy huquqiy hujjatlarni qayta qurishni talab etadi. Boshqarish, lizing, moliya va kredit, narx belgilash va rejalashtirishda yangi nizomlar qabul qilinadi. Quyi va yuqori tashkilotlar o’rtasida oshkoralik kengayadi, boshqaruv organlari funksiyasi o’zgaradi.
Mehnatning pirovard natijasiga qarab xodimlarni rag’batlantirish ko’ndalang turadi. Bunda moddiy rag’batlantirish bilan birga xodimlarni ma’naviy rag’batlantirish usuli qo’llaniladiki, aksariyat hollarda u katta samara beradi.
Shunday qilib menejment funksiyasi hech qachon so’nmaydi, u doim aniq milliy holatlarni hisobga olgan holda, hamda inson ruhiyatidagi o’zgarish jarayonlariga qarab takomillashaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |