nazorat qilish. to’ldiruvchi ikkita boshqarish faoliyatini o’z ichiga oladi-strategik boshqarish (korxonaning kelajakdagi potensialini rivojldanishi bilan bog’liq) va tezkor boshqarish (mavjud potensialni foydaga aylantirish bilan bog’liq).Strategik boshqarish tadbirkorlik tashkiliy «hulq»ni talab qiladi, tezkor boshqarish esa o’sish «hulq»ga asoslanadi. Strategik boshqarish tizimi biri ikkinchisini to’ldiruvchi ikkita kichik tizimdan iborat. 2.Real vaqt mashtabida strategik muammolarni boshqarish.
Strategik boshqarish uslubiyotining yuzaga kelishi va amaliy qo’llanishi birinchi navbatda korxonaning tashqi muhitida sodir bo’ladigan o’zgarishlarning harakteridan kelib chiqadigan ob’ektiv sabablardan kelib chiqadi.
1.Boshqarishni nazorat qilish asosida boshqarish.
Bunda korxonaning o’zgarishlarga voqealar sodir bo’lgandan keyin paydo bo’ladi. Bu reaktiv moslashish korxonaga ko’proq hosdir,lekin o’zgarishlarning murakkabligi, yangi strategiyani ishlab chiqish va unga tizimni moslashtirishni tushunib yetish ko’p vaqtni talab etadi. O’zgarishlar sur’atlarining o’sishi sharoitida bu ma’qul emasdir.
2.Ekstropolyatsiya asosida boshqarish.
O’zgarishlar sur’ati tezlashadi,lekin oldingi tendensiyalarni ekstropolyatsiya qilish yo’li bilan kelajakni ko’ra olish mumkin (uzoq muddatli rejalashtirish). Ekstropolyatsiya mantiqan o’tgan davrdagi qonuniyatlarni kelgusi istiqbolga o’tkazishni anglatadi. Boshqacha qilib aytganda ekstropolyatsiya tabiatan istiqbol amalidagi holatdan kelib chiqadi va rejaga nisbatan yaxshi bo’linishi taxmin qiladi. Shu xususiyatga asosan kelajakni ekstropolyatsiya uslubi orqali bashorat qilish samarali bo’lishiga katta umid qilinadi.
3.O’zgarishlarni oldindan ko’ra olish asosida boshqarish.
Kutilmagan hodisalar ro’y bera boshlaydi va o’zgarishlar darajasi tezlashadi, lekin unchalik darajada emaski,bo’lajak qonuniyatlarni oldindan ko’ra olish va tegishli strategiyani ishlab chiqish yo’li bilan ularga hozir javoblikni aniqlashni o’z vaqtida iloji bo’lmay qolsa (strategik rejalashtirish).
4.Tezkor yechimlar qabul qilish asosida boshqarish.
Hozirgi vaqtda,ko’p sonli muhim masalalar shunchalik tez paydo bo’lmoqdaki,ularni o’z vaqtida ko’ra olish mumkin bo’lmaydigan sharoitlarda shakllanayapti (strategik boshqarish).
Do'stlaringiz bilan baham: |