Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti
Download 173.5 Kb.
|
Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini os
TIL TAFAKKUR BOYLIGI
Til millatning belgilaridan biri. Dunyoda xalqlar kop, lekin har bir xalq, avvalo, oz tili, milliy urf-odat va ananalari, oziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi. Binobarin, xalqning, millatning ozligini namoyon qilishda tilning orni va ahamiyati beqiyosdir. Ozbek xalqi asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasiga, umumbashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qoshib kelmoqda. Bunda Ona tilimizning xizmati katta. Chunki bu til bolmasa, Mahmud Qoshgariyning Devonu lugatitturk kitobi, Ahmad Yassaviyning Hikmatlari, Alisher Navoiyning Xamsasi , Bobur Mirzoning Boburnomasi, Cholpon va Abdulla Oripovning otli sheriyati yaratilmagan bolar edi. Shuning uchun ona tilimiz millatimiz ruhining timsoliga aylanib ketgan. Ona tilikohna tariximiz, hayotbaxsh qadriyatlarimiz, din-u diyonatimiz, xalqimizga xos dunyoqarash his-tuygular evolyutsiyasini, tadrijiy taraqqiyotini korsatuvchi, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazuvchi kozgudir. Til xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, ozligini namoyon etishga intilishda tilning qadrini tiklash, nufuzini orttirish muhim orin tutadi. Alisher Navoiyning temuriylar davrida ozbek tilining obroyi uchun kurashgani bejiz emas. XX asr boshida marifatparvar bobolarimiz xalqni ilmga chorlash uchun tilni, alifboni isloh etishga harakat qilishgani ham ulkan marifiy ahamiyatga ega boldi. Otgan asrning songida esa xalqimiz Prezident Islom Karimov boshchiligida mustaqillik uchun kurash olib borar ekan, avvalo, tilimizga davlat tili maqomini berish yolida say-harakatlar qildi va 1989-yilda, hali sobiq mustabid tuzumi hukumronligi tugamagan bir paytda bu ishni amalga oshirdi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin ozbek tili rivojiga katta etibor berilgani natijasida Konstitutsiyamizda, Davlat tili haqidagi Qonunda ozbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uni rivojlantirishning huquqiy asoslari belgilab qoyildi. Bu ozbek tili taraqqiyotida yangi davr boshlanganidan dalolat edi. Bugungi kunda davlatimizning eng muhim hujjatlari shu tilda yozilmoqda. Ona tilimiz davlatlararo muloqotlarda, dunyoning nufuzli minbarlarida, xalqaro anjumanlarda ham keng qollanmoqda. U istiqlol yillarida milliy gurur manbaiga, mustaqilligimiz timsoliga aylanib qoldi. Download 173.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling