Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti
(253 soz). BUYUK AJDODLARIMIZNING SONMAS DAHOSIGA
Download 173.5 Kb.
|
Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini os
(253 soz).
BUYUK AJDODLARIMIZNING SONMAS DAHOSIGA HURMAT-EHTIROM Ozbek xalqi manaviy dunyosining shakllanishiga goyat kuchli va samarali tasir korsatgan ulug zotlardan biri Alisher Navoiy bobomiz. Biz uning motabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib soz yuritamiz. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning gururi, shon-u sharafini dunyoga tarannum qilgan olmas soz sanatkoridir. Tabir joiz bolsa, olamda turkiy va forsiy tilda sozlovchi biron-bir inson yoqki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va etiqod bilan qaramasa. Agar bu ulug zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning shoiridir. Inson qalbining quvonch-u qaygusini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuygusi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga, avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik kop bahramand etsak, milliy manaviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli marifiy qurolga ega bolamiz. Malumki, biron-bir xalq manaviyatiga xos qadriyatlarning boshqa xalqlar tomonidan tan olinishi, tabiiyki, ana shu xalq tarixiga nisbatan chuqur hurmat ifodasidir. Bunday etirof xalqning gurur va iftixori, milliy ozligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Shu manoda, keyingi paytda buyuk ajdodlarimizning sonmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini organishga bolgan qiziqish xorijiy ellarda ham ortib borayotgani barchamizni quvontiradi. Buning tasdigini dunyoning turli mamlakatlarida ularning hayoti va faoliyati haqida elon qilinayotgan ilmiy va badiiy asarlar, ulug ajdodlarimiz xotirasiga barpo etilayotgan yodgorliklar misolida ham korish mumkin. Shular qatorida Belgiyada Ibn Sinoga, Litvada Mirzo Ulugbekka, Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiy bobomizga, Misr poytaxti Qohira shahrida esa Ahmad Fargoniy xotirasiga ornatilgan muhtasham haykallarni eslash joiz. Download 173.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling