(260 soz)
BIZ BUYUK MANAVIYAT EGASIMIZ
Inson moddiy va manaviy ehtiyojlar bilan tirik. Uning vujudi moddiy olam qonuniyatlari bilan yashasa, qalbi va ongi, shuuri manaviy olam qonuniyatlari bilan nafas oladi. Masalan, ovqat yeyish, badan tarbiyasi bilan shugullanish moddiy olam qonuniyatlariga boysunish alomatidir. Oylash, fikrlash ,ishonish, zavqlanish, gozallikni sevish–bularning barchasi manaviy olam qonuniyatlaridan dalolatdir. Mukammal inson bolish uchun ham moddiy, ham manaviy olam qonuniyatlari asosida yashash lozim boladi. Buning uchun odam ozidagi moddiy va manaviy ehtiyoj hamda mayllarni boshqara olishi zarur.
Demak, inson hayotining mohiyatini tashkil etadigan moddiy va manaviy ehtiyojlarni bir-biridan ustun qoyib bolmaydi. Qayerdaki moddiy intilishlar kuchayib ketsa, odamlar manaviy qiyofasini yoqota boshlaydi, ular ortasida ozaro hurmat, gozallikni qadrlash, haqiqatga ishonch kabi fazilatlar yoqoladi. Aksincha, faqat manaviy intilishlar bilan ham yashab bolmaydi. Chunki, bunday hayot odamlarnnig moddiy taraqqiyotdan orqada qolib ketishiga, maktab, kutubxona, teatr, muzey kabi ilm marifat maskanlari qurishga mablag topolmay oxir-oqibatda ruhiy jihatdan qashshoq bolib qolishga olib keladi.
Agar dunyo tarixiga nazar solsak, aynan mana shunday yol–moddiy va manaviy boyliklardan taraqqiyot yolida imkon qadar keng foydalanish yaxshi natijalar berganini koramiz. Bularning barchasi shoro davrida shakllangan moddiy boylik odamni buzadi degan qarashning nechogli notogri ekanini korsatadi. Agar moddiy boylik halol mehnat bilan topilgan bolsa va yuksak manaviyat asosida ishlatilsa, ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz. Jahon tarixida ozining shaxsiy boyligini manaviyatga, oz xalqining marifiy taraqqiyotiga sarflagan insonlar kop bolgan.
Bizning buyuk ajdodlarimiz ham bu borada kop ibratli ishlarni amalga oshirgan. Xususan, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy oz mablagi hisobidan yollar, kopriklar, hammomlar, karvonsaroylar, kutubxona va madrasalar qurdirgan, istedodli shoir, musavvir va adabiyotshunoslarni oz homiyligiga olib, ularga maosh tolab turgan. Bunday saxovatli ajdodlarimizning ezgu ananalarini bugungi yurtdoshlarimiz munosib davom ettirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |