Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti
(250 soz) NIMA EKSANG, SHUNI ORASAN
Download 173.5 Kb.
|
Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini os
- Bu sahifa navigatsiya:
- (250 soz). AQLLI VA TADBIRSIZ ODAM
(250 soz)
NIMA EKSANG, SHUNI ORASAN Bir yigit kozlari xiralashgan, ovqat yeganda qollari qaltiraydigan qari otasining izzat-hurmatini bajo keltirmasdi. Bir kuni chol bechora qoli titrab, osh suzib berilgan kosani tushirib sindirdi. Buni korgan kelini nordon sozlar aytib, uning konglini vayron qildi. Shundan keyin otasini hovlining bir chekkasidagi zax uyga kochirdi. Kelin esa, eri keltirib bergan yogoch kosada qaynotasiga ovqat bera boshladi. Ogli va kelinining bu yaramas muomalalaridan kongli ozor topgan ota vafot etgan kampirini eslab, bazan oksib-oksib yiglardi. Besh-olti yoshli nevarasi bilangina tasalli topar edi. Bola bobosining yoniga kelib otirardi, masuma sozlari, yoqimli qiliqlari bilan bobosini kuldirib, uning qaygu-alamlarini yengillashtirardi. Bola bir kuni qoliga pichoq olib, bir yogochni yonib otirardi. Shu payt dadasi kelib qoldi. Oglining yogoch yonib otirganini korib: - Oglim, nima qilyapsan? -deb soradi. Ogli yugurib kelib dadasini quchoqladi va erkalanib: Dadajon, siz buvamga yogoch kosa keltirib bergan edingiz-ku, oyim osha kosada buvamga ovqat beradilar, men ham yogoch kosa yasayapman, katta bolganimda oyim bilan sizga shu kosada ovqat beraman, dedi. Oglining bu sozi yigitga qattiq tasir qildi. U koz yoshi qilib otasining huzuriga kirdi, tiz chokib uzr soradi, quchoqlab opib, uning konglini kotardi. Darrov uni ozi turgan uy yonidagi issiq xonaga kochirdi. Har doim otasining holidan xabar olib turdi, u bilan birga ovqatlandi. Kelin ham qaynotasining izzat-hurmatini orniga qoya boshladi. Ogli bilan kelinining bu ishlaridan xursand bolgan ota: - Bolalarim, mana endi konglim qaygu-alamlardan ozod boldi, sizlardan roziman, shu kichkina qozichogim sizlarni gaflat uyqusidan uygotdi, - deb nevarasini tizzasiga otqazdi va yuz-kozlaridan opib, duo qildi. (250 soz). AQLLI VA TADBIRSIZ ODAM Aqlli odamlar hamisha hushyor boladilar, hodisalar jilovini oz qollarida saqlab, xavfli girdobga tushmasdan sohilga yetib oladilar. Tadbirsiz odamlarga kelsak, ular ikkilanadigan, jasoratsiz, tez-tez fikrlaridan qaytadigan boladilar, biror hodisa roy berganida ular ozlarini yoqotib qoyadilar. Oz baxtlarini saqlab qolish qobiliyatidan mahrum bolganliklaridan oh-voh qilib, ozlarini har yoqqa uradilar. Uch baliq hikoyasidagi kun ularning boshiga keladi. Naql qilibdurlarki, yoldan uzoq, otkinchilardan xoli bir yerda kol bor edi, unda uchta baliq yashar edi. Bulardan ikkisi tadbirkor va ehtiyotkor, biri esa xom va tajribasiz edi. Kunlardan birida tasodifan ikki ovchi ko‘l yonidan o‘tib qoldi, ko‘zlari uchta baliqqa tushdi. Ular ertaga kelib, uchchala baliqni tutishga va’dalashib jonab ketdilar. Baliqlar ularning so‘zini eshitgan edilar. Ularning biri tadbirli bo‘lib, zolim zamonaning zulmi va g‘addor falakning vafosizligini ko‘rgan, suv kelar tarafdan chiqib, boshqa ko‘lga borib oldi. Kop otmay baliqchilar kelib, suvning kirar va chiqar tomonini mahkam berkitdilar. Birinchi baliqqa nisbatan tajribasizroq, lekin aql va farosatdan mahrum bo‘lmagan ikkinchi baliq vaziyatni ko‘rib shunday dedi: - Fursatni qoldan berdim. Endi tadbir va hiylani ishga solish payti keldi. Tipirchilab u yoq-bu yoqqa qochgan bilan foyda yo‘q. Umidsizlikka tushmay, najot yo‘lini axtarmoq kerak. Shunday deb baliq suv yuziga qalqib chiqdi va o‘zini o‘lganga solib yotdi. Bir baliqchi uni olib, o‘lgan gumon qildi va suv chiqib ketadigan ariq bo‘yiga tashladi. Baliq sudrala-sudrala oqar suvga tushib oldi, hiyla ishlatib, o‘z jonini qutqardi. Xom va tadbirsiz baliq esa o‘zini yo‘qotib, u yoqdan bu yoqqa qochib yurar, goho suv ostiga sho‘ng‘ir, goho yuzaga chiqar edi. U oxir - oqibat baliqchilar toriga ilindi. Download 173.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling