Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti
(174 soz). HUNARLI KISHI XOR BOLMAS
Download 173,5 Kb.
|
Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini os
- Bu sahifa navigatsiya:
- (176 soz) AJDODLARIMIZDAN IBRAT OLAMIZ
(174 soz).
HUNARLI KISHI XOR BOLMAS Bir podshohning yolgiz arzanda ogli bor ekan. Vaziri podshohga ogli yaxshi inson bolishi uchun unga hunar orgatish lozimligini aytibdi. Podshoh mamlakatdagi eng yaxshi hunarmandlarni saroyga taklif etibdi. Ular yosh shahzodaga gilam toqishni, kulolchilikni, novvoylikni, oshpazlikni va boshqa kop hunarlarni orgatishibdi. U hunarli bolib voyaga yetibdi. Shahzoda ov qilishga ham qiziqar ekan. Bir kuni u ov qilib yurib, kiyik ketidan quvibdi va ormonda adashib qolibdi. Ormon yaqinida qaroqchilar yashar ekan. Ular shahzodani tutib olib, oz maskanlariga qamab qoyishibdi. Podshoh, ogli ovdan qaytmagach, rosa tashvishlanibdi va vaziridan sorabdi. Vazir esa: Olampanoh, biroz vaqt otsin, song bozorga odamlarni yuboring, oglingiz haqida biror xabar bolib qolar, - debdi. Podshoh navkarlari bozorni aylanib yurishsa, katta gilam sotilayotgan ekan. Ular podshohga bu haqda darrov xabar berishibdi. Gilam juda qimmatbaho va gozal ekan. Podshoh ularga gilamni sotib olib kelishni aytibdi. Gilamga diqqat bilan qarashsa, uni shahzoda toqigan ekan. Unda shahzodani qanday topish mumkinligi yozilgan ekan. Navkarlar shahzodani tezda topib keltirishibdi. Podshoh vaziriga rahmat aytibdi. Chunki ogli xavf-xatardan hunari bor bolgani uchun qutulgan edi. Shunga aytadilar-da: Yigit kishiga yetmish hunar oz, deb. (176 soz) AJDODLARIMIZDAN IBRAT OLAMIZ Ulug shoir A.Navoiyning Pahlavon Muhammad degan shogirdi, ham dosti bor ekan Shoir uni juda yaxshi korar, shogirdi bolsa ham, qadrdon, sirdosh dost deb bilar ekan. Kunlardan bir kuni Pahlavon Muhammad kichik bir gunoh qilib qoyib, shu tufayli Sulton Husaynning qattiq gazabiga uchrabdi. Voqea bunday bolibdi: Sulton Husayn gazab otiga minib turgan bir paytda Pahlavon Muhammadning gunoh ish qilib qoyganini yetkazishibdi. Husayn Boyqaro: Pahlavonning soqol-moylovini qirib tashlanglar, song kaltadum libos kiydirib, kochama-kocha sazoyi qilinglar,-deb buyruq beribdi. Pahlavonning bunday jazoga giriftor bolganini Navoiyga aytishibdi. Navoiy agar bu jazo amalga oshirilsa, Pahlavon Muhammadning izzat-nafsi kamsitilib, u bunga chiday olmasligini anglab, uni bu sharmandalikdan qutqarish harakatiga tushibdi. Tezlikda Husayn Boyqaro huzuriga yetib borib: Sultonim malumingizkim, men va Pahlavon Muhammad yoshligimizdan bir xil kiyinamiz, birga soqol-moylov qoyib, dost-birodar bolib yuramiz. U boshqa kiyinib, men boshqa kiyib yursam, ortadagi ahd buzilib, gapimiz tuzsiz, ozimiz subutsiz bolib qolamiz. Buyursangiz mening soqol-moylovlarimni qirsinlar, menga ham xuddi Pahlavon Muhammadga berilgandek kalta libos kiygizib, dostim bilan birga sazoyi qilsinlar, - debdi. Navoiyning shogirdi hamda dostiga bolgan sadoqatini, mehr- oqibatini korgan Husayn Boyqaro gazabidan tushib qolganini ozi ham bilmay qolibdi-da: -Pahlavonning gunohidan otdim, jazo qoldirilsin, -deb farmon beribdi. Download 173,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling