Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti
(173 soz). MILLIY QADRIYATLARIMIZ
Download 173.5 Kb.
|
Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini os
- Bu sahifa navigatsiya:
- (174 soz). TIL QUDRATI
(173 soz).
MILLIY QADRIYATLARIMIZ Milliy qadriyatlar millat va xalqning ozi bilan birga asrlar, ming yilliklar mobaynida shakllanib, takomillashib boradi. Shuning uchun ularda xalqning orzu- intilishlari, ruhiyati va tafakkuri, hayot falsafasi, turmush tarzi toliq mujassam boladi. Masalan, Navroz bayramini olaylik. Navroz bayrami xalqimiz otroq hayotni boshlagan qadim davrlardan buyon yashab kelmoqda. Chunki, bu bayram, avvalo yerga, suvga, quyoshga, tabiatga, butun mavjudotga mehr uygotadi, olam bilan uygunlikda yashashga davat etadi, dunyoning gozalligidan bahramand bolishga chaqiradi. Biz bugungi kunda ham bu bayramda sumalak qaynatish, uloq chopish, kurash tushish, yer haydash, urug sochish, xonadonimiz, mahallamizni tozalash, tabiat bagriga sayr qilish kabi marosimlarini ado etar ekanmiz, qalbimizda olis ajdodlarimizdan meros bolgan qadimiy tuygular uygonadi: ona tabiatga yanada yaqinroq bolishga, uni sevib ardoqlashga, eng muhimi, ota-onalarimiz, yaqinlarimizga, shu tariqa barcha insonlarga mehr-oqibatli bolishga harakat qilamiz. Xalq taqdirida shunday qadriyatlar boladiki, ular millatning ozi bilan birga shakllanadi va uning asosiy belgilaridan biriga aylanadi. Tilhar bir millatning ana shunday bebaho qadriyatidir. Ozbek tili ham millatimiz bilan ming yillar davomida birgalikda shakllanib borgan. Xalqimizning boshiga tarixda qanday ogir sinovlar tushgan bolsa, tilimiz ham bundan mustasno emas. (174 soz). TIL QUDRATI Qadim-qadimlarda oqil va odil bir odamning suluv qizi bolgan ekan. Shu qizga ikki farishtaning ishqi tushibdi. Qiz ulardan qaysi biriga turmushga chiqishni bilmay qolibdi. Oxiri qiz ularga shunday debdi: Men yurt farzandi boladigan ogilga ona bolishni istayman. Uni qanday tarbiyalashga qodirliklaringni bilishim kerak. Ana shunga qarab sizlarga qarorimni aytaman. Shunda birinchi farishta: Bu ish faqat mening qolimdan keladi. Men unga ilm orgatadigan riyoziyotdan, falakiyotdan, saboq beraman. Siyosat bilan shugullanadi. Ajnabiy tillarni egallaydi. Olamga dong taratadi, - debdi. Navbat ikkinchi farishtaga kelibdi. U bolsa: Avloddan meros qoladigan asosiy boyliktil. Ona tili bor ekan, Vatan bor. Men oglimni tilga xiyonat qilmaslikka orgataman. Qoshiq, ertak, dostonlar aytib beraman. Mana shu ona tilimiz uchun jonini ham ayamaslikka orgataman. Bu gaplardan birinchi olim-farishta qahqaha urib kulibdi. Raqibini aqlsizlikda ayblabdi. Ortadagi tortishuv janjalga aylanibdi. - Janjallashmanglar, yurtda ulug donishmand bor. Oshaning huzuriga boramiz. Hammasi osha yerda hal qilinadi. Uning hukmi men uchun qonun boladi,- debdi qiz. Shundan song hammalari donishmand huzuriga borishibdi. U nizo qozgagan barcha gap-sozlarni tinglabdi. Oxiri ikkinchi farishtaga qarab: Qiz sevadimi, yoqmi, bilmayman. Lekin otalik sharafiga sen loyiqsan , -debdi. Download 173.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling