Axborot va uning turlari
"Axborot" (rus tilida-информация) atamasi ma’lumot, tushuntirish, bayon qilish ma’nolarini anglatuvchi lotin tilidagi "informatio" so’zidan olingan.
Informatika - atamasi, fransuz tilidagi information - axborot va automatioquye – avtomatika so’zlaridan kelib chiqqan.
Axborot - bu, yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar noaniqligi, to’liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda og’zaki, yozma yoki boshqa usullar orqali ifodalash mumkin bo’lgan atrof - muhit to’g’risidagi ma’umotlardir.
“Axborot” deganda biz, radio va televideniyeda tarqatiladigan xabarlar, gazeta va kitoblar mazmuni, ma’lumotlar bazasi, kutubxona, ilmiy jurnallardan olinadigan bilimlar va insonlar bilan muloqatda olinadigan xabarlarni nazarda tutamiz.
Axborotlar qog’ozlarda, kitoblarda, ma’lumotlar bazasida, qoya toshlardagi yozuvlar va su’ratlarda, magnitli optik axborot tashuvchilarda saqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |