Navoiy viloyati


Download 109.93 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi109.93 Kb.
#1020522
1   2   3
Bog'liq
Navoiy viloyati

Navoiy viloyati - Oʻzbekiston Respublikasining eng yosh viloyati hisoblanadi. U dastlab, 1982-yil 20-aprelda Qizilqum sahrosining maʼlum bir qismini oʻzlashtirish va u yerdagi tabiat boyliklardan unumli foydalanish maqsadida tashkil etilgan edi.
[[Andoza:]]

Geografik joylashuvi[tahrir]


Navoiy viloyati Oʻzbekiston Respublikasi hududining oʻrta qismida joylashgan boʻlib, Qizilqumsahrosining kattagina qismini egallaydi. Uning maydoni 110,8 ming km² ga teng, bu jihatdan u eng katta viloyat hisoblanadi. Navoiy viloyati gʻarbda Qoraqalpogʻiston, shimolda Qozogʻiston, sharqdaJizzax, janubda Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari bilan chegaralanadi.
Aholisi[tahrir]
Navoiy viloyati aholisi 818,9 ming kishiga yaqinlashmoqda. Shundan koʻrinib turibdiki, bu koʻrsatkich boʻyicha, Navoiy viloyati respublikada 11-oʻrinni egallaydi, aholining zichligiga koʻra esa, viloyatlar orasida oxirgi oʻrinda, har bir km2 maydonga atigi yetti kishi toʻgʻri keladi, xolos.
Tumanlar va Shaharlar[tahrir]
Navoiy viloyati hududi yetti qishloq tumanlariga boʻlingan. Bular quydagilar: Karmana, Konimex,Navbahor, Nurota, Tomdi, Uchquduq, Xatirchi, Qiziltepa. Viloyatda oltita shahar mavjud: Navoiy,Uchquduq, Qiziltepa, Nurota, Zarafshon va Yangirobod. Uning maʼmuriy markazi Navoiy shahridir.
Iqtisodiyoti[tahrir]
Navoiy viloyati ahamiyatli tabiiy resurslarga, shu jumladan, tabiiy gaz, neft, rangli metall va qurlishi uchun xom-ashyo materiallariga boy hisoblanadi. Viloyat iqtisodiyotining asosiy tarkibi yirik konchilik, metallurgiya va kimyoviy majmualardan iborat. Navoiy viloyatida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) dunyoda eng sof oltin ishlab chiqaruvchilardan biridir. Viloyatda, shuningdek, sement zavodi, kimyo majmui va bir qator yirik sanoat zavodlari faoliyat koʻrsatmoqda.
Qishloq xoʻjaligining asosiy mahsulotlari bu paxta va qorakoʻl qoʻy mahsulotlaridir. Agar kerakli sugʻorish manbalari topilib yoʻlga qoʻyilsa, unda viloyat hududidagi yerlarning 90%ida unumdorlik salohiyati mavjud boʻladi.

Navoiy viloyati


Navoiy viloyati



Maydoni 111 ming km.kv. Aholisi 888,4 ming kishidan ortiq (2013-yil 1-yanvar holati).Navoiy viloyatida 8 ta tuman, 6 ta shahar va 38 ta shaharcha mavjud.
Navoiy viloyati mamlakatimizning eng kenja viloyati. U Buxoro va Samarqand viloyatlari hududidan tashkil topdi. Navoiy viloyati mamlakatimiz viloyatlari ichida maydonining kattaligi bo’yicha birinchi o’rinda tursada, aholisining soni bo’yicha oxirgi o’rinlardan birida turadi. Viloyatning o’simlik (yaylov) boyligi qorako’lchilikda katta ahamiyatga ega.
Aholisi hudud bo`ylab notekis joylashgan. Uchquduq tumanida aholi nihoyatda siyrak. Sanoatning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi shahar aholisining tez ko’payishiga olib kelmoqda. Viloyatda yangi shahar va shaharchalar qad ko’tarmoqda.
Qishloq xo`jaligining asosiy tarmoqlari: donchilik, paxtachilik, qorako`lchilik, qo`ychilik.
Sanoatning asosiy tarmoqlari: elektroenergetika, rangli metallurgiya, kimyo, qurilish materiallari, yengil sanoat.
Cho’l chorvachiligi sohasida bu viloyat mamlakatda yetakchidir. Qizilqum cho’lida qorako’lchilikka ixtisoslashtirilgan yirik xo’jaliklar tashkil etilgan. Bu sohada Tomdi tumani alohida ajralib turadi, tumanda 10 ta qorako’lchilik xo’jaligi bor. Yaylovlarni suv bilan ta’minlash, ularning mahsuldorligini oshirish uchun fitomeliorativ ishlar olib borilmoqda.
Sanoatning rivojlanishi suv boyliklariga bog`liq. Taraqqiy etayotgan sanoat tarmoqlari, jumladan, kimyo sanoati va boshqalar suvni ko`p talab qiladi. Viloyat kimyo sanoati tabiiy gaz va boshqa mineral xomashyoga tayanib, tez rivojlanmoqda. Kimyo sanoatining markazi Navoiy shahridagi kimyo kombinatidir.
Mamlakatimizda tayyorlanayotgan sement mahsulotining asosiy qismi Navoiy sement zavodida ishlab chiqarilmoqda. Zavod yaqin vaqtlargacha shlak, metall qipig’i, klinker singari sement xomashyolarini sobiq Ittifoq respublikalaridan katta-katta xarajatlar hisobiga keltirardi. Xomashyoning qimmatligi sement ishlab chiqarishni ko’paytirish va sifatini oshirishga to’sqinlik qilardi. Geologlarning izlanishlari natijasida Malikcho’l sarhadlarida, shundoqqina zavodning yonida tuf koni topildi. Tuf eng a’lo shlakdan ham, noyob aralashma-klinkerdan ham qolishmaydigan sement xomashyosidir. Kon zaxirasi katta bo’lib, yiliga 2-3 mln tonna tuf qazib olinganda ham 45-50 yilga yetishi aniqlandi.
Viloyat elektr energiya ishlab chiqarish miqdoriga ko’ra mamlakatda oldingi o’rinlardan birini egallaydi. Elektr energiyaning asosiy qismini Navoiy GRESi beradi. Mamlakatimizda ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etish jadal amalga oshirilmoqda. Ularni amlga oshirishda kerakli imtiyozlarga ega bo`lgan maxsus industrial zonalar tashkil etilmoqda. Jumladan, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilgandan buyon uning hududida 19 ta investitsiya loyihasi bo`yicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak texnologiyalar asosida televizorlar uchun taglik-moslamalar, elektr energiyani electron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, IESlar uchun isitish qozonlari, mobil va statsionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.
Ijtimoiy sohalar. Viloyatda ikki oliy ta’lim muassasasi — Navoiy Davlat Pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik instituti faoliyat ko’rsatib, ularda 6 mingga yaqin talaba tahsil oladi. 380 ga yaqin umumta’lim maktablarining 120 tasi Qizilqumning dashtli hududlarida joylashgan. Viloyat hududida ko’pgina tarixiy maskanlar mavjud. Ular sirasiga qadimgi Karmana manzilgohi, Rabot Malik, Nurotadagi Toshmasjid tarixiy yodgorliklari, Chilustun, Ko’kgumbaz, Qosimshayx maqbaralarini kiritish mumkin.
Shaharlari. Navoiy tez yuksalayotgan yosh sanoat shahri (aholisi 134 ming kishi)dir. U viloyatning ma’muriy markazi. Zarafshon daryosining yaqinligi, yirik qishloq xo’jalik hududi markazida joylashganligi, transport bilan yaxshi ta’minlanganligi shaharning tez o’sish omili bo’ldi. Shahar 60-yillarda yagona bosh reja asosida issiq iqlim va milliy an’analarni hisobga olib qurildi. Shahar ko’kalamzorlashtirilgan.
Navoiyda mamlakatdagi yirik IES, elektr-kimyo kombinati, sement zavodi, kon-metallurgiya kombinati bor. Shahar sanoat va transport tuguni, muhim madaniyat markazidir.
Zarafshon shahri Muruntov kon qazib olish sanoati bazasida 1972-yilda barpo etildi. Shaharda rangli metallurgiya, shuningdek, yengil, oziq-ovqat sanoat tarmoqlari yo`lga qo`yilgan.

Admin 13-03-2016


N. Zarafshon vodiysidagi tez oʻsayotgan, yosh industrial shahar, buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy nomiga qoʻyilgan. Zarafshon daryosining yaqinligi, yirik qishloq xoʻjaligi hududning markazida joylashganligi, transport bilan yaxshi taʼminlanganligi shaharning tez oʻsish omili boʻldi. Navoiy Oʻrta Osiyoda yirik elektr energiya va kimyo sanoati markazi hisoblanadi. Navoiyda 21 yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat korxonalari yalpi mahsulotining koʻp qismi Navoiyda ishlab chiqariladi. Shahar sanoat tarmoqlarida elektr quvvati, mineral oʻgʻitlar, ip hamda ipak gazlamalar ishlab chiqariladi. "Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasi, Elektr-kimyo zavodi, Navoiy Kon-metallurgiya kombinati (NKMK), Un kombinati, Non konbinatlari, Navoiy Issiqlik elektr stansiyasi (Navoiy GRES), "Qizilqumsement" korxonasi, Paxta tozalash zavodi, Mashinasozlik zavodi, (NMZ) sut, pak qurti zavodlari, "Sintepon" korxonasi, oziq-ovqat va mahalliy sanoat muassasalari bor. Shaharda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan 18 dan ortiq qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Shulardan "Agama", "Zerispark" korxonalari samarali ishlamoqda. Shahar orqali Uchquduq, Buxoro, Nukus shaharlariga boruvchi temir yoʻl oʻtgan. Navoiyda 20 ga yaqin yoʻnalishda avtomobil transporti qatnaydi. Navoiy Xalqaro aeroporti shaharni Toshkent orqali Respublika viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishda xizmat qiladi. Shaharning shimoliy qismi bilan birlashib ketgan Karmanada Mir Sayyid Bahrom maqbarasi (11-asr), Qosim Shayx xonaqosi (16-asr) va boshqa meʼmoriy yodgorliklar mavjud.


Navoiy shahridagi Yoshlik ko‘li


Navoiy yirik ilm-maʼnaviyat va maʼrifat markazlaridan. Bu yerda 2 oliy oʻquv yurti (Navoiy Davlat pedagogika instituti, Navoiy Davlat konchilik instituti), 3 akademik litsey, 18 umumiy taʼlim maktabi, 1 muzey (Navoiy viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, 3 madaniyat saroyi (Farhod madaniyat saroyi, Shirin madaniyat saroyi, Navro‘z madaniyat saroyi), madaniyat va istirohat bogʻlari, kutubxonalar, 3 stadion (So‘g‘diyona markaziy stadioni, Kimyogar markaziy stadioni, Yoshlar sport majmuasi markaziy stadioni), 3 suzish havzasi (Delfin, Suv sporti saroyi, Akvapark), kasalxonalar, poliklinikalar, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish markazi, tibbiy dispanserlar faoliyat koʻrsatadi. 1958—60 yillarda shahar yagona bosh plan asosida issiq iqlim, milliy anʼanalarni hisobga olgan holda qurilgan. Meʼmor va quruvchilardan bir guruhi davlat mukofotlariga sazovor boʻlishgan. Shahar koʻkalamzorlashtirilgan, favvora va suzish havzalari koʻp. Alisher Navoiy tavalludining 560-yilligi munosabati bilan Navoiyda Alisher Navoiy istirohat bog‘i ochilib, u yerda Alisher Navoiy haykali oʻrnatildi (2001).[2]

Bu maqola Navoiy shahri haqida. "Navoiy" soʻzining boshqa maʼnolari uchun ushbu sahifaga qarang.

Navoiy shahrining markaziy ko‘chalaridan biri, Xalqlar do‘stligi va Amir Temur ko‘chalari tutashgan chorraha.
Navoiy shahri Navoiy viloyatining maʼmuriy markazi hisoblanadi. Shahar 40°5’4 shimoliy uzunlikda va 65°22’45 sharqiy kenglikda joylashgan. Shahar aholisi 125.5 ming kishini tashkil qiladi. (2005-yil 1-yanvar maʼlumoti boʻyicha)

Tarixi[tahrir]


Navoiy shahri ulugʻ oʻzbek mutafakkiri va shoiri Alisher Navoiy sharafiga atab shunday nomlangan. Shaharning hozirgi hududi oldin cho‘l bo‘lgan. Shimolda qadimiy Karmana shahri joylashgan boʻlib, o‘tmishda Buxoro amirligining bekligi hisoblangan. Janubda Temir yo‘l stansiyasi va bir qishloq bo‘lgan, hozirda bu joy Navoiy shahrining Vokzaloldi hududi deb ataladi. 1958-yilning sentabr oyida Navoiy shahri sanoatlashgan shahar sifatida tashkil topdi. Shu vaqtdan Navoiy viloyati tashkil topganga qadar Navoiy shahri Buxoro oblasti tarkibida boʻlib keldi.

Iqtisodiyoti[tahrir]


Navoiy shahri Oʻzbekistonning eng sanoatlashgan shaharlaridan biridir. Shaharda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiyazot AJ, Qizilqumsement AJ va boshqa sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritadi.

Havolalar[tahrir]

Ma`ruzada mustaqillik yillarida Navoiy viloyatida barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilgani, yangi bino va inshootlar, ijtimoiy ob`yektlar, uy-joylar barpo etilgani ta`kidlandi.
"Navoiy viloyati haqida gap ketganda, avvalo, uning mehnatkash xalqi, yer osti va yer usti boyliklari, ulkan salohiyati ko'z oldimizda namoyon bo'ladi. Mamlakatimizning yirik sanoat hududi hisoblangan ushbu viloyatda konchilik, metallurgiya, kimyo, energetika, qurilish materiallari, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati izchil rivojlanmoqda.
Joriy yilning to'qqiz oyida yalpi hududiy mahsulot qariyb 7 milliard 440 million so'mni tashkil etib, o'sish sur`ati 5,9 foizga oshdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 4,2 foiz, iste`mol tovarlari 14,8 foiz, qishloq xo'jaligi 6,7 foiz, qurilish ishlari 11,6 foiz, chakana savdo aylanmasi 15 foiz, jami ko'rsatilgan xizmatlar 15,5 foizga o'sishi ta`minlandi.
Viloyatda hududiy korxonalar tomonidan jami 43 million dollarlik mahsulot va xizmatlar eksporti amalga oshirildi. Mahalliylashtirish dasturi asosida 17 korxonada 57 loyiha bo'yicha tayyor mahsulot hamda materiallar, butlovchi qism va detallar ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo'lib, 9 oyda 47 milliard 600 million so'mlik mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Hozirgi kunda viloyatda 17 yirik sanoat korxonasi faoliyat ko'rsatmoqda. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement”, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatlari va “Elektrkimyozavodi” qo'shma korxonasi shular jumlasidandir. “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida 18 korxona faoliyati samarali yo'lga qo'yilgan bo'lib, ular tomonidan 100 dan ortiq turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda", dedi prezident.
Sessiyada bandlik masalasiga alohida e`tibor qaratildi. Bunda aholi, avvalambor, yoshlarni ish bilan ta`minlash, zamonaviy ish o'rinlari yaratish davlatimiz, butun jamiyatimizning diqqat markazida turishi lozimligi qayd etildi.
Keyingi 5 yilda viloyat yalpi hududiy mahsuloti 130,3 foizga oshgan. Sanoat korxonalari soni 1049tadan 1475taga yetgan. Ilgari viloyatdagi sanoat korxonalari tomonidan 122 turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lsa, bugungi kunga kelib ularning turi 300dan oshgan.

Prezident ayni paytda viloyatda jiddiy e`tibor qaratish lozim bo'lgan bir qator dolzarb masalalar mavjud ekanligi ham qayd etib o'tdi. Xususan, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish uchun mavjud bo'lgan juda katta imkoniyatlar ishga solinmayapti.


Sessiyada tashkiliy masala ko'rildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Oliy Majlis Senatining Byudjyet va iqtisodiy islohotlar qo'mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Qobul Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib saylandi.
Download 109.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling