Navoiy viloyati
Download 109.93 Kb.
|
Navoiy viloyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuman nomi Tuman markazi
[tahrir]
Transporti. Transport yoʻlilarninguzunligi — 390,7 km, avtomobil yoʻllarniki— 4,1 ming km (shu jumladan, qattiq qoplamalisi — 3,3 ming km). Toshkent— Buxoro — Turkmanobod, ToshkentUchquduq — Nukus yoʻnalishlaridagi temir yoʻl liniyalari viloyat hududidan oʻtadi. Navoiy, Zarafshon, Uchquduq shaharlarida zamonaviy aeroportlar bor. Havo yoʻllari Navoiy shahrini Toshkent orkali respublika viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan bogʻlaydi. Madaniy-maorif, sogʻliqni saqlash va sport. 2002/2003 oʻquv yilida viloyatda 376 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 201,3 ming oʻquvchi, 5 gimnaziyada 6,4 mingga yaqin oʻquvchi, 2 akademik litseyda 1040 oʻquvchi, 11 musiqa va 19 sport maktabida 16795 oʻquvchi taʼlim oldi. Navoiy viloyatida 2 oliy oʻquv yurti (Navoiy davlat ped. instituta, Navoiy davlat konchilik in-ti) bor. Bu oliy oʻquv yurtlarida 7,7 ming talaba taʼlim oladi (2003). Viloyat shahar va tumanlarida 1998—2003 yillarda 18 kollej va akademik litseylar binolari ishga tushirildi. Ular zamonaviy oʻquv qurollari va texnika bilan jihozlandi. Viloyatda 23 kasb-hunar kollejida 16,03 ming talaba oʻqiydi. Navoiy oʻlkashunoslik muzeyi, uning Qosim Shayx majmuasi filiali va viloyatdagi 7 ta boʻlimi, 253 jamoat kutubxonasi (1893 ming nusxa asar), 105 dan ziyod klub, 7 madaniyat saroyi, 429 badiiy xavaskorlik jamoalari bor. Navoiy viloyatida Yosh tomoshabinlar teatri faoliyat koʻrsatadi. Viloyatda 5 madaniyat va istirohat bogʻi, koʻplab favvorali koʻkalamzor xiyobonlar mavjud. Zarafshon va Navoiy shaharlarida mehnatkashlarning xordiq chiqarishi uchun sunʼiy koʻllar barpo qilingan. Bir qancha tumanlarda bogʻlar yaratilgan. Xalq hunarmandchiligi ham rivojlangan. Sogʻliqni saqlash. Navoiy viloyatida 3223 oʻrinli (10 ming kishiga 45,3 oʻrin), 40 kasalxona muassasasi, 1567 vrach, 7,013 ming oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlab turibdi. 85 ayollar konsultatsiyasi, 93 qishloq vrachlik punkta, 116 feldsher-akusherlik punkti, 16 qishloq uchastka kasalxonasi bor. 18 poliklinika, 3 ambulatoriyada ixtisoslashtirilgan davolash markazlari tashkil etilgan. Viloyatda 4 profilaktoriy faoliyat koʻrsatadi. Sport. Navoiy viloyati sportchilari sportning koʻplab turlari boʻyicha nufuzli musobaqalarda ishtirok etmoqdalar (kurash, voleybol, futbol, tennis, boks va boshqalar). Viloyatdan sportning suzish, nafis gimnastika, ogʻir atletika, armestling , pauerlifting turlari boʻyicha mamlakat va Osiyo chempionlari yetishib chiqqan. Markaziy stadion, tumanlarda 13 stadion, 14 suzish havzasi, sport majmui, 190 sport zallari, 1287 sport maydonchalari, 18 tennis korti mavjud. Navoiy viloyatida 19 bolalar va oʻsmirlar maktabida 15 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oladi, sport seksiyalariga 68 mingga yaqin yoshlar jalb etilgan (2003). Adabiyoti. Navoiy zaminida qad.dan mashhur allomalar, shoir va faylasuflar, adib va muxaddislar, moqir xattot va tarjimonlar yashab oʻtgan. Karminiy taxallusi bilan ijod qilgan bir necha oʻnlab ijodkorlarning nomlari maʼlum. Shulardan Abu Abdulloh Muhammad ibn Zavʼ al Karminiy, Abu Hamid Ahmad ibn Lays al Karminiy (996 yilv.e.), Al Muntasir ibn Muhammad al Karminiy va boshqa Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Zavʼ al-Karminiy Qurʼonga tafsir bitishi bilan birga arab, fors sheʼriyati nazariyasini ishlab chiqqan, ilk marta arab, fors, turk maqollarini qiyosiy oʻrgangan. Najmiddin Abulvafo al-Boʻzjandiy (9asr), Zabeho as-Samarqandiy (16-asr) Karmanada tugʻilib boshqa shaharlarda ijod etganlar. Shuningdek, shoirlar Shayx Pahlavon Muhammad Gʻolib (18-asr), Mavlono Dilkash Tanburiy (19—20-asr boshlari), Shayx Koʻriy Muhammad Hasan (1823 — 1921) va boshqa shu yurt farzandlaridir. 20-asrda Navoiy viloyatidan chiqqan ijodkorlar Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlari adabiy muhitida shakllandilar. Karmanalik shoir Saʼdulla Mahmudovning ilk kitobi 1939 yilda nashr etilgan. Shundan keyin Dushan Fayziy, Toshpoʻlat Hamid, Yodgor Baxshi, Raybulla Salomov, keyinchalik Oydin Hojiyeva, Sulaymon Rahmon, Gʻaffor Hotamov, Hosiyat Bobomurodova, Odil Hotamov, Amir Poʻlkan oʻgʻli, Ashurali Joʻrayev, Marusa Hosilova, Nazira Yoʻldoshevalar adabiyot maydoniga kirib kelishdi. Faylasuf olim Naim Gʻoyibov Ahmad Donish merosidan "Navodir al-vaqoyeʼ"dan lavhalar tarjima qildi. 1990-yillar boshlaridan Aziz Saidov, Halima Ahmedova, Faxriddin Nizomov, Vafo Fayzullayev, Barno Eshpoʻlatov, Bektemir Pirnafasov, Surayyo Zoirova, Farhod Arziyev singari yosh shoirlar faol ijod qilmoqdalar. Ayni paytda qozoq va tojik tilida yozayotgan ijodkorlar safiga rus tilida asarlar yaratayotgan yosh adiblar ham qoʻshildi. Ibodulla Jahongirov ozarbayjon yozuvchisi Anorning "Oq koʻrfaz" qissasini tarjima qildi. Navoiy viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda. Matbuoti, radio va te-levideniyesi. Navoiy viloyatida 2 gaz. ("Doʻstlik bayrogʻi", "Znamya drujbi"), 9 tuman gaz., 1 shahar gaz. chiqadi. Viloyatda, shuningdek, 22 tarmoq va tijorat gaz., 2 jurnal nashr etiladi. Navoiy viloyatida dastlabki radio-eshittirishlar 1982 yilda boshlangan. 1982 yildan viloyatda telestudiya tashkil etilib telekoʻrsatuvlar berila boshladi. Viloyatda shuningdek, "Qizilqum" (2002 yildan) nodavlat telekanali koʻrsatuvlar olib boradi. Meʼmoriy yodgorliklar. N.vda kad. davr, ilk va oʻrta asrlarda qurilgan 10 dan ziyod meʼmoriy yodgorliklar bor. Shulardan qad. Karmanadagi Mirsaid Bahrom maqbarasi (11-asr), Qosim Shayx meʼmoriy majmuasi (16-asr), Katta Gumbaz masjidi (17—18-asrlar), Qiziltepa tumani Vangʻozi qishlogʻidagi Toshmachit (16— 19-asrlar), Nurota tumanidagi Abdullaxon bandi (16-asr), Buxoro — Navoiy yoʻlidagi Raboti Malik karvonsaroy va sardobasi (11-asr) mashhur. Viloyatda 30 ga yaqin arxeologiya yodgorliklari mavjud. Ayniqsa, Navbahor tumani Uchtut qishlogʻidagi shaxta (neolit davri), Nurota tumani hududidagi Qoratogʻda oʻyib yozilgan qoyatosh yozuvlari (miloddan avvalgi 3-asr) va boshqa tarixchilar diqqatidadir. Qahramon Rajabov, Zulxumor Abdiyeva, Barno Eshpoʻlatov[1] Bu maqola Navoiy viloyati haqidadir. "Navoiy" soʻzining boshqa maʼnolari uchun ushbu sahifagaqarang. Download 109.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling