Boshlang`ich ta`limning mazmuni
Zamonaviy boshlang`ich ta`lim uchun istiqbolli, ustuvor yo`nalishlardan biri, bu shaxsning umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosida rivojlantirishdan iboratdir, yani, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo`naltirilgan ta`lim jarayonidir.
Bugungi kunda o`zida ta`lim tarbiya elementlarini mujassamlashtirgan boshlang`ich ta`lim jarayonini tashkil etish dolzarb vazifalardan biridir. Kichik maktab yoshidagi bolalarni o`qitish va ularda milliy hamda umuminsoniy tarbiya elementlarini singdirish yo`li amaliy jihatdan tadbiq qilinishi lozim. Bu o`rinda, milliy axloq tarbiyasi, ma`naviy-ruhiy hamda milliy nafosat va jismoniy tarbiya boshlang`ich ta`lim bosqichida ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim. Bunda o`quv materiali shaklida berilgan ta`limiy matnlarda o`quvchilarda turli shakllarda axloqiy-ma`naviy tarbiya va milliy nafosat me`yorlarini, diniy hamda umuminsoniy qadriyatlarni singdirish nazarda tutiladi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisining metodik matematik tayyorgarligi
Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta'limi tizimida bo'layotgan o'zgarishlar „Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda hamda „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ko'rsatib o'tilganidek, har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi oldiga muhim vazifalar qo'ymoqda.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematika o'qitish metodikasi bo'yicha umumiy psixologik-pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog'lanishda tayyorlanishini tushunamiz.
Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang'ich sinflar o'qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo'lib, unga ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatdan ajralgan holda qarash mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish birinchi bosqichdir, ya'ni bolalarni navbatdagi maktab matematika kursini o'zlashtirishga tayyorlash bosqichidir yoki matematikadan tayyorligidir. Matematikadan boshlang'ich ta'limning bu ikki jihati (boshlang'ich ta'limning tarkibiy qismi va matematik tayyorgarligi) o'qitish metodikasida o'zining munosib aksini topishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |