12.7.2.4 Past bosimli azot kompressorini to'xtatish. tartib raqami C611003AB.
To'xtatishdan oldin, avval yuklanishni kamaytiring. Bu qurilmada barqaror ish haroratini saqlash uchun tavsiya etilgan usul.
“Kompressorni o'chirish” tugmasini bosing.
To'xtatilgandan so'ng, moylash tizimi aylanayotgan moy yordamida ichki issiqlik uzatilishi uchun ishlashni davom ettirishi kerak.
Sovutish suvi qurilma to‘xtatilgandan so‘ng 20÷30 minut davomida berilishi kerak.
12.7.2.5 O'rtacha bosimli azot kompressorini to‘xtarish.
tartib raqami C611004AB.
1) Birinchi bosqich liniyasidagi klapanni oching, kompressorni bo'sh ishlash holatga keltiring.
2) Elektr dvigatelini to'xtating (elektrchi tomonidan amalga oshiriladi).
3) Yordamchi moy nasosi qurilmani 10 daqiqa davomida moylashni amalga oshirishi uchun ishga tushiriladi.
4) 5÷10 aylanish amalga oshiriladi, barcha harakatlanuvchi qismlar oson va erkin harakatlanishi kerak.
5) Moylash jarayoni tugagandan so'ng, yordamchi moy nasosini, moylash moslamasini va boshqa elektr jihozlarini ishlashini to'xtating.
6) Kirish va chiqish kollektorlaridagi klapanlarni yoping.
7) Asosiy sovutish suvi quvurlarining kirish / chiqish yoping.
8) Atmosfera klapanini oching va qurilmaning bosimichi chiqarib yuboring.
9) Idishning drenaj klapanini oching, kondensat suyuqligi to‘qib tashlangandan so‘ng klapanni yoping.
10) Kompressorning uzoq vaqt ishlaganidan so‘ng yoki harorati past bo‘tganida, gaz, suv, moylarning to‘liq chiqib ketishi uchun drenaj klapanlarini oching. Quvurlar va uzatmalardan yig‘ilib qolgan suyuqlik va kondensatlarni to‘kib tashlang.
12.7.2.6 Bosimli turbodetanderni to'xtatish. Tartib raqami 611006AB
1) Havoni ajratish qurilmalari operatori turbodetanderning so‘ruvchi klapanlarini bosqichma-bosqich yopadi, buning natijasida uning aylanish tezligi pasayadi.
2) Asosiy kompressorning mashinisti turbodetanderni PLC panelidan boshqarish orqali uni o'chirishda ishtirok etadi. Mashinist bosim barqarorligini ta'minlash va havo sovutish minorasida suv sathining barqarorligini ta'minlash uchun chiqish klapanini biroz ochadi yoki so‘ruvchi klapanini yopadi.
3) Turbina tezligi 6000 rpm /min dan pastga tushganda va so‘ruvchi klapanining ochilish darajasi 15% dan kam bo'lsa, 611HV05003/611HV05004 tez o'chirish klapanini to'liq yoping va tegishliligi bo‘yicha qo'l yordamida yopiladigan klapanlarni to'liq yoping.
Do'stlaringiz bilan baham: |