|
Ishlab chiqarishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklar
|
Ishlab chiqarish nosozliklarining sodir bo‘lish sabablari
|
Xodimlarning harakatlari
va bartaraf etish choralari
|
|
1
|
2
|
3
|
|
10.1. C611001 bo‘lgan homashyo sifatida ishlatiluvchi havo kompressori
|
10.1.1
|
Moy bosimining sekin tushishi
|
1. Moy sovutgichidan chiquvchi moyning harorati yuqori
|
1. Sovituvchi suvning uzatilishini ko‘paytirish.
|
2. Moy filtri ifloslangan (filtrning o‘zgarish indikatoridan ko‘rinadi)
|
2. Moy filtrining o‘qini yechib olish, toza o‘qni o‘rnatish va filtr bosimining tushishini tekshirish.
|
3. Manometr nosoz holatda
|
3. Manometrni tekshirish, ta’mirlash yoki yangisini o‘rnatish.
|
4. Kompleks boshqaruvining himoyalovchi klapanining ishdan chiqishi.
|
4. Klapanni yechish va tekshirish.
|
5. Asosiy nasosning uzatishi yetarli emas.
|
5. Moy baki sathini tekshirish. Asosiy moy nasosini qayta ko‘zdan kechirish.
|
6. Podshipnik ishdan chiqgan
|
Ishdan chiqgan podshipniklarni yechib olib yangilariga almashtirish.
|
10.1.2
|
Moy baki satxining tushishi.
|
1. Tizimda moyning oqib ketishi.
|
1. Barcha moy quvurlarini tekshirib, moy oqib chiquvchi qismni ta’mirlash.
|
2. Moyli sovutgichning ishdan chiqishi.
|
2. Moyli sovutgichidan chiquvchi suvda moy mavjudligini aniqlash. Moyli sovutgichini o‘chirib, germetikligini tekshirish (opressovka).
|
10.1.3
|
Bosqichga kirishda haroratning ko‘tarilganligi
|
1. Bosqichlar oralig‘idagi sovutish yetarlicha emas.
|
1. Suvning uzatilishini ko‘paytirish. Klapanlarning to‘liq ochiq bo‘lsa kirishdagi suvning haroratini tekshirish. Agar harorat normal rejimda bo‘lsa sovutgichni tekshirish.
|
2. Termometrning nosozligi.
|
2. Termometrni tekshirish va zarur bo‘lsa almashtirish.
|
10.1.4
|
Suv sarfining oshishi.
|
1. Sovituvchi suvning yuqori harorati.
|
1. Smena boshlig‘i orqali sovituvchi suv haroratini tushirilib berilishini talab qilish.
|
2. Sovituvchidan suvning sizib chiqishi.
|
2. Sovituvchini yechib olib, germetikligini tekshirish (opressovka).
|
3. Sovituvchining ifloslanishi.
|
3. Sovituvchini o‘chirib gaz va suv muhitli qismlarini tozlalash.
|
10.1.5
|
Kiruvchi moy sarfining kamayishi.
|
Kirishdagi filtr, impeller yoki spiral ifloslangan.
|
Kichik tishli o`qini yechish. Spiral va empellerni tozalash, kichik tishli o`qining og`irlik nuqtasini tekshirish va qayta yig‘ish.
|
10.1.6
|
Kompressorning chiqish qismida bosim pastligi.
|
1. Ortiqcha sarf
|
1. Kompressor sarf chegarasiga yetgan. Foydalanish qismi yopilishi kerak.
|
2. Chiqish qismida sarf kamaytirilgan.
|
2. «Kirish qismida maksimal sarfni kamaytirish» ko‘rilsin
|
3.Chiqish qismida yo‘naltiruvchi parraklarning tartibsiz boshqarilishi
|
3. «Kirish qismida yo‘naltiruvchi qurilmani sozlash» ko‘rilsin
|
4. Chiqish qismida bosim nazorati tizimsi nosoz holda.
|
4. Datchik va nazoratchini tekshirib ko‘rish. Ikkilamchi tizimdan uzilish ehtimoli bor.
|
10.1.7
|
Kompressor siqilish harorati ko‘tarilib ketayapti
|
1. Chiqish qismida bosimning oshishi
|
Kirish qismida so‘ngi bosqich havosi haroratini tushirish. Kirish qismida parraklarni yo‘naltiruvchi qurilmaning ochilishini kamaytirish (лопастей). Uzatilishda bosim boshqaruvchisini tekshirish.
|
2. Impeller ifloslangan
|
2. Kichik shesternyaning valini yechib olish. Spiral va impellerni tozalash, kichik shesternya valining balansini tekshirish va qayta yig‘ish.
|
10.1.8
|
Tebranish va shovqinning balandligi
|
1. Mashina nostabil ishlamoqda
|
1. Tebranishini aniqlash, zarur holda uzatmali tekshirish.
|
2. Noto‘g‘ri markazlash
|
2. Kompressorni qayta qismlarga ajratib, markazlashni amalga oshirish.
|
3. Impeller ifloslangan
|
3. Kichik shesternyaning valini yechib olish. Spiral va impellerni tozalash, kichik shesternya valining balansini tekshirish va qayta yig‘ish.
|
4. Podshipnik ishdan chiqgan.
|
4. Podshipnikni yechib olish va yangisiga almashtirish.
|
|
|
5. Tishlarini sinishi.
|
5. Imkon qadar singan tishlarini ta’mirlatish.
|
10.1.9
|
Kirish qismida yo‘naltiruvchi qurilmaning og‘ish burchagi noto‘g‘ri sozlangan.
|
1. Kirish qismida boshqaruvchi qurilma mexanizmini bo‘shab ketishi.
|
1. Kirish qismidagi parraklarni yo‘naltiruvchi qurilmani ochish va tekshirish.
|
10.1.10
|
Kompressorning kuchkanishi
|
1. Havo manbasining bosh klapanining noto‘g‘ri yopilishi.
|
Bosh klapan elektrodvigatelning uchishidan so‘ng yopiladi. Agar buning iloji bo‘lmasa, boshqaruv tizimi kuchlanishining chegaralovchi koeffitsiyentini ko‘paytirish kerak.
|
2. Boshqaruv tizimidagi hatolik.
|
10.1.11
|
Kompressorni teskari aylanishi.
|
Orqaga yo‘naltiruvchi klapan ishdan chiqgan.
|
Ishchi muhit turbodetanderdagi asosiy klapanni yopish.
Orqaga yo‘naltiruvchi klapanni yechib olish va kozdan kechirish.
|
|
|