12. HALOL RAQOBAT
12.1. Jamiyat o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarda
qabul qilingan raqobatchilar bilan kelishuvni taqiqlovchi, raqobatni cheklovchi,
ustuvor yoki monopol holatdan foydalanuvchi monopoliyaga qarshi qonunchilikka
rioya qilgan holda erkin va halol raqobat prinsipiga amal qiladi.
Xodimlar uchun prinsip va qoidalar quyidagilarni ifodalaydi:
- o ’z xizmat majburiyatlari va vakolatlarini bajarishda vijdonan raqobat va
monopoliyaga qarshi qonunchilik qoidalariga amal qilish;
- qonunchilik talablari bilan belgilangan doirada raqobatchilar bilan o’zaro aloqa
qilish, xususan, jamiyatning raqobatdoshliligini belgilaydigan va unga ta’sir qiladigan,
raqobatchilar ham xuddi shunday holatga erishishlari uchun ularga Jamiyatning narxlar,
savdo hajmi, tenderlar, daromad, marjalar, xarajatlar miqdori, o’tkazish kanallari va
boshqa omillar kabi maxfiy ma’lumotni oshkor qilish;
-raqobatchilar bilan raqobatni yoki yetkazib beruvchilar bilan munosabatni
cheklash, tenderga soxta takliflarni berish yoki buyurtmachilar, bozorlar, hududlar va
mahsulot toifalarini taqsimlash haqidagi kelishuvlar tuzishni taqiqlash;
-Jamiyat xaridorlari tomonidan tovarlar qayta sotib olinayotganda ularning
narxlanishiga ta’sir qiluvchi har qanday harakatlarni, shuningdek Jamiyat tomonidan
yetkazib berilayotgan tovarlaming import yoki eksportini cheklashga urinishlarni
taqiqlash;
-raqobatchilar to’g'risidagi maxfiy ma’lumotni sanoat josusligi, poraxo’rlik,
o’g’irlik va hokazo yo’llar bilan olishni taqiqlash;
-raqobatchi, uning mahsulotlari yoki xizmatlari haqida bila turib noto’g’ri
ma’lumot tarqatishni taqiqlash;
- o’z xatti-harakatlariga nisbatan shubha tug’ilsa, bevosita rahbarga yoki Yuridik
byuroga aniqlik kiritishni so’rab murojaat qilish.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |