Navoiyshunoslik” 2-Variant


Download 32.46 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi32.46 Kb.
#1519344
Bog'liq
Navoiyshunoslik 2-variant


Navoiyshunoslik” 2-Variant
1. Odamiy ersang, demagil odami,
Oniki yo'q xalq g'amidin g'ami.
Ushbu misralar qaysi dostonda keltirilgan?
A) Saddi Iskandariy
B) Farhod va Shirin
C) Hayrat ul-abror
D) Layli va Majnun
2. "Hayrat ul-abror" dostonida "Nay to'g'ri bo'lgani uchun kimlar uni yaxshi ko'rishadi" deydi?
A) cholg'uvchilar
B) podsholar
C) oddiy xalq
D) so'fiylar
3. Uchinchi iqlim yo'lidan kelgan musofir aytgan hikoyatdagi Sa'd yashil kiyinganlar shohining qiziga erishish uchun qanday to'siqlardan o'tishi kerak edi?
A)Qatron devni yengishi, kuchli olim savollariga javob berishi, sehrli qo'rg'ondan o'tishi
B) Ajdarhoni yenggishi, Qatron dev bilan jang qilishi, sehrli tilsimdan o'tishi
C) Qatron devni yengishi, Ajdarho bilan jang qilishi, kuchli olim savollariga javob berishi
D) Kuchli olim savollariga javob berishi, sehrli tilsim , Ajdarho bilan jang qilishi
4. Shoh Bahrom payshanba kuni qaysi hikoyatni tinglaydi?
A) Sa'd haqida
B) Jo'na va Mas'ud haqida
C) Muqbil va Mudbir haqida
D) Farrux va Axiy haqida
5. Hafta kunlari va qasr ranglaridan o'zaro mosini tanlang.
1.Dushanba 2.Shanba 3.Yakshanba 4.Juma 5.Seshanba
a) qizil, gulgun ; b) oq ; c) qora ; d) yashil ; f) sariq
A) 1-d, 2-c, 3-f, 4-b, 5-a
B) 1-f, 2-b, 3-a, 4-c, 5-d
C) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b, 5-f
D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-f, 5-d
6. Mamlakatlar va badiiy qahramonlarni yashash joyiga ko'ra moslang.
1. Adan 2.Yaman 3. Behisht saro 4.Sarandib (Hindiston)
a) Farrux b)Navdar c) No'mon d) Jobir
A) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a
B) 1-a, 2-b, 3- d, 4-c
C) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b
D) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d
7. Sandal osoyishi ravon angla,
Atri oning hayoti jon angla.
Sandal isinda tek turub bo'lmasa,
Mushkni kimsa yoshurub bo'lmas.
Ushbu jumlalar qaysi hikoyatda keltirilgan?
A) Sa'd haqidagi
B)Muqbil va Mudbir haqidagi
C) Farrux va Axiy haqidagi
D) Jo'na va Mas'ud haqidagi
8. «Saddi Iskandariy» dostoni qanday boshlanadi?
A) Iskandarning ta’rifi bilan
B) Faylaqusning Iskandarni topib olishi bilan
C) Naqumohisning tarbiyaga e’tibor qilishi bilan
D) Suqrotning ta’rifi bilan
9.«Saddi Iskandariy» dostonida otasi vafot etgach, qaysi obraz taxtdan voz kechmoqchi bo‘ladi?
A) Chin xoqoni
B) Faylaqus
C) Mallu
D) Iskandar
10. " Uning ishi doim Qur'on ko'chirish bo'lib, hech kim u singari ko'chirolmaydi. U Xudoning so'zlariga ziynat bergani uchun uni hurmat qilish bizga vojibdur". Gap kim haqida ketyapti?
A) Ayyub
B) Moniy
C) Aflotun
D) Yoqut
11. Farhodning kelajagini kim bashorat qilib ketgandi?
A) Jomosb
B) Aflotun
C) Faylaqus hakim
D) Suhaylo
12. Farhod Sulaymon uzugini qayerdan topadi?
A) sandiqdan
B) xurjundan
C) yerdan
D) qandil
13. "Layli va Majnun" dostonida Layli nimaga o'xshatilgan?
A) quyosh
B) yulduz
C) oy
D) gul
14. O'z o'g'lining nomini otasining nomiga moslab qo'ygan qahramon kim?
A) "Layli va Majnun" dagi Majnunning otasi
B) " Farhod va Shirin" dagi Farhodning otasi
C) "Saddi Iskandariy" dagi Iskandarning otasi
D) "Sab'ai sayyor"dagi Suhaylning otasi
15. "Hayrat ul-abror" ning o'ninchi maqolotida nima haqida "egrilikni odat qilgani uchun hamma yoqni yoritsa-da, yerning ostiga kiradi" deyiladi?
A) ildiz
B) sham
C) yashin
D) quyosh nurlari
16.Dushanba kuni Shoh Bahrom qaysi hikoyatni tinglaydi?
A) Dilorom haqidagi hikoyat
B) Zayd Zahhob haqidagi hikoyat
C) Farrux va Axiy haqidagi hikoyat
D) Sa'd haqidagi hikoyat
17. Sen agar zohir etting itlikni,
Men sanga ko'rguzay yigitlikni.
Ushbu jumlalar qaysi dostondan olingan ?
A) Sab'ayi sayyor
B) Layli va Majnun
C) Farhod va Shirin
D) Hayrat ul-abror
18. Shoh Bahrom Chorshanba kuni qaysi hikoyatni tinglaydi?
A) Mehr va Suhayl
B) Muqbil va Mudbir
C) Sa'd haqida
D) Farrux va Axiy
19.Sa'd bormoqchi bo'lgan jonivotlar surati bilan to'la butxona qayerda joylashgan edi ?
A) Shahrisabz
B) Kash
C) Rum
D) A va B
20. «Saddi Iskandariy» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon tilidan aytilgan?
«Bu dunyo bilan xayrlashsam, mening o‘rnimga o‘tirsang-da, mening nomus-orim, shon-shuhratim yellarga uchmasa, degan umidda seni topgan edim».
A) Naqumohis
B) Faylaqus
C) Mallu
D) Iskandar
21. "Frhod va Shirin" dostonida ajdahoning panjasi nimaga o'xshatilgan?
A) bolg'aga
B) xanjarga
C) olmos o'roqqa
D) temirga
22. " Xamsa"dagi xat tashuvchilik qilgan obrazlarni yoping?
A) Shopur, Mallu
B) Zayd, Shopur
C) Zayd, Buzrug Ummid
D) Ibn Salom, Mallu
23. Farhod kimga qotilini topib, qasos olishni vasiyat qiladi?
A) Bahrom
B) Shopur
C) Otasi
D) Mulkoro
24. Qays qaysi qabiladan edi?
A) Bani Asad
B) Hay
C) Omir
D) Mashtiy
25. Boniy, Moniy, Qoran asli qayerning mashhur ustalari edi?
A) Armaniston
B) Eron
C) Arabiston
D) Xitoy

26. "Hayrat ul-abror" dostonidagi " Bog'dagi nima har narsaga chirmashib o'sgani uchun egrilik uning yuzini qora qiladi" deyiladi?


A) pechakgul
B) chirmovuq
C) ajriq
D) sunbul
27.«Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar taxtga o‘tirgan davrda jahonning katta qismi kimga qarar edi?
A)Doroga
B) Faylaqusga
C) Malluga
D) Naqumohisga
28.«Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar kimdan Kashmir taxtini tortib oladi?
A) Malludan
B) Roydan
C) Feruzdan
D) Suhayldan
29.«Saddi Iskandariy» dostonida Iskandar Doro elchilari orqali berib yuborgan qaysi narsaga qushlarining ozuqasi sifatida qaraydi?
A) oshiqqa
B) ziraga
C) kunjutga
D) tariqqa
30. «Saddi Iskandariy» dostonida kim Iskandarga alohida xislatga ega bo‘lgan oyna tuhfa qiladi?
A) Chin xoqoni
B) Hind royi
C) Kashmir shohi
D) Xuroson shohi
Download 32.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling