Navoiyshunoslik pdf
Download 209.28 Kb. Pdf ko'rish
|
navoiyshunoslik
1-Mavzu: Navoiy ruboiylari sharhlari “Nazm ul-javohir” (“Gavharlar tizmasi”) asari, asosan, tasavvuf gʻoyalari targʻibiga bagʻishlangan. Unda tasavvufdagi asosiy tushuncha va tamoyillar nihoyatda sodda va tushunarli tilda talqin qilinadi. Masalan, “Roʻa aboka yuroʻuka” (“Otangga rioyat qil – bolangdan qaytadi”) hadisi uchun quyidagi ruboiy keltirilgan: Farzand ato qulligʻin chu odat qilgʻay, Ul odat ila kasbi saodat qilgʻay, Har kimki atogʻa koʻp rioyat qilgʻay, Oʻgʻlidin anga bu ish siroyat qilgʻay. Adib otaga xizmat qilishning sharofatini birinchi ikki misrada koʻrsatib bermoqda. Keyingi misrada esa yana shu fikrga qaytilgandek koʻrinadi, ammo endi natijada ayirma bor. Har kim ekkanini oʻradi, deganlaridek otaga qilingan hurmat va ehtirom, albatta, qaytadi, ammo uni qaytaruvchi odam mutlaqo boshqa boʻladi. Mana shu boshqa odam esa keyingi avlod vakili – otasiga yaxshi munosabatda boʻlgan oʻgʻilning farzandlaridir. Yoki insoniy fazilatlar mavzusida boshqa bir toʻrtlik yaratiladi: El qochsa birovdin, el yomoni bil oni, Ahvolida idbor nishoni bil oni, Feʼl ichra ulus baloyi joni bil oni, Olam elining yamon yamoni bil oni. Demak, koʻpchilik (“el”) bir fikr bildirar ekan, bu tasodifiy boʻlmaydi. Ular bir kishidan oʻzini olib qochsa, oʻsha odam elning yomoni boʻladi. Buning sababi esa oʻsha kishining feʼl-atvoridir (“ahvolida idbor nishoni”). Bunday odamning yomonligi faqat oʻzi uchun emas, balki barcha uchun ham zararlidir. Adib uni “ulus baloyi joni”, yaʼni “elning joniga bitgan balo” sifatida taʼriflamoqda. Tugal xulosa esa oxirgi misrada ifodalangan. Bunday odam oʻzining yoki oʻzi mansub boʻlgan elninggina emas, balki butun “olam elining yomoni”dir. Shoirning “yamon” soʻzini ikki marta qoʻllashi orqali aytmoqchi boʻlgan fikri alohida taʼkidlanyapti. Navoiy lirikasida odam va olam, hayot va uning goʻzalliklari madh etiladi. Adib lirikasida yuksak insonparvarlik, ezgulik gʻoyalari ruboiy orqali ham aks etgan. Navoiyning “Xazoyin ul-maʼoniy” asari, aslida, toʻrtta mustaqil devondan tashkil topgan. Shuning uchun ham u xalq orasida “Chor devon” – “Toʻrt devon” nomi bilan mashhur boʻlgan edi. Navoiy ijodini uzoq yillar davomida jiddiy oʻrgangan taniqli adabiyotshunos Abduqodir Hayitmetov shunday deb yozgan edi: “Mabodo Navoiy boshqa asar yozmasdan faqat “Xazoyin ul-maʼoniy”ni, hatto uning tarkibidagi bitta devon – “Gʻaroyib us-sigʻar” yoki “Navodir ush-shabob”, yoxud “Favoyid ul-kibar”ni yaratganda ham adabiyotimiz tarixida eng ulugʻ shoirlarimizdan biri boʻlib qola berar edi”. Bunga qoʻshimcha qilib aytish mumkinki, agar Navoiy boshqa janrlarda ijod qilmasdan, faqat ruboiylari tufayli ham mana shunday ulkan obroʻ va martabaga ega boʻlaverar edi. “Xazoyin ul-maʼoniy”da Navoiy oʻz zamonasidagi deyarli barcha lirik janrlar namunasini bergan. Ular orasida gʻazal, qasida, ruboiy, tuyuq, qitʼa, muxammas, musamman, tarjiʼband, tarkibband, mustahzod, masnaviy, soqiynoma, muammo, sevgi va sadoqat ulugʻlanadi. Ayni paytda adolatsizlik, jaholat, loqaydlik, eʼtiqodsizlik qoralanadi. Adib sheʼriyatining mavzu qamrovi nihoyatda keng. Ularda falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-taʼlimiy fikr va mulohazalar yuksak badiiylik bilan ifoda etilgan. Navoiy sheʼriyati bilan muloqot kitobxonlarning ichki olami, maʼnaviyatining boyishiga katta hissa qoʻshadi. Navoiyning vatan va vatanparvarlik haqidagi sheʼrlari faqat oʻsha davr kishisining kechinmalari sifatidagina emas, balki bugungi avlod, xususan, yoshlar uchun ham ibrat va namuna maktabi boʻlishi tabiiydir. Gʻurbatda gʻarib shodmon boʻlmas emish, El anga shafiq-u mehribon boʻlmas emish. Oltun qafas ichra gar qizil gul bitsa, Bulbulgʻa tikandek oshiyon boʻlmas emish. Navoiy ruboiylari tuygʻular va fikrlarning yetukligi, tabiiyligi, favqulodda goʻzal va taʼsirchanligi, soʻz maʼnolarining kamalakdek tovlanishi bilan ajralib turadi. Navoiy sheʼriyati bilan muloqot kitobxonlarning ichki olami, maʼnaviyatining boyishiga katta hissa qoʻshadi. Navoiyning vatan va vatanparvarlik haqidagi sheʼrlari faqat oʻsha davr kishisining kechinmalari sifatidagina emas, balki bugungi avlod, xususan, yoshlar uchun ham ibrat va namuna maktabi boʻlishi tabiiydir. Koʻz bila qoshing yaxshi, qabogʻing yaxshi, Yuz bila soʻzing yaxshi, dudogʻing yaxshi, Eng bila menging yaxshi, saqogʻing yaxshi. Bir-bir ne deyin, boshdin ayogʻing yaxshi. Mazkur ruboiy turkiy tilning ichki imkoniyatlarini, har qanday hol va holatning, narsa va predmetning, hodisaning tasvirini ona tilida yaratib bera olish imkoniyatini yaqqol koʻrsatib berishi bilan ham eʼtiborga molik. Unda maʼshuqa portretini chizib koʻrsatish asosiy maqsad sifatida namoyon boʻlgan. Dastlab yuzning yuqori qismidagi uzvlar koʻz, qosh va qaboq qalamga olinadi. Ularning barchasi yor uchun mos va munosib. Bu hukm “yaxshi” soʻzi orqali ravshanlashadi. Bu soʻzning misra oxirida kelishi uning gapdagi vazifasi kesim ekanligini koʻrsatib turibdi. Odatda, gapdagi hukmning asosiy mazmun va mohiyati kesimda oʻz ifodasini topadi. Keyingi qismda yuzning navbatdagi uzvlar: yuz bilan dudoq qoʻyiladi. Ayni paytda roʻyxatga yuz bilan bevosita bogʻlanmagan yana bir jumla (“soʻz”) ham jalb etiladi. Demak, shoir maʼshuqaning faqat tashqi koʻrinishini emas, balki uning maʼnaviy olamini ham nazarda tutadi. Zero, inson maʼnaviyati uning nima deyishida, nimani qanday aytishida ham oʻz aksini topadi. Soʻng yana zohiriy belgilarga oʻtiladi: yuz, yuzdagi xol, iyaklarning mos va mutanosibligi qayd etiladi. Oxirgi bayt ruboiyga yakun yasaydi. Bu yerda yana bir yangi soʻz oʻyiniga duch kelamiz. U “boshdin oyogʻing yaxshi” tarzida shakllantirilgan. Bu yerda ham soʻzlarning oʻz va koʻchma maʼnolari mujassamlashgan. Yaʼni, “boshing ham, oyogʻing ham yaxshi” degan sanoq va boshingdan oyogʻinggacha boʻlgan hamma uzvlaring goʻzal degan mulohaza oʻz ifodasini topgan. “Adabiyot” (Boqijon Toʻxliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. Oʻrta taʼlim muassasalarining 10- sinfi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari uchun darslik-majmua. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent–2017) darsligidan. Ko‘z bila qoshing yaxshi, qabog'ing yaxshi... Ruboiy yor tasviriga bag’ishlangan. Shoir ko’proq tavsif -vasf etish yo’lidan boradi. Tavsif bo’lib hamki, favqulodda tashbeh -o’xshatishlar, kutilmagan sifatlashlar yo’q. Sodda, jo’ngina to’g’ridan to’g’ri e’tirof turibdi. Lekin shoir iste’dodi ana shu jo’ngina so’zlar va bosiq e’tirofni go’zal badiiy hodisaga aylantira olgan. Zohid, sanga — hur-u manga — jonona kerak... Mazkur tasavvuf yo’nalishidagi ruboiyni shoir bahs asosiga quradi. U mutaassiblik, tarkidunyochilik va quruq toatni rad etadi. Ham ilohiy, ham majoziy ishq mazmunini ifodalashga xizmat qiluvchi Jonona», «mayxona», «soqi-yu paymona» so’zlariga alohida urg’u beradi. Buni ta’kidlash uchun bu so’zlarni qofiyaga olib chiqadi. «Kerak» so’zining radif o’rnida kelishi shoir fikrlariga qat’iylik, izchillik bag’ishlaydi. G'urbatda g'arib shodmon bo‘lmas emish... Ushbu ruboiyda erk tuyg’usi va vatanidan uzoq («g’urbat»)da bo’lgan kishi, ya’ni «g’arib»ning holi ifoda etilyapti. Shoir g’urbatdagi g’aribning quvnoq bo’lishi, begona elning unga shafqat va mehribonlik ko’rsatishi mumkin emasligini tasvirlaydi. Bu fikrni ta’sirliroq qilish uchun ruboiyning so’nggi ikki satrida psixologizm asosiga qurilgan go’zal bir qiyos keltiradi. Chunonchi, bulbulga oltindan qafas yasab, ichida qizil gul ko’kartirib qo’yilsa ham, unga tikanlar orasidagi o’z ini o’rnini bosa olmasligi ko’rsatilgan. Bulbul erkinlikdagina o’zini bulbul his qiladi. Oltindan bo’lsa-da, qafas baribir qafas. Demak, g’urbatdagi kishini har qancha ardoqlamasinlar, u shodmon bo’la olmaydi. Ruboiylar - Mualliflar -Alisher NavoiyMuhammad Rizo OgahiyShermuhammad Munis Umar XayyomZahiriddin Muhammad Bobur - Tartiblash -Eng yangi yuklanganTavsiya qilinganEng ko'p o'qilganAlifbo tartibidaEng yuqori baholangan - Saralash -AudioasarlarQo'shiqlar Yo‘q dahrda bir besar-u sorson mendek... Ushbu ruboiy hasbi hol xarakteriga ega. Buyuk shoir o’z fikr-qarashlari bilan zamonasidan ancha ilgarilab ketgan edi. Uni anglaydigan, tushunadigan kishilar nihoyatda oz edi. Uning uchqur xayoli nurli kelajak, inson sha’nini tahqir etuvchi har qanday mute’likdan, ijtimoiy-ma’naviy bandlardan ozod, obod va farovon istiqbol uzra charx urardi. Ammo hayot boshqacha, xalq zabun edi. Bu hol mutafakkir shoirni tizginsiz savollar ustida o’ylashga majbur etardi. 2.Yo rab, ul shahd-u shakar yo labdurur... Tuyuq mazmunini quyidagicha izohlash mumkin: «Yo rabbim, bu asalmi, shakarmi, yo labmi? Yo u sanam asal, shakar yalabdimi? Jonimga tinimsiz (payvasta) o’qlar otmoq uchun g’amza (noz- karashma) o’qini qoshiga (qoshning yoyga o’xshashligiga ishora) joylabdimi?» Tuyuqning butun tarovati «yolabdurur» so’zi ifodalagan turli ma’nolar ichiga yashiringan. Hazrat Mir Alisher Navoiy ijodiy merosida ruboiy va tuyuq janrida yaratilgan she’rlar katta o‘rin tutadi. Turkcha she’riyatgagina xos tuyuq haqida shayx Ahmad Taroziy hijriy 840 yilda (1436—1437) bitgan “Funun ul-balog‘a”(“Yetuklik ilmlari”) asarida shunday yozadi: «Bu turk shoirlarining ixtirosidur…» (Sahifada taqdim etilayotgan Yulduz Usmonova ijrosidagi Navoiy tuyuqlarini bir necha yillar avval taniqli rejisyor Bahodir Yo‘ldoshev iltomosiga binoan men tanlab bergan edim) Tuyuq (turk. “his qilmoq”, “tuymoq”) – to‘rt misradan iborat mustaqil she'r shakli bo‘lib, faqat turkiy xalqlar she'riyatida qo‘llanilgan. Tuyuq asosan ruboiy singari qofiyalanadi, lekin ba'zan ba, da tarzida ham qofiyalanishi mumkin. Ruboiydan farqli o‘laroq tuyuqda qofiyaning o‘rnida asosan tajnis (shakldosh so‘zlar) qo‘llaniladi. Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida mazkur janrning xususiyatlari haqida shunday yozadi: “...Birisi “tuyug‘”durkim, ikki baytqa muqarrardur va sa'y qilurlarkim, tajnis aytilg‘ay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdur, mundoqkim (tuyug‘): Yo rab, ul shahdu shakar yo lab murur? Yo magar shahdu shakar yolabmurur? Foilotun foilotun foilon Jonima payvasta novak otqoli, G‘amza o‘qin qoshig‘a yolabmudur? Foilotun foilotun foilon” Bu o‘rinda Alisher Navoiy tuyuqning uch jihatiga: ikki baytli bo‘lishi, tajnisga asoslanishi va maxsus vaznda – ramali musaddasi maqsur (mahzuf)da yozilishiga diqqat qaratyapti. Bobur “Muxtasar”da tuyuqning nav'lari haqida gapirib, tajnissiz tuyuq ham mavjud bo‘lishini aytadi. Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida jami 13 tuyuq mavjud bo‘lib, 11 tasi aa ba, 2 tasi ba da tarzida qofiyalangan. Barcha tuyuqlar “Badoye’ ul-vasat” devoniga kiritilgan. Turkiy adabiyotdagi dastlabki tuyuq Lutfiy devonida uchraydi, lekin N.Mallaevning yozishicha, turkiy adabiyotda tuyuqning ilk namunalari Burhoniddin Sivosiy tomonidan yaratilgan. Hazrat Alisher Navoiyning “Nazm ul-javohir” asari 1968-yilda Navoiy asarlari XV jildligining XV-jildida nashr etilgan bo‘lib, uni matnshunos Porso Shamsiyev nashrga tayyorlagan. Biroq unda asarning muqaddima qismi va manzuma ruboiylarining g‘oyaviy asosi bo‘lgan Hazrat Ali hikmatlari tushirib qoldirilgan. Buning sababi shundaki, mazkur xayrli ishlar amalga oshirilgan davrda “Nazm ul-javohir” asarining g‘oyaviy asosi Hazrat Alining hikmatli so‘zlariga borib taqalishiga urg‘u berib bo‘lmas edi. M. Rashidova “Alisher Navoiy “Nazm ul-javohir” asarining matniy tadqiqoti” nomli nomzodlik ishida “Nazm ul-javohir” asarining ilmiy-tanqidiy matnini yaratdi. Ma’rifat Rajabova o‘zining ““Nazm ul- javohir” asarining manbalari va badiiyati” deb nomlangan nomzodlik disertatsiyasida asarning g‘oyaviy asosi bo‘lgan Hazrat Ali hikmatlarining bir necha qo‘lyozma nusxalarini tadqiq qildi va uning badiiyatiga qisqacha to‘xtaldi. Ma’lumki, Alisher Navoiy o‘zining deyarli barcha asarlarida so‘z xususida qimmatli fikrlarni bayon etadi. Xususan, shoir “Nazm ul- javohir”da so‘z qudrati, uning ulug‘ligi, martabasining darajalari kabi bir qator masalalar yuzasidan mulohazalar yuritadi. Muallif fikricha, insonni butun maxluqotdan ajratib turguvchi, uni barcha ofarin va maqtovga sazovor qilguvchi bu- nutq va so‘zdir. Ushbu fikirlar “Qur’oni karim”dagi “biz odam bolalarini siyladik” va “insonni go‘zal tuzilish bilan yaratdik” kabi oyati karimalar bilan dalillab bayon qilinadi: “Haq subhonahu va taolokim, insonni soyiri maxluqotdin mumtoz va majmui ofarinishg‘a sarvar va sarafroz qildikim: “Valaqad karamno bani odama” karimasi andin muxbirdurur, “Va laqad xalaqno al- insona fi axsani taqvimi” anga mush’ir. Munga jihat sharafi nutq va maqol erdi va mujibi lutfi kalomi farxunda maol”. Navoiy asarda o‘z fikrlarining ta’sirchanligi va yanada ishonarli bo‘lishini ta’minlash maqsadida so‘zni dur-u gavharlarga o‘xshatadi. Shu o‘rinda aytish mumkinki, so‘zni aynan dur-u javohirga o‘xshatib ta’riflash ko‘proq Navoiy ijodiga xos bo‘lib, biz ushbu fikirlarning to‘g‘riligiga “Hayrat ul- abror” dostonining “So‘z ta’rifida” bobida guvoh bo‘lamiz: Borcha ko‘ngul durji aro javhar ul, Borcha og‘iz huqqasida gavhar ul. Gar xud erur xanjari po‘lod til, Sufti dog‘i injulari so‘zni bil. Ko‘rinadiki, Navoiy bu o‘rinda so‘zga badiiy jihatdan yondashmoqda. Biroq muallif “Nazm ul-javohir” asarida so‘zga falsafiy jihatdan yondashadi va talmih vositasida insonni hayvondan ajratib turguvchi eng asosiy omil so‘z ekanligini ko‘rsatadi: “Har oyina bu javhari jonbaxsh bashar xilqati konidin va bu lului ravonbaxsh inson vujudi ummonidin zohir bo‘lmasa erdi- Iso bila markabi arosida ne tafovud va solih bila noqasi o‘rtasida ne mug‘oyarat bo‘lg‘ay erdi”. Demak, inson so‘z durlari bilan ziynatlanmas ekan, Iso payg‘ambar bilan ulovi orasida va solih payg‘ambar bilan tuyasi o‘rtasida qanday farq qoladi? (Garchi ular payg‘ambar bo‘lsalar ham). Shundan so‘ng Navoiy yuqoridagi fikrlarning poetik ta’sirini oshirish va ularning davomiyligini ta’minlash, qolaversa, umumlashma fikrni bayon etish maqsadida quyidagi ruboiyni keltiradi: So‘zdurki nishon berur o‘lukka jondin, So‘zdurki berur jong‘a xabar jonondin, Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, Bilkim, guhare sharifroq yo‘q ondin. Shu o‘rinda professor Hamidulla Boltaboyevning quyidagi so‘zlarini ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi: “Alisher Navoiy estetikasining dasturiga aylangan “Insonning guhari shariflig‘i”, ya’ni yaralmish zotlar ichida mukarram va ulug‘ligi so‘z bilan (“So‘z ayladiki, insonni judo hayvondin…”) deyilishining asosi shundaki, so‘z bilan ziynatlangan go‘zal va mukammal tarzda yaratilgan inson o‘zining eng go‘zal so‘zini, eng samimiy va tabiiy tuyg‘ularini Yaratganga bag‘ishlaydi, unga hamd-u munojotlar aytadi, Xoliq bilan yuzma-yuz muloqotdagina (Hadisi sharifga ko‘ra “Namoz – mo‘’minning me’roji”) yuzaga chiqarishi tabiiy bir holdir”. “Nazm ul-javohir” asarida so‘zni martabasi jihatidan uch qismga bo‘lib tasniflaydi. Falsafiy jihatdan yondashilgan bu tasnif quyidagilar: 1. A’lo darajadagi so‘zlar; 2. Avsat (o‘rta) darajadagi so‘zlar; 3. Adno (quyi) darajadagi so‘zlar. O‘z navbatida shoir a’lo martabadagi so‘zlarni ham uch guruhga ajratadi va birinchi guruhga Alloh so‘zlarini kiritadi: “A’lo bobida ko‘pdurur va so‘z yo‘q deganning ham so‘zi xo‘bdur. Ul kundin avvalini maliki qadim kalomida va so‘zi ta’rifida o‘z rasulidin xaloyiqqa payg‘omidurkim vahiy kotiblari lavhan vahyosor o‘z qalami mo‘’jiz nigori bilan: “Faatu bisuratin min mislihi” salosi urub durlar va balog‘at bobida yak qalamliq sadosin sipehr munshisidin oshurb durlar”. A’lo darajadagi so‘zlarning ikkinchi guruhiga payg‘ambar so‘zlarini kiritadi. Navoiy uchinchi guruhga Hazrat Ali so‘zlarini kiritar ekan, uni valiylar shakaristonining shirin zabonli to‘tisi deya ta’riflaydi va hikmatlarini karomat dengizining la’llariga o‘xshatib, ana o‘sha lallarni saxovatli va kuchli qo‘llari bilan zamonasi ahli boshiga sochganligini, ya’ni “Nasr ul-laoliy”ni (sochma durlar) bitganini aytadi. Shu o‘rinda aytish kerakki, Navoiy hazrat Ali hikmatlarini ta’riflar ekan, ana shu hikmatlarning zamon ahliga tarqalishida bevosita ishtirok etgan qalamni ham ko‘zdan qochirmaydi. Ya’ni Navoiy hazrat Ali qalamini o‘z qilichidan nishona deydi va uning tezligini dulduliga o‘xshatadi. 3.Ислом- Шарқ адабиётида «арбаъин» анъанаси мавжуд бўлиб, халқ орасида машҳур, энг саҳиҳ ҳадислардан 40 тасини саралаб олиб, унинг мазмунини бир рубоийда талқин қилинган. Абдураҳмон Жомийнинг «Чиҳил ҳадис»ини Алишер Навоий туркийга таржима қилган. Шоирнинг нияти, асар муқаддимасида таъкидланганидек, «форсийдонлар идрок айлаган» қирқ ҳадис моҳиятидан туркийзабонларни ҳам баҳраманд қилиш эди. Бу ҳадисларни шеърга солишда эса барча шоирлар уларнинг осон тушунилишини, ёдда сақланилишини ҳам назарда тутганлар. ҲАДИС (араб. — хабар, гап, янгилик) — Ҳазрати Пайғамбаримиз Муҳаммад (сав) айтган сўзлари, қилган ишлари, иқрорлари тўғрисидаги ривоят. Ислом динида Қуръондан кейин 2-манба ҳисобланади. Ҳадис 2 қисмдан иборат бўлади: матн ва иснод. Ҳадис 2 турга — Ҳадис и қудсий (маъноси Аллоҳ таолоники, айтилиши расулуллоҳ томонидан бўлган ҳадислар) ва Ҳадиси набавийга бўлинади. Ҳадислар эътиборга олиниши жиҳатидан 3 қисмга бўлинади: 1) саҳиҳ (ишончли); 2) ҳасан (яхши); 3) заиф. Қуръонда барча ҳуқуқий ва ахлоқий масалалар умумий тарзда баён этилган. Уларга аниқлик киритиш ва изоҳлаш учун Муҳаммад (сав) ўз ҳадисларини айтардилар. Бу ҳадисларни Ҳазрати Пайғамбаримиз сафдошлари ёдда сақлашга ҳаракат қилардилар. Ҳазрати пайғамбаримиз вафотларидан ҳадисларни нақл қилиш одат тусига кирди. Шу муносабат билан бир гуруҳ мусулмонлар уни ёзма шаклда тўплай бошладилар. Биринчи ҳадислар китобини Ибн Шиҳоб аз- Зуҳрий ёзди. Ундан кейин бирин-кетин ҳадислар тўпламлари тасниф этила бошлади. Лекин бу тўпламлар муайян тартибга солинмаган, бобларга ажратилмаган бўлиб, уларда Расулилоҳ алайҳиссалом ҳадислари билан саҳобалар ва тобеъинларнинг фатволари чалкаштириб юборилган эди. Ҳижрий 3-а.да ҳадисларни таълиф этиш соҳасида «муснад», «саҳиҳ», «сунан» деб аталмиш турли йўналишлар вужудга келди. «Муснад» йўналишида тасниф этилган тўпламларда турли мавзудаги ҳадислар бир жойда келтирилиб, улар ҳадис ривоят қилувчи саҳобаларнинг ислом динини қабул қилган вақтига кўра ёки алифбо тартибида жойлаштирилган. Абу Ҳанифа, Аҳмад ибн Ҳанбалғнинг ҳадис китоблари шу йўналишга мансуб. «Саҳиҳ» йўналишига тўғри, ишонарли ҳадислар киритилган. Бу йўналишга Имом Бухорий асос солган. «Сунан» йўналишидаги тўпламга эса, тўғри, ишонарли ҳадислар билан бир қаторда «заиф» ҳадислар ҳам киритилган. Абу Довуд, Абу Исо ат-Термизий, Насоий, Ибн Можа тўпламлари шу йўналишта мансубдир. Мовароуннаҳрда биринчи бўлиб Имом Абдуллоҳ ибн Муборак ал-Марвазий ҳадис. тўпламини таълиф этган. Бундан ташқари Аҳмад ибн Ҳанбал ал-Марвазий, Исҳоқ ибн Роҳавайҳ ал- Марвазий, Ҳайсам ибн Кулайб аш- Шоший, Абу Бакр Аҳмад ибн Муҳаммад ал-Баракотий, Иброҳим ибн Маъқул ан- Насафий ва бошқалар ҳадис тўпламларини тасниф этишган. Кейинчалик, миллий-сиёсий ихтилофлар натижасида, Расулилоҳ алайҳиссалом номидан ёлғон ҳадислар тўқиш, фиқҳ ва калом илми соҳасидаги зиддиятлар, амир ва ҳокимларга хушомадгўйлик оқибатида кўплаб ишонарсиз, тўқима ҳадислар юзага келган. Давр ўтиши билан ҳадислар танланиб, муҳим деб ҳисобланганлари бир тизимга солина бошлади. 9— 10-аср бошларида диндорлар орасида энг ишончли деб ҳисобланганлари бир тизимга солина бошлади. 9— 10-аср бошларида диндорлар орасида энг ишончли деб танилган ҳадиснинг 6 та тўплами вужудга келган. Булар: «Саҳиҳи Бухорий», «Саҳиҳи Муслим», «Саҳиҳи Термизий», «Сунани Аби Довуд», «Сунани Ибн Можа», «Сунани Насоий». «Саҳиҳи Бухорий» кўпроқ эъзозланади. Бу 6 та ҳадис тўпламини тузган муҳаддислардан 2 таси мовароуннаҳрлик, 4 таси эса хуросонлик бўлган. Ҳадислар тўплами сунна деб ном олган. Ҳадисларни йиғувчи, шарҳловчи, тарғиб этувчи шахслар муҳаддис деб аталган. «Arba'in» – 40talik degani. Unda sahih hadislarning 40tasi jamlanadi. Rasululloh bir hadislarida: «Ummatimdan qaysi birlari hadislarimdan qirqtasini yod olib, boshqalarga yetkazsa, qiyomatda unga shafoatchi bo‘laman, u faqih o‘laroq tiriladi», deganlar. Butun tarixda ulamolar «Arba'in» yozishga shu hadisdan ilhom olishgan. Ular ichida tarjima qilinganlari, nazmiylari ham bor. Abdurahmon Jomiy ham fors tilida «Arba'in» yozdi. Oz fursatdan so‘ng Alisher Navoiy Jomiy tanlagan bu 40 hadisni o‘zbek tiliga tarjima qilib, ularni to‘rtliklar bilan ifodalagan», – dedi Hasanxon Qori. Birinchi arba'in, turli manbalarga ko'ra, hijratning 61 yoki 62-yillarida, 20-safar kuni o'tkazilgan. Husaynning vafoti haqidagi xabar Madinaga yetib borgach, aholi orasida katta notinchlik yuzaga keldi. Keyin Ibn Junoda hamrohligida ko‘r Jobir ibn Abdulloh shahidlar qabrini ziyorat qilish maqsadida Karbaloni ziyorat qildi. Uning tashrifi Payg'ambar alayhissalomning omon qolgan ayollari va Husaynning omon qolgan yagona o'g'li Zayn al-Obidinning kasallikdan azob chekib, jangda qatnasha olmaganiga to'g'ri keldi. Arba'in (arab. ạlạ̉rbʿyn, forscha ạrbʿy̰n) — Umaviylar xalifasi Yazid qo‘shini bilan 72 sahobasi bilan tengsiz jangda halok bo‘lgan Imom Husayn shahidligining qirqinchi kunida o‘tkaziladigan xotira marosimi. Arba'in dunyodagi eng katta tinch odamlar yig'inlaridan biridir. Shunday qilib, 2012-2013 yillarda Arbainga dunyoning turli burchaklaridan 15 millionga yaqin ziyoratchilar tashrif buyurishdi. Алишер Навоийнинг “Назм ул-жавоҳир” (Назму-л-жавоҳир) деб аталган тўртлик шеърлар тўпламининг сарлавҳасини “Шеър дурдоналари” ёки “Шеърий дурдоналар” дейилса бўлади. Бу тўртликлар Ҳазрат Алининг ривояти билан айтилган ва шеърга солинган пайғамбар (с.а.в.) ҳадислари — ҳикматли сўзларига бағишланган. Азиз Қаюмов 1926 йилда Қўқон шаҳрида туғилган. Ўрта Осиё университети Шарқ факультетида таҳсил олган (1944-49). Фанлар академияси Шарқшунослик институтида илмий ходим, Киномотогафия Давлат қўмитаси раиси, Тошкент маданият институти ректори, Ҳамид Сулаймон номидаги Қўлёзмалар институти директори вазифаларида ишлаган. «Махмур ижодиёти» (1954), «Қўқон адабий муҳити» (1961) тадқиқотлари эълон қилинган. Ўн жилдда «Асарлар» тўплами (2008-2011), «Руҳафзо шеърлар ва дилкушо сатрлар» (2011), «Академиклар» (2012) китоблари чоп этилган. Ўзбекистон Республикаси Фан арбоби. Aлишер Навоийнинг “Назму-л-жавоҳир деб аталган тўртлик шеърлар тўпламининг сарлавҳасини “Шеър дурдоналари” ёки “Шеърий дурдоналар” дейилса бўлади. Бу тўртликлар Ҳазрат Алининг ривояти билан айтилган ва шеърга солинган пайғамбар (с.а.в.) ҳадислари — ҳикматли сўзларига бағишланган. Алишер Навоий Ҳазрат Алининг адабий маҳоратига юксак баҳо берган. У ўзининг “Маҳбубу-л-қулуб” (“Кўнгилларнинг севгани”) асарида шеър аҳли тўғрисида сўз юритганда биринчи бўлиб Ҳазрати Алини тилга олган. Навоий бу асарида ёзади: “Бу азиз қавмнинг пешво ва муқтадоси ва бу шариф хайлнинг сардафтари ва сархайли валоят баҳрининг гавҳари ва каромат авжи мунир ахтари Амир ул мўмин Али навараллоҳу важҳаҳу (Аллоҳ унинг юзини нурли қилсин)дурким, назм девонлари мавжуддур ва анда асрор ва нукат нолиъдуд”. Маъноси: Бу азиз қавмнинг (шоирларнинг) пешво ва йўлбошчиси ва бу шариф гуруҳнинг илғори ва бошлиғи, азизлик денгизининг гавҳари ва каромат авжининг ёруғ юлдузи Амир ул мўмин Али дурки, назм девонлари бор ва унда сирлар ва нозик маъноли сўзлар беҳисобдир. Алишер Навоийнинг “Назму-л-жавоҳир” асари Ўзбекистонда чуқур ва ҳар томонлама ўрганилган эмас. “Назму-л-жавоҳир”нинг матни Навоий асарларининг ўн беш томлик тўпламида (1968) ва йигирма томлик мукаммал асарларида (1999) Тошкентда нашр этилган. Маъмура Рашидова “Назму-л-жавоҳир”нинг илмий-танқидий матнини тузиб чиқди ва уни филология фанлари номзоди илмий даражаси учун диссертация сифатида муваффақият билан ёқлади. Alisher Navoiy. Nazm ul-javohir & Aziz Qayumov. She’r durdonalari Muallif Adib: Alisher Navoiy hayoti va ijodi, Islom tarixi, adabiyoti va madaniyati 07.02.2016 1 izoh  Алишер Навоийнинг “Назм ул-жавоҳир” (Назму-л-жавоҳир) деб аталган тўртлик шеърлар тўпламининг сарлавҳасини “Шеър дурдоналари” ёки “Шеърий дурдоналар” дейилса бўлади. Бу тўртликлар Ҳазрат Алининг ривояти билан айтилган ва шеърга солинган пайғамбар (с.а.в.) ҳадислари — ҳикматли сўзларига бағишланган. Азиз Қаюмов ШЕЪР ДУРДОНАЛАРИ  Азиз Қаюмов 1926 йилда Қўқон шаҳрида туғилган. Ўрта Осиё университети Шарқ факультетида таҳсил олган (1944-49). Фанлар академияси Шарқшунослик институтида илмий ходим, Киномотогафия Давлат қўмитаси раиси, Тошкент маданият институти ректори, Ҳамид Сулаймон номидаги Қўлёзмалар институти директори вазифаларида ишлаган. «Махмур ижодиёти» (1954), «Қўқон адабий муҳити» (1961) тадқиқотлари эълон қилинган. Ўн жилдда «Асарлар» тўплами (2008-2011), «Руҳафзо шеърлар ва дилкушо сатрлар» (2011), «Академиклар» (2012) китоблари чоп этилган. Ўзбекистон Республикаси Фан арбоби.  Aлишер Навоийнинг “Назму-л-жавоҳир деб аталган тўртлик шеърлар тўпламининг сарлавҳасини “Шеър дурдоналари” ёки “Шеърий дурдоналар” дейилса бўлади. Бу тўртликлар Ҳазрат Алининг ривояти билан айтилган ва шеърга солинган пайғамбар (с.а.в.) ҳадислари — ҳикматли сўзларига бағишланган. Алишер Навоий Ҳазрат Алининг адабий маҳоратига юксак баҳо берган. У ўзининг “Маҳбубу-л-қулуб” (“Кўнгилларнинг севгани”) асарида шеър аҳли тўғрисида сўз юритганда биринчи бўлиб Ҳазрати Алини тилга олган. Навоий бу асарида ёзади: “Бу азиз қавмнинг пешво ва муқтадоси ва бу шариф хайлнинг сардафтари ва сархайли валоят баҳрининг гавҳари ва каромат авжи мунир ахтари Амир ул мўмин Али навараллоҳу важҳаҳу (Аллоҳ унинг юзини нурли қилсин)дурким, назм девонлари мавжуддур ва анда асрор ва нукат нолиъдуд” (Адишер Навоий, 14-жилд. Б. 24-25). Маъноси: Бу азиз қавмнинг (шоирларнинг) пешво ва йўлбошчиси ва бу шариф гуруҳнинг илғори ва бошлиғи, азизлик денгизининг гавҳари ва каромат авжининг ёруғ юлдузи Амир ул мўмин Али…дурки, назм девонлари бор ва унда сирлар ва нозик маъноли сўзлар беҳисобдир. Алишер Навоийнинг “Назму-л-жавоҳир” асари Ўзбекистонда чуқур ва ҳар томонлама ўрганилган эмас. “Назму-л-жавоҳир”нинг матни Навоий асарларининг ўн беш томлик тўпламида (1968) ва йигирма томлик мукаммал асарларида (1999) Тошкентда нашр этилган. Маъмура Рашидова “Назму-л-жавоҳир”нинг илмий-танқидий матнини тузиб чиқди ва уни филология фанлари номзоди илмий даражаси учун диссертация сифатида муваффақият билан ёқлади (1991). “Назму-л-жавоҳир” ҳақида С.Ғаниева, М.Маҳмудовa, Т.Ғафуржонованинг ёзган мақолалари ҳам диққатга сазовордир. Ҳижрий 1387 йили Теҳронда “Назму-л-жавоҳир” сарлавҳасида Ҳазрати Алининг ҳикматлари ва уларнинг ўзбек, рус, инглиз тилларига таржималари алоҳида рисола сифатида чоп этилди (Тузувчилар Баҳман Акбарий, Суйима Ғаниева). Бу аслида ҳазрати Алининг “Насру-л-лаъолий” (“Лаълилар насри”) асаридир. Биз Навоийнинг “Назму-л-жавоҳир асари бошдан оёқ таълим-тарбияга доир. “Назму-л-жавоҳир”да Навоий элу юрт ҳаёти тажрибасидан келиб чиққан хулоса ва умумлашмалари орқали эзгулик, инсонийлик, адолат ғояларини кенг тарғиб этади. Кишиларни маънавий юксакликка кўтаришга ҳаракат қилади, моддий ва маънавий уйғунлик қандай бўлмоғи кераклиги тўғрисида йўл-йўриқлар кўрсатади. Навоий “Назму-л-жавоҳир” муқаддимасида ёзган: Ёраб, бу жавоҳирларники, манзум этдим, Чекканим анга ҳар нуктаки, маълум этдим, Ҳар нуктага бир тарона марқум этдим, Кўп гавҳар анинг зимнида мактум этдим. Маъноси: Эй худо, бу жавҳарларни шеър билан ёзиб чиқдим, Турли нозик маъноли сўзларни териб уларнинг (мазмунини) маълум қилдим. Ҳар бир шундай сўзга бир оҳанг бердим. Уларнинг орасига кўп гавҳарларни беркитдим. Энди биз “Назму-л-жавоҳир”даги тўртликларни кўрмакка ва уларда беркитилган гавҳарларни очмоққа киришамиз. Ҳазрат Али ривоят қилганлардан биринчиси бундай: “Имону маръий йуърафу би иймониҳи”. Маъноси: Кишининг имони унинг аҳдига вафосида кўринади. Демак, кишидаги имон, яъни ишонч, эътиқод унинг ўз аҳдига вафодорлигида билинади. Шу фикрни Навоий шеър билан бундай баён этган: Имони анингки, куфриға сотир (беркитувчи) эрур Чин нукта демакка ул киши қодир эрур Ҳар кимсаки, имон ишида моҳир эрур Имонини билки, отидин зоҳир эрур. Маъноси: Ул кишики, имони куфрини йўқотар экан, Чин тоза маъноли сўз демакка қодирдир. Имон ишида маҳорат касб этган ҳар бир кимсанинг Имони унинг отидан билиниб туради. Alisher Navoiy. Nazm ul-javohir & Aziz Qayumov. She’r durdonalari Muallif Adib: Alisher Navoiy hayoti va ijodi, Islom tarixi, adabiyoti va madaniyati 07.02.2016 1 izoh  Алишер Навоийнинг “Назм ул-жавоҳир” (Назму-л-жавоҳир) деб аталган тўртлик шеърлар тўпламининг сарлавҳасини “Шеър дурдоналари” ёки “Шеърий дурдоналар” дейилса бўлади. Бу тўртликлар Ҳазрат Алининг ривояти билан айтилган ва шеърга солинган пайғамбар (с.а.в.) ҳадислари — ҳикматли сўзларига бағишланган. Азиз Қаюмов ШЕЪР ДУРДОНАЛАРИ  Азиз Қаюмов 1926 йилда Қўқон шаҳрида туғилган. Ўрта Осиё университети Шарқ факультетида таҳсил олган (1944-49). Фанлар академияси Шарқшунослик институтида илмий ходим, Киномотогафия Давлат қўмитаси раиси, Тошкент маданият институти ректори, Ҳамид Сулаймон номидаги Қўлёзмалар институти директори вазифаларида ишлаган. «Махмур ижодиёти» (1954), «Қўқон адабий муҳити» (1961) тадқиқотлари эълон қилинган. Ўн жилдда «Асарлар» тўплами (2008-2011), «Руҳафзо шеърлар ва дилкушо сатрлар» (2011), «Академиклар» (2012) китоблари чоп этилган. Ўзбекистон Республикаси Фан арбоби.  Aлишер Навоийнинг “Назму-л-жавоҳир деб аталган тўртлик шеърлар тўпламининг сарлавҳасини “Шеър дурдоналари” ёки “Шеърий дурдоналар” дейилса бўлади. Бу тўртликлар Ҳазрат Алининг ривояти билан айтилган ва шеърга солинган пайғамбар (с.а.в.) ҳадислари — ҳикматли сўзларига бағишланган. Алишер Навоий Ҳазрат Алининг адабий маҳоратига юксак баҳо берган. У ўзининг “Маҳбубу-л-қулуб” (“Кўнгилларнинг севгани”) асарида шеър аҳли тўғрисида сўз юритганда биринчи бўлиб Ҳазрати Алини тилга олган. Навоий бу асарида ёзади: “Бу азиз қавмнинг пешво ва муқтадоси ва бу шариф хайлнинг сардафтари ва сархайли валоят баҳрининг гавҳари ва каромат авжи мунир ахтари Амир ул мўмин Али навараллоҳу важҳаҳу (Аллоҳ унинг юзини нурли қилсин)дурким, назм девонлари мавжуддур ва анда асрор ва нукат нолиъдуд” (Адишер Навоий, 14-жилд. Б. 24-25). Маъноси: Бу азиз қавмнинг (шоирларнинг) пешво ва йўлбошчиси ва бу шариф гуруҳнинг илғори ва бошлиғи, азизлик денгизининг гавҳари ва каромат авжининг ёруғ юлдузи Амир ул мўмин Али…дурки, назм девонлари бор ва унда сирлар ва нозик маъноли сўзлар беҳисобдир. Алишер Навоийнинг “Назму-л-жавоҳир” асари Ўзбекистонда чуқур ва ҳар томонлама ўрганилган эмас. “Назму-л-жавоҳир”нинг матни Навоий асарларининг ўн беш томлик тўпламида (1968) ва йигирма томлик мукаммал асарларида (1999) Тошкентда нашр этилган. Маъмура Рашидова “Назму-л-жавоҳир”нинг илмий-танқидий матнини тузиб чиқди ва уни филология фанлари номзоди илмий даражаси учун диссертация сифатида муваффақият билан ёқлади (1991). “Назму-л-жавоҳир” ҳақида С.Ғаниева, М.Маҳмудовa, Т.Ғафуржонованинг ёзган мақолалари ҳам диққатга сазовордир. Ҳижрий 1387 йили Теҳронда “Назму-л-жавоҳир” сарлавҳасида Ҳазрати Алининг ҳикматлари ва уларнинг ўзбек, рус, инглиз тилларига таржималари алоҳида рисола сифатида чоп этилди (Тузувчилар Баҳман Акбарий, Суйима Ғаниева). Бу аслида ҳазрати Алининг “Насру-л-лаъолий” (“Лаълилар насри”) асаридир. Биз Навоийнинг “Назму-л-жавоҳир асари бошдан оёқ таълим-тарбияга доир. “Назму-л- жавоҳир”да Навоий элу юрт ҳаёти тажрибасидан келиб чиққан хулоса ва умумлашмалари орқали эзгулик, инсонийлик, адолат ғояларини кенг тарғиб этади. Кишиларни маънавий юксакликка кўтаришга ҳаракат қилади, моддий ва маънавий уйғунлик қандай бўлмоғи кераклиги тўғрисида йўл-йўриқлар кўрсатади. Навоий “Назму-л-жавоҳир” муқаддимасида ёзган: Ёраб, бу жавоҳирларники, манзум этдим, Чекканим анга ҳар нуктаки, маълум этдим, Ҳар нуктага бир тарона марқум этдим, Кўп гавҳар анинг зимнида мактум этдим. Маъноси: Эй худо, бу жавҳарларни шеър билан ёзиб чиқдим, Турли нозик маъноли сўзларни териб уларнинг (мазмунини) маълум қилдим. Ҳар бир шундай сўзга бир оҳанг бердим. Уларнинг орасига кўп гавҳарларни беркитдим. Энди биз “Назму-л-жавоҳир”даги тўртликларни кўрмакка ва уларда беркитилган гавҳарларни очмоққа киришамиз. Ҳазрат Али ривоят қилганлардан биринчиси бундай: “Имону маръий йуърафу би иймониҳи”. Маъноси: Кишининг имони унинг аҳдига вафосида кўринади. Демак, кишидаги имон, яъни ишонч, эътиқод унинг ўз аҳдига вафодорлигида билинади. Шу фикрни Навоий шеър билан бундай баён этган: Имони анингки, куфриға сотир (беркитувчи) эрур Чин нукта демакка ул киши қодир эрур Ҳар кимсаки, имон ишида моҳир эрур Имонини билки, отидин зоҳир эрур. Маъноси: Ул кишики, имони куфрини йўқотар экан, Чин тоза маъноли сўз демакка қодирдир. Имон ишида маҳорат касб этган ҳар бир кимсанинг Имони унинг отидан билиниб туради. Ушбу тўртликдаги асосий масала нукта ва имондир. Нукта – чин тоза маъноли сўз. Бундай сўзни демакка қодир инсон соф имон эгаси бўлган инсондир. Кўриниб турибдики, Навоий асл нусхадаги маънони анча кенгайтирган. Асл нусхада “аймон” аҳдга вафо қилув тўғрисида боради Маълум бўладики, том маънодаги бойлик борига шукр қилмоқдадир. Шундай қилган одам боридан ортиғига интилмайди, тинч ва шукр қилиб яшайди. Асл бойлик (ғино) ана шудир, деб уқдиради ушбу ҳикмат. “Ад-диб айолака танфаъуҳум” (4). Бу ҳикмат кишининг ўз қарамоғида бўлганларга (оила, болалар, рафиқаси) адаб ўргатишни, уларга фойда етказмоқни ташвиқ этади. Бу фикрни Навоий анча кенгайтирган ҳолда ифодалайди: Топтинг чу аёл, яхшилиқ еткургил, Ўргат адабу яхши қилиқ еткургил, Ҳар неча адаб бўлса қаттиғ еткургил, Хайлингга адаб қилиб осиғ (фойда) еткургил. Асар оила, қарамоғингдаги кишиларга эга бўлсанг уларга яхшилик қилгин. Адаб ўргат, яхши қилиқлардан тарбия бер. Адабни қаттиққўллик билан ўргатгин. Агар ўз оилангни адабли қилиб тарбияласанг, уларга фойда етказган бўласан. Кўриниб турибдики, асл ҳикмат араб тилида буйруқ феъли орқали баён этилган. Шунинг учун Навоий унинг маъносини қатъий ва кескин ифодалар орқали бермоқда. Асл нусхадаги кўзга кўринувчи адаб олтиндан яхши деган фикрни Навоий кенгроқ шарҳ этмоқда. Даставвал шоир кишиларни бой, давлатли бўлган кунида олтин-кумушга ҳирс қўймасликка чақиради. Чунки одамларни оғир машаққатлар тунидан қутқарувчи куч уларнинг адабидир. Шуни унутмаслик керак. Бу ерда кун ва тун ёнма-ён келмоқда. Давлат куни келганда олтин-кумушга ҳирс қўймаслик панди ўша кунга етишганларга қаратилган. Чунки давлат куни келмаган шахс, умуман, олтин-кумушга алоқаси бўлмайди. Меҳнат тунига дуч келганларни эса уларнинг адаби бу оғирликлардан халос этаолади. Ана шундай тушунтиришлардан кейингина шоир якунловчи хулосани эълон қилади. Адабнинг олтиндан устунлигини баралла айтади. Эндиги тўртлик (6) бошқача мавзуда. Унда “дайн” – қарз тўғрисида сўз боради. Ҳикматнинг асл нусхасида “дайн” – бурч маъносида берилган. “Адо уд дайни мин ад дини” (“Бурчни ўташ диндандир”). Лекин Навоийнинг тўртлиги бу кенг тушунчани маълум равишда конкретлаштирган. Чунончи, Навоий бу ерда “дайн” сўзини “қарз” маъносида талқин қилади. Хўб эрмас дайн муддаоси элга Ким, қаттиғ эрур бурч балоси элга. Қайтармоқ эрур анинг давоси элга Ким диндин эрур бурч адоси элга. Маъноси: Элга қарз олиш мақсади яхши эмас. Чунки қарз балоси элга қаттиғ бўлади. Унинг давоси қайтариб бермоқдир. Бурчни бажармоқ диннинг талабидир. Бу тўртликнинг аввалги уч мисрасидаги “дайн” – бу қарз. Уни олмоқни муддао этмоқ эл учун яхши эмас. Чунки бу қарзни узмоқ осон эмас. Қарз элга қаттиғ балодир. Бу балонинг бирдан бир давоси уни қайтармоқ. Ана шу кундалик ҳаётдаги ҳар бир кишига алоқадор фикрлар изҳоридан сўнг Навоий охирги тўртинчи мисрада ҳикматнинг асл нусхасидаги фикрнинг соф таржимасини беради: Ким диндин эрур бурч адоси элга. Демак, Навоий талқинидаги “дайн” – қарз киши учун оғир, уятли, қаттиғ балонинг давосини қилмоқ, уни қайтариб тўламоқ ва бу балодан қутулмоқ кераклиги тўғрисидаги сўзлар юқори мисраларда айтилди. Умуман, мумкин қадар қарз олмаслик кераклиги уқдирилади. Шундан кейинги умумий хулоса бурчга оид бўлиб, унинг диндан эканлиги билан бу хулоса мустаҳкамланади. 5.Alisher Navoiy «Xamsa»siiing yaratilish jarayoni jahon adabiyoti taraqqiyotidagi eng yorqin sahifalardan biridir. Abulqosim Firdavsiy shoh asari «Shohnoma»ni, Nizomiy Ganjaviy «Xamsa»sini 30 yil davomida, I. Gyote «Faust» tragediyasini umr bo‘yi (1773— 1832) yozgan bo‘lsalar, Navoiy o‘z «Xamsa»sining birinchi dostoni «Hayratul-abror»ga 1483 yilda kirishib, oxirgi dostoni — «Saddi Iskandariy»ni 1485 yilda yozib tugalladi va asarning oxirida butun «Xamsa»ni yozishga hammasi bo‘lib umuman ikki yil vaqti ketganini qayd etdi. Ko‘ramizki, Navoiy «Xamsa» dostonlari ustida g‘oyat samarali ishlagan. 1483—1485 yillar Navoiy uchun eng sermahsul yillar bo‘lgan. Bu yillarni Aligeri Dantening «Ilohiy komediya» ustida (1307—1321), Vilyam Shekspirning «Yuliy Sezar» (1559), «Gamlet» (1601), «Otello» (1604), «Qirol Lir» (1605), «Makbet» (1606), «Antonio va Kleopatra» (1607) tragediyasi ustida, A. S. Pushkinning «Yevgeniy Onegin» (1823—1830) she’riy romani ustida ishlagan yillariga qiyoslash mumkin. Bu yillarda mazkur ijodkorlar o‘zlarining shoh asarlarini yozib tugallash bilan qattiq band bo‘lganlar. Shuningdek, Amir Xusrav Dehlaviy (1253—1305) ham o‘z «Xamsa»siga kirgan dostonlarini juda qisqa muddatda — «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layloini 1298, «Matlaul-anvor» va «Oynayi Iskandariy»ni 1299, «Xasht behishtini 1301 yillarda yozib tugallagan. Abdurahmon Jomiy ham «Tuhfatul-ahror», «Sibhatul-abror», «Yusuf va Zulayho», «Laylo va Majnun», «Xiradnomayi Iskandariy» dostonlarini 1481—1485 yillar davomida, ya’ni uzog‘i bilan besh yil davomida yozib bo‘lgan. Binobarin, biron muhim asarni mumkin qadar qisqa muddatda yozib tugallash masalasida Navoiy dastlab shu ikki alloma — Amir Xusrav va Abdurahmon Jomiydan saboq olgan, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Navoiy «Xamsa»sining yaratilishida uning buyuk zamondoshi, ustozi Abdurahmon Jomiy bosh maslahatchi rolini o‘ynagan, asar bitganda birinchi bo‘lib o‘qib chiqqan va unga munaqqid sifatida hammadan avval yuqori baho bergan. Lekin bundan Navoiy «Xamsa»ni yaratish masalasi bilan faqat ikki-uch yil shug‘ullangan va «Xamsa» uning ikki-uch yillik ijodiy faoliyatining mevasi ekan-da, degan xulosaga kelish xato bo‘lur edi. O‘zbek tilida «Xamsa» yaratish uni juda erta — bolaligidan boshlab band etgan. Navoiy «Saddi Iskandariy» dostonining kirish qismida o‘z ulug‘ xamsanavis salaflariga murojaat qilib: Kichik erkanimdan kelib qoshima,Ulug‘ muddao soldingiz boshima, — der ekan, ma’lum bo‘ladiki, unda «Xamsa» yaratish muddaosi kichikligidayoq paydo bo‘lgan. Buning uchun Navoiy bir umr tayyorgarlik ko‘rgan, o‘zidan oldin yaratilgan «Xamsa»larni qayta-qayta o‘qigan, mutolaa qilgan. Navoiyda yigitlik vaqtidayoq, agar u shunday katta ishga qo‘l uradigan bo‘lsa, ba’zi salaflari kabi o‘ttiz yilda emas, balki «o‘ttiz oy»da yozib tugallashga erishish niyati, orzusi («Bitigaymen o‘ttiz yilin o‘ttiz oy») bo‘lgan[1]. Bu uning ijodiy faoliyatining noyob xususiyatlaridan biri deb qaralishi kerak. Chunki boshqa asarlarini ham u mumkin qadar qisqa muddatda yozib tugallashga intilgan va ko‘p hollarda bunga muvaffaq bo‘lgan. Lekin Alisher Navoiy katta she’riy iqtidorga ega bo‘la turib, «Xamsa» yozishga qirq ikki yoshida kirishdi. Shunda ham u o‘zini hali Nizomiy, Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiyga nisbatan «shogirdi bebizoat» (kamxarj shogird) deb hisoblar edi. Chunki uning fikricha, «Xamsa»dek buyuk va murakkab janrda qalam tebratadigan shoir yuksak she’riy iste’doddan tashqari katta hayotiy tajribaga ham ega bo‘lishi kerak edi. Bu albatta, undagi kamtarlik va odamiylik belgisi. Bu vaqtda u hali xalq orasida o‘z asarlari bilan keng tanilgan, tan olingan shoir bo‘lishi bilan birga hayotning ham achchiq-chuchugini, past- balandliklarini yetarli darajada tatib ko‘rgan, xuddi shu fursatda Xuroson mamlakatining bosh vaziri vazifasini bajarar, bu unga butun mamlakat, barcha ijtimoiy tabaqalar ahvoli bilan chuqur va batafsil tanishish imkoniyatini bergan edi. Xususan bu pallada Navoiyning avvalo shoir, qolaversa, katta davlat arbobi, mutafakkir sifatida badiiy asar orqali keng xalq ommasiga aytadigan gapi, dardi, fikr- mulohazalari ko‘nglida qalashib yotar edi. Shuning uchun «Xamsa»ning yaratilishi izohlarida birinchi o‘ringa adabiy faktlarni emas, balki hayotiy tajribani qo‘ysak, ilmiy jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi. «Xamsa»ning yaratilishi jarayoniga diqqat bilan nazar solinsa, asar voqealari Navoiyning kundalik hayotidagi ijtimoiy-siyosiy voqea va hodisalar bilan bog‘liqligi, ularning uzluksiz ravishda shoir kayfiyatiga, ijodiga o‘z ta’sirini turli shakllarda ko‘rsata borishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Navoiy o‘z yaratmoqchi bo‘lgan asarini katta tepalik (qulla)dagi toshdan ishlangan buyuk bir qal’a, ulkan bino («binoiy rafe’») shaklida tasavvur etadi: Qolmadi chun o‘zga manga chorae,Qal’a yasardek topibon xorae.Qulla chu ham oliy edi, ham vase’,Ustiga qo‘ydum bu binoyi rafe’. Bu ulkan «bino» besh qismdan iborat bo‘lishi, ya’ni Nizomiy, Xusrav Dehlaviy xamsalari kabi besh dostondan tashkil topishi kerak edi. Uni ko‘ngildagidek yaratish uchun esa Navoiy tinch va osoyishta ijod qilishi, hech kim unga xalaqit bermasligi lozim edi. Ammo buning imkoni yo‘q edi. So‘nggi temuriy podshohlaridan Sulton Husayn Boyqaro (1438—1506) Xuroson taxtini egallaganiga va Navoiyni Samarqanddan chiqarib unga o‘z saroyidan yuksak o‘rin berganiga o‘n to‘rt yil bo‘lgan, mamlakatda nisbatan tinchlik o‘rnatilgan, xo‘jalik, savdo-sotiq, madaniyat rivoji uchun bir qancha qulayliklar yaratilgan bo‘lsa ham, biroq ijtimoiy-siyosiy hayotda tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmagan, kambag‘allar hali ham qashshoqlarcha yashar, na kosib, na dehqon o‘z tirikchiligidan qoniqmas, bular hammasi jamiyatning pastki qatlamlari orasida uzluksiz turli noroziliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lar edi. Omma yangi taxtga chiqqan Husayn Boyqaro va uning amaldorlaridan adolat, haqiqat talab qilib, shohni ham, bosh vazir — Navoiyni ham bezovta qilishga majbur edilar. Shu vaziyatni Navoiy «Xamsa»ning birinchi dostoni — «Hayratul-abror» so‘ngida tasvirlagan. Navoiy mazkur dostonning biron qismini yozishga chog‘lanib qo‘liga qalam olib, endi besh-o‘n bayt yozganida, kimdir uni chalg‘itgan, maslahat so‘ragan, yordam talab qilgan, xullas, ijodiy ishidan uzgan. U bosh vazir sifatida birinchi navbatda xalq va mamlakat, xususan, podshohlik vazifalari bilan shug‘ullanishga majbur edi. Bunday ishlar shunchalik ko‘p ediki, «Yo‘q edi bosh qoshig‘ali fursatim» deydi shoir. Ayturig‘a chunki qo‘yuldi ko‘ngul,Aytmay o‘n bayt tutuldi ko‘ngul.Kim bor edi boshima ko‘p mehnatim,Yo‘q edi bosh qoshig‘ali fursatim. Tong tun qorong‘iligini pok supurgisi bilan tozalay boshlangandan to charx o‘zining qora choyshabini yopib, yulduzlarni namoyish etishga kirishgunga qadar Navoiyning davlat ishlari bilan, xususan, odamlarni, guruh-guruh shikoyatchilarni qabul qilish bilan band bo‘lganini u o‘zi shunday tasvirlaydi: Menda bu mobayn erur zorliq,Xalq jafosig‘a giriftorliq.Bir dam ulus mehnatidin kom yo‘q.Bir nafas el javridin orom yo‘q.Kelgusi bu xasta g‘amobodig‘a,Ketmagi xud kelmay aning yodig‘a,Bir suruk albatta ko‘rub ketmayin,Toki burun ikki suruk yetmayin. Ushbu satrlardan ma’lum bo‘ldiki, kishilar Navoiyning oldiga oddiy ish bilan emas, balki, qiyin, amalga oshirish mushkul masalalar bo‘yicha kelganlar. Navoiy ularning hal etib bo‘ladigan ishlarini bajarib bergan, bitishi qiyin bo‘lgan ishlar bo‘yicha esa yumshoqlik bilan uzrini bildirgan. Ammo shikoyatchilarning hammasi ham Navoiyning yaxshi gaplariga osonlikcha rozi bo‘lib ketavermagan, janjallashgan, shovqin ko‘targan, uning oldidan ketmay o‘tirib olgan. Shuning uchun Navoiy bu o‘rinda: «Ketmagi xud kelmay aning yodiga» deydi. Bularning hammasi shoirning kayfiyatiga ko‘p vaqt salbiy ta’sir qilgan, asabini buzgan. Buni shoir ifodalaydi: O‘t solibon, xotiri vayronima,Tongdan oqshomg‘a yetib jonima.Ish buyurub uylaki oson emas,Butmagi aql olida imkon emas.Uzr demak barchag‘a qattig‘ kelib,Necha chuchuk so‘z desa, achchig‘ kelib. Demak, «Xamsa»dagi «Hayratul-abror» va boshqa dostonlarning ko‘pgina satrlari real hayotdagi ana shunday ijtimoiy-siyosiy vaziyat va qodisalar ta’sirida yuzaga kelgan. Navoiy garchi o‘z oldiga adabiy jihatdan avvalgi «Xamsa»larga javob yozish vazifasini qo‘ygan bo‘lsa ham, ammo dostonlarning yuzaga kelishi real ijtimoiy-tarixiy muhit bilan bog‘liq. Bu asarning g‘oyaviy yo‘nalishini ham shu muhit, shu davrdagi vaziyat belgilab bergan. Navoiy dostonda shohlarning adolatsizligi, zulmi haqida: Eyki, qaviy ayladi davlat qo‘lung,Zulm sari tushti valekin yo‘lung...Zulming erur kunduzu fisqing kecha!Zulmat ila fisqing necha bo‘lg‘ay, necha! — der ekan, bu mavhum xitob, adressiz chaqiriq, kitobiy gaplar emas edi. Uni o‘zi yashagan, ijod qilgan muhiti shunday fikrga olib kelgandi. Navoiyning tundan oqshomgacha turli ijtimoiy guruhlarga mansub kishilarni qabul qilib, ularning shikoyatlarini tinglashi bu oddiy qabul emas, ulug‘ shoirning o‘z zamonasi bilan faol munosabati, ijodiy aloqasi edi. Shu jarayonda uning mamlakatdagi ijtimoiy tabaqalarga, ularning fe’lu atvoriga qarashi, bahosi ham tobora oydinlashib borgan. Navoiy «Vaqfiya» asarida o‘zining shu davr faoliyati haqida gapirganda «iligimdan kelgancha zulm tig‘in ushotib, mazlum jarohatig‘a intiqom malhamin yo‘qdim. Va iligimdin kelmaganni ul hazrat (Sulton Husayn Boyqaro — A.H.) arzig‘a yetkurdum», — deydi. Bu o‘rinda Navoiyning ijtimoiy zulmga bo‘lgan munosabati o‘zining aniq ifodasini topgan. «Xamsa»ning besh dostoni ham avvalo ana shu g‘oya, ana shu tezisning badiiy ifodasidir. Masalan, Navoiy boshqalarni ezish, talash hisobiga behisob boylik to‘plagan odamlardan, garchi u Qorun bo‘lsa ham, Rustam bo‘lsa ham, xalq norozi ekanini, ular hech qachon kelisha olmaganligini ochiq ta’kidlaydi va «Hayratul-abror»da yozadi: Ilgida qoruncha bo‘lib ganju mol,Topmoq erur xalq rizosin mahol. Navoiy fikricha haqiqat mazlumlar tomonda. Mazlumlar va zolimlar, boylar va kambag‘allar orasidagi ziddiyatlar taftishi bilan har kuni band bo‘lgan shoir «Hayratul-abror» dostonini qog‘ozga tushirar ekan, uning barcha bob (maqolat)lari chuqur ijtimoiy mazmun kasb etishiga erishgan. Bu asardagi barcha salbiy tiplar hayotda bor odamlar edi. Shu bilan birga Navoiy yuksak sur’at bilan yozar, o‘z fikrlarini she’r bilan ifodalashga jadal intilar ekan, unga vaqt yetishmayotgandek, she’rlarining badiiy saviyasi esa u ko‘zlagan darajada emasdek tuyulardi: Rishtai avqot chu qo‘toh edi;Kelmadi ul nav’ki dilxoh edi. Bu Navoiyning o‘ziga, o‘z ijodiga talabchanligi alomati edi. Shoir o‘ziga: ahvol shunday ekan, yozmay qo‘ya qolsang qanday bo‘lar ekan? — degan savolni ham qo‘yadi va bunga o‘zi javob beradi: She’rki ham tushti mening jonima,Ul o‘t bu tosh durur jonima.Ne de olurmen tutubon barkini,Mumkin emas xud tutorim tarkini. Navoiy shoirlik o‘z qismati ekanini, she’r yozish joniga o‘t bo‘lsa ham, tosh bo‘lsa ham, bari bir, u bilan birga bo‘lishini, uni tark etish mumkin emasligini, yozmasa xalqqa aytishi kerak bo‘lgan gaplari qolib ketishi mumkinligini, buni esa u aslo istamasligini uqdirmoqda. Navoiy «Hayratul — abror»ni hajriy 888 yili yoza boshlab, shu yili tugalladi. Asarning bitgan yili haqida shoir: Nuqtai tarixiki, ahsan edi,Sekkizu sekkiz yuzu seksan edi, — deydi. Bu melodiy hisob bilan 1483 yilga to‘g‘ri keladi. Uni Navoiyning shaxsiy kotibi Abduljamil hijriy 889 yilning rabbial-oxir oyida, melodiy hisob bilan 1484 yil aprel oyida oqqa ko‘chirib bo‘lgan. Shoir 1483 yilning o‘zidayoq «Farhod va Shirin» dostonini yozishga kirishgan. Ish shu qadar tez borganki, hijriy 889 yil, melodiy 1484 yilning boshlaridayoq doston yozib bo‘lingan. Bu asarning yozilish tarixi haqida Navoiy doston oxirida quyidagi baytni bitgan: Chu tarixi yilin onglay dedim tuz:Sekkiz yuz seksan erdi dog‘i to‘qquz. Shoir «Layli va Majnun» dostonining yozilish tarixini hech qaerda qayd etmagan. Abduljamil kotib dostonning ko‘chirilgan yilini hijriy 889 yilning zul-qa’da oyi, melodiy 1484 yilning noyabr oyi deb belgilagan. «Saddi Iskandariy» dostonidan shu narsa ma’lumki, to‘rtinchi doston — «Sab’ai sayyor»ni yozishga kirishish vaqtida Navoiy juda charchagan. Shuning uchun u ma’lum muddat yozish ishini to‘xtatib, bir oz dam olmoqchi bo‘lgan va shunday qilgan ham. Lekin bu dam olish uzoqqa cho‘zilmay, besh-o‘n kun davom etgan, xolos. Ulug‘ shoir «Xamsa» g‘oyalari, obrazlari bilan yashar, ular unga tinchlik bermas, uni ishga, yangi ijodiy parvozlarga undar, san’atkorga tom ma’nodagi dam olish bo‘lishi mumkin emas edi. Bir oz hordiq zarurligi haqidagi boshqalarning maslahati ham shoirning qulog‘iga kirmasdan, u yana ishga kirishadi va «Xamsa»ning to‘rtinchi dostonini qog‘ozga tushira boshlaydi. Chunki u biron tasodif yuz berib, boshlagan ulug‘ ishining chala qslishi («yarim yo‘lda qolmoq»)ni aslo istamas, bu maqsadga yetishda har kun, har soatni hisoblar edi: Nasihat mizojig‘a dargir yo‘q.Kuchum yetmasu o‘zg‘a tadbir yo‘q.Yarim yo‘lda qolmoq erur mushkul ish,Manga tushgan ish kimsaga tushmamish. Navoiy o‘z dostonlarini, xususan «Sab’ai sayyor»ni ortiqcha qiynalmasdan yozib tugallaganini bildiradi: Yetishmay ko‘p ul ishta panjamg‘a ranj,Nasib o‘ldi besh ganjdin to‘rt ganj. Shu bilan birga besh mingcha baytdan iborat bu dostonni shoir to‘rt oyda yozib bitkazganini («to‘rt oydin ziyod emas») bildiradi va tarixini quyidagicha beggilaydi: Garchi tarixi erdi sekkiz yuzSeksan o‘tmish edi, yana to‘qquz;Oyi onning «jumodiyus — soni»,«Panjshanba» yozildi unvoni. Bu — melodiy 1484 yilning iyun oyiga to‘g‘ri keladi. Abduljamil kotib ham uni shu yili oqqa ko‘chirgan. Navoiy rejasiga ko‘ra, «Sab’ai sayyor» «Xamsa»ning to‘rtinchi, «Layli va Majnun» esa uchinchi dostonidir. Binobarin, Navoiy 1484 yilning mart-aprel,may-iyun oylarida «Sab’ai sayyor» bilan mashg‘ul bo‘lgan bo‘lsa, «Layli va Majnun» dostonini «Farhod va Shirin»dan keyin yoza boshlagan va tamomlagan. Ya’ni uni shoir juda qisqa bir muddatda — 1484 yilning yanvar-fevral oylarida yozib tugallagan. Shu yilning iyun oyidan so‘ng shoir «Xamsa»sining so‘ngi dostoni — «Saddi Iskandariy»ni yarata boshlagan va 1485 yilning birinchi yarimlarida uni ham yakunlagan. Demak, ulug‘ shoir 1484 yil boshida «Farhod va Shirin»ni tugallab, shu yili «Layli va Majnun» va «Sab’ai sayyor» dostonlarini yozgan va yil o‘rtalarida «Saddi Iskandariy»ni boshlagan. Shoir xususan 1484 yil davomida mislsiz darajada samarali ijod qilgan. Shu yili u o‘rta hisob bilan kuniga kamida 50—100 baytdan yozgan va Sharq she’riyati ijodiy tajribasida yuksak mahorat namunasini ko‘rsatgan. Ya’ni Navoiy butun yil davomida buyuk ijodiy pafos bilan yashagan va ishlagan. Binobarin, u «Xamsa» dostonlarini zo‘rma-zo‘rakilik, kuchanish bilan emas, haqiqiy she’riy ilhom bilan yaratgan. Poetik shavq-zavq butun yil davomida uning hamrohi bo‘lgan. 6.Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida 770 nafar shayxlar, orif insonlar haqida fiqra bitilgan, shulardan Shayx Mo'min Sheroziy, Shayx Abdulqodir Jiliy, Pahlavon Mahmud, Shayx Abu Abdulloh Hafiflar hayoti, karomati misolida qator onalar obrazi tasvirlangan. Ular orqali ulug' shoirning tarbiya, tanbeh, ogohlantirishlaridan voqif bo'lamiz. Onaga hurmat, ta'zim, mulozamat har bir zamonda, makonda, har bir millatda go'zal bir qadriyat ekanligini anglaymiz. Asarda biz tahlilga olgan shayxlar haqidagi hikoyatlardan Shayx Mo'min Sheroziy va Pahlavon Mahmud bilan bog'liq hikoyatda zikr qilingan onalar ismi ko'rsatilmagan. SHayx Abdulqodir Jiliy hikoyatida uning onasi, “Va onalari Ummulxayr Ahmaduljabbor Fotima binti Abu Abdulloh”, deb to'liq tanishtiriladi. Shayx Abu Abdulloh Hafif onasi Ummi Muhammadiya esa o'ttiz besh ayol shayxlar qatorida qayd qilingani sabab uning ismi aytiladi. Ma'lumki, asarda o'ttiz besh ayol shayx haqida alohida qism bo'lib, ularning har biri ismi, nasabi bilan tilga olinadi. Shayx ayollardan Bibi Munajjimani Navoiy “Majolis un-nafois”ning 6-majlisida ham o'z ismi bilan eslatadi, ya'ni “Xoja Alouddin – Kirmon mulkidin. Xoja Afzaliddin Muhammadqa qarobatdur va Bibicha Munajjimaning inisidur”. Shayx Mo'min SHeroziy haqida hikoyat juda qisqa, chunki “Navoiy har bir tasavvuf arbobi haqida ma'lumot berar ekan, ma'lumotning lo'nda muxtasar bo'lishiga intiladi”. “Shayx ul-islom debdurki: “Ismoil Dabbos dedikim: “Haj niyati qilib borurda SHerozg'a etishdim. Bir masjidqa kirdim. Shayx Mo'minni ko'rdimki, o'lturub xirqasin yamaydur erdi. Salom qildim va o'lturdim. Mendin so'rdikim: “Ne niyating bor?” Dedim: “Haj niyatim bor”. Dedi: “Onang bor?” Dedim: “Bor!” Dedi: “YOnib onang mulozamatig'a bor!” Bu so'z menga xush kelmas erdi. Dedi: “Ne to'lg'anasen? Men ellik haj qilibmen, bosh yalang, oyoq yalang va zodu hamrohsiz. Barchasin senga berdim. Sen onang ko'ngli shodlig'in menga ber!” Hikoyatning mazmun-mundarijasida, g'oyasida ona roziligi, ona ko'ngli shodligi bilan bog'liq butun nozik masalalar yoritilgan. Navoiy kitobxonga onalar haqqi-hurmatini, rozilik darajasini hatto islomning farz amallaridan biri bo'lgan haj amali orqali topgan savobning darajasidan ham yuksakligini, jannatga boradigan yo'llar ona shodligi, ona rizosi bilan tutash ekanligini uqtirmoqda. Hikoyat kompozitsiyasida dialog usuli, ya'ni Shayx Mo'min Sheroziy va Ismoil Dabbos orasida bo'lgan suhbat-savol-javob asosiy o'rin tutadi. Bu esa, birinchidan, kitobxonga voqealarni osongina eslab qolishiga yordam bersa, ikkinchidan, hikoyatda vaqt, o'rin, harakat birligi yagona maqsadga – Ona mulozamatiga, ona roziligiga qaratiladi. SHayxning Ismoil Dabbosni hajdan qaytarishi o'quvchida tushkun kayfiyat uyg'otmaydi. Aksincha, bunga, “Barchasini senga berdim. Sen ona ko'ngli shodlig'in menga ber!” degan Shayxning ichki ruhiyatini ochuvchi tanbehi yana umid beradi. Shayxning bu tanbehi nasrda bo'lsa-da, didaktik she'riyatning go'zal namunasidir. Sababi, asrlar davomida u: “Sen ona ko'ngli shodlig'in menga ber!” degan xitobi bilan go'yo u millionlab qalblarni ta'lim-tarbiyaga chorlab turibdi. Navoiy ona diydorining lazzati, ona mulozamatining zavqi va talabi, ona roziligining barakotidan farzand ne balo-qazolardan emkin va omonda bo'lishi haqida boshqa asarlarida ham fikr yuritadi. Jumladan, “Saddi Iskandariy” dostonida Iskandarning o'limi oldidan o'z xatolarini anglab, o'zini “ozurdae” deb bilib, onasiga yozgan: “Ki...“Mendinki, yo'q mendek ozurdae”, deb boshlanuvchi mashhur vasiyat maktubida juda ta'sirli, ibratli qilib tasvirlaydi: Demon qilsam erdi o'g'ulluq sanga, Qabul aylasam erdi qulluq sanga. Sanga aylabon xoki dargohliq, Aning otin etsam erdi shohliq. Ul iqbolima charx bo'ldi hasud, O'lar chog'da o'ltursam o'zni ne sud? Rizong o'lmasa ko'ngluma g'amzudoy, Bu darmondag'a voyu yuz qatla voy! Ayniqsa, alliteratsiya vositasida o'g'ulluq, qulluq, dargohliq, shohliq so'zlaridagi ohangdosh so'zlarning qaytarilishi, takrir san'ati yordamida bir misrada “voy” so'zining takrorlanishi, shoh Iskandarning ona mulozamatida, ona roziligida ojizlik qilganligini, shohlik davridagi eng katta “yo'qotish” ekanligini afsus-nadomatlar bilan anglashi ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. “Rostliq – xalosliq”, rostlik va to'g'rilik fayzidan ko'p foyda hamda yorug'liklar ko'rish kabi g'oyalarni ulug' Navoiy o'z ijodida maroq bilan sharhlaydi. e'tiborli jihati shundaki, “Hayrat ul-abror” dostonining o'ninchi maqolotini “Rostliq ta'rifidakim” deb nomlaydi va dadillik bilan, “Har kishikim, tuzluk erur peshasi, Kajrav esa charx ne andeshasi”, degan ma'noli misralar bilan boshlaydi. “Nasoyim ul- muhabbat”ning SHayx Abdulqodir Jiliy haqidagi ma'lumotda, “faqat va faqat rostlikni deysan”, “har qanday holatda rostlik, to'g'rilik yo'lin tutasan”, deb o'g'lidan ahd olgan jasoratli Ummulxayr ona obrazi tasvirlanadi. “...Onam qoshig'a keldim va dedimki: “Meni Tengri ishig'a qil va ijozat berki, Bag'dodqa boray va ilme kasb qilay va solihlarni ziyorat qilay. Mendin bu doiya sababin so'rdi, ayttim. ersa, yig'ladi. Va qo'pti va sakson oltun kelturdi. Va dediki: “Menga ota merosidin bu qolibdur”. YArimin qardoshim uchun qo'ydi va yarimin mening to'numg'a tikdi va manga safar izni qildi. Va manga ahd berdiki, barcha ahvolda rostliq qil va mening vido'img'a chiqdi. Va dediki: “Bor, ey farzand, Tengri uchun sendin kesildim va qiyomatqacha seni ko'rmagumdir. Men oz qofila bila Bag'dodqa tavajjuh qildim”. Karvon Hamadondan o'tganda, oltmish otliq yo'lto'sar – zo'ravonlar chiqib, karvonni talaydi. Boladan ham, “Nimang bor?”, deb so'rashganida, “Qirq oltinim bor”, – deb javob beradi. Bolaning javobiga hayron bo'lib, qayta-qayta so'rashganda ham, u qirq oltini borligini aytaveradi. To'nini so'kib, qirq oltinni topadilar va hayron bo'lishib, Abdulqodirdan so'raydilar: “So'rdiki, sening bu e'tirof qilurg'a boising ne erdi? Dedimki: “Onam manga ahd berib erdi – sidqu rostliqqa! Va men aning ahdiga xiyonat qilmam”. Bas, ul qavmning ulug'i yig'ladi va dediki: “Yillardurki, men Parvardigorim ahdig'a xiyonat qilibmen”. Va qiladurg'on ishidin mening iligimda tavba qildi”. Rostlikning kuchi-quvvati bilan ular ilk tavbani qilib, karvon ahlidan nima olishgan bo'lsa, egalariga qaytarishadi. Ona-bolaning og'zaki shakldagi ahdi, e'tiqodi, sidqu sadoqati, rostlik sharofati tufayli karvon Bog'dod shahriga sog'-salomat etib boradi. Abdulqodir muntazam tahsil bilan shug'ullanib, o'n uch fanni mukammal egallaydi hamda Qur'on qiroati, fiqh, hadis ilmining ham etuk bilimdoniga aylanadi. Rostlikni o'z tariqatining ilk tavbasi – asosi deb bilib, jahon shayxlariga nasib bo'lmagan fayzu karomatlar sohibi bo'lib qoladi. “Hayrat ul-abror”dan olingan quyidagi baytda ham shoir rostlikni anglagan, rostlikni o'ziga ahdu pesha qilgan kishi davronning ofat-qarshiliklaridan, kamu ko'stliklaridan doimo omonda bo'lishni eslatmoqda: Kimki bu davronda qilur rostliq, Yo'qturur ishi g'ayri kamu ko'stliq. Bu o'rinda Navoiy rost-yolg'on, to'g'ri-egri kabi an'anaviy tazodlardan emas, balki navoiyona uslub bilan yaratilgan, qofiya asosiga qurilgan “rostliq-ko'stliq” kontekstual tazodini eslash kerakka o'xshaydi. Bu tazod faqat ulug' ijodkorning topilmasi, mahorat mahsulidir. endi fikrlarimizni Navoiy o'z asarida, “kurashchilikda saromad bo'lib azim shuhrat tutgan”, deb qadrlagan shoir, hunarmand Pahlavon Mahmud haqidagi fikrlar bilan davom ettirsak. Navoiy uning Hind mulkida tashkil qilingan “kurash ma'rakasi”dagi jismonan mag'lub bo'lsa-da, nafsi ustidan g'olib chiqqani bilan bog'liq bir necha sarguzashtlarini – voqealar tadrijini mahorat bilan bayon qiladi. Hindiston shohi bir zargar orqali Pahlavonni o'z yurtiga taklif qiladi. Taklifdan maqsad shoh o'zining kurashchisi bilan Pahlavon Mahmudni xaloyiq oldida kurash tushirish ediki, bu – birinchi sarguzasht voqea. Pahlavon Mahmud Hindistonga boradi va o'z odatiga ko'ra, kurash oldidan musulmonlar mozorini ziyorat qiladi. Ko'radiki, bir mushtipar ona bir avliyo mozorida “Xudoyo, bu kelgan Pahlavon kurashchi ma'rakasidin mening o'g'lumni sharmanda chiqarmagaysen!”, deb Tangriga butun vujudi bilan yolvorib munojot qilardi. Onaning bu holati ichki portreti hamdir. Pahlavon Mahmud u shoh kurashchisining onasi ekanligini fahmlaydi va o'z-o'ziga kurashda mag'lub bo'lishni va'dayu qarz qiladiki, bu – ikkinchi voqea. ertasi kuni podshoh tashkil qilgan jahon kurashida Pahlavon Hind shoh polvoni bilan maydonga tushadi. U o'z va'dayu qarzida sobit – mustahkam turib, bir-ikki usul qilganday bo'ladi-da, atayin yiqilib beradi. SHu daqiqalarda ko'zi osmonda farishtalar jilvasini ko'radiki, bu – uchinchi voqea. Mushtipar onaning Ollohga qilgan munojoti uchun o'zidan kuch va malaka jihatidan ancha past kurashchiga atayin mag'lub bo'lib, va'dayu qarzni bajaradi. Ona xursandchiligini, istak-talabini o'zining polvonlik sha'nidan, g'oliblik na'shidasidan ustun qo'ya olgan, o'z nafsiga hokim bo'la olgan Pahlavon Mahmudni osmon farishtalari ham, ulug' Navoiy ham sharaflaydi, tan beradi. Pahlavon Mahmudning keyingi sarguzashti to'rtinchi voqea – shoh tashkil qilgan ovda bo'lib o'tadi. Ovdagi voqea hayratlarga to'la. Pahlavon Mahmud ov jarayonida oti bilan qulayotgan shohni ushlab, o'limdan saqlab qoladi. Podshoh ham hayratlanib, ham ajablanib, unga savol beradi: “... muncha mufrit (haddan tashqari – B.R.) kuch bila ajab erdiki, ul kurashchidin yiqilding?” Pahlavon Mahmud shoh savoliga o'zining ichki ruhiy olamini yorqin aks ettirgan purma'no ruboiylaridan biri bilan javob beradi: O'z nafsingga hokim bo'lsang, mardsan, Xotirlab turishdan gapirsang, mardsan. Yiqilganni tepib o'tish mardlik emas, Yiqilganning qo'lidan tutsang, mardsan! Bu javobni beshinchi voqea deyishimiz mumkin. Daho Navoiy “Podshoh ko'p niyozmandlig'lar ko'rguzub, Pahlavon qaytib Xevaq(Xiva)qa kelur” degan nasrga xos epilog bilan bu xotima qismda sarguzasht voqealar xayrli yakun topganini bildiradi. Va shu o'rinda o'z davrining polvoni Pahlavon Muhammadni epilogdan o'rinli foydalanib, eslab o'tishni ham unutmaydi: “Pahlavon Mahmuddin so'ngra Pahlavon Muhammad Abusaid ham o'z zamonining benaziri erdi”, kabi eslatmasida har ikkala mashhur polvonlarning botiniy dunyosini ko'rsatuvchi umumiy fazilat – benazirlikni Navoiy dunyoda kam topiladigan noyob xislat sifatida hikmat tili bilan alohida ulug'laydi. Pahlavon Mahmud haqidagi boshqa ma'lumotlarda esa u niyozmandlig'lar evaziga mingdan ortiq xorazmlik asirlarni ozod qilishni Hind podshohidan so'ragan. SHoh ham uni o'zning xaloskori deb bilib, Pahlavon Mahmud talabini to'la bajargan. Xulosa shuki, Pahlavon Mahmud o'z nafsini qurbon qiladi. Bu holatida o'z nafsining ziyonini, makrini bilishida, sa'y-g'ayrat ko'rsatishida hind kurashchisi onasining munojoti sabab bo'ldi, deya olamiz. U o'z nafsini bir engib, oqibatda zaifa onaning, o'zidan zaifroq kurashchining, shohning, minglab asirlarning qismatini, ko'nglini shodu obod qilgan ozodmard. Hattoki osmon farishtalarini rozi qilgan javonmarddir. U Xorazm, Hindiston, eron zaminni yana bir bor o'zining ovozasi bilan to'ldirgan odamlarning yaxshisidir. Bu o'rinda Rumiy hazratlarining, “Odamlarning yaxshisi – odamlarga foydasi tegadiganidir” , – degan mashhur hikmatini eslash joizdir. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”da SHayx Abu Abdulloh Hafifning volidasi Ummi Muhammadiya ona haqida ham ajoyib bir syujetga asoslangan lavhani kitobxon tahliliga havola qiladi. “O'g'li Abu Abdulloh Hafif bila bahr yo'lidin Hajga bordi. Va anga mukoshafotu mujohadod ko'p ekandur. Derlarki, SHayx Ramazonning so'nggi ushrida eh'yo qilur erdiki, Laylat ul-qadrg'a musharraf bo'lg'ay. Tomg'a chiqib erdi va namoz qilur erdi. Va onasi Ummi Muhammadiya uy ichida, Haq subhonahu taolog'a mutavajjih o'lturub erdi. Nogoh “Laylat ul-qadr” anvori anga zohir bo'la boshladi. Un chiqardiki: “ey Muhammad, ey farzand, ulcha sen anda tilaysen, mundadur!” Sayx tushti va anvorni ko'rdi. Va onasi ayog'ig'a tushti, andin so'ng SHayx aytur erdiki, ul vaqtdin so'ngra onam qadrin bildim” . Shayx Abu Abdulloh Hafif osmon ostida, to'rt tomoni ochiq tom ustida Qur'oni karim nozil bo'lgan fazilatli kechaning ibodatini qilsa-da, nima uchun Nur o'zini unga ko'rsatmaydi-yu, uy ichida o'tirgan onasiga o'zini oshkor qildi, uni izlab topdi. SHu damda ham ona xayr va barokat kechasining manfaatlarini o'g'liga ilinar ekan: “ey Muhammad, ey farzand, ulcha sen anda tilaysen, mundadir!” – deb chaqiradi. Bu chaqiriqda onaning o'g'li uchun ajib bir ta'sirli – “boshqa bunday qilinmasin” – nasihati, tanbehi ham bor. Bu holat onaning ichki portretini ham ko'rsatadi. Bu xalq orasida mavjud bo'lgan ota-ona hurmatini saqlashning bir odobi, ya'ni ular o'tirgan uyning tomi ustida o'tirmaslik haqidagi o'gitdir. O'g'li namoz o'qib, chiroyli suratda ibodat qilishga intilsa-da, odobida onaga nisbatan hamdardlik, hamsuhbatlik yaxshi sur'atda kechmaydi. SHayxning ichki portreti, “onam qadrin bildim”, degan tavbayu iqrorida ochiladi. Bu bilan ulug' Navoiy o'zini, kitobxonni dunyoda onani rozi qilishdek maqbul va marg'ub amal, ibodat yo'qligiga yana bir bor ishontiradi. Voqealar rivojida ona va o'g'ilga qiyosiy xarakteristika berishda, niyat, fikr, ibodatlarini anglashda antiteza usuli ochiq, yashirin shaklda qo'llangan. Bir tomondan, xotimada, ona-bola topgan omonlik, salomatlik, tinchlik ko'rsatilsa, ikkinchi tomondan esa, Qadr kechasi bir kechadir, lekin ming oydan yaxshiroqdir hikmati yashirin talmeh vositasida eslatiladi. Uchinchidan esa, bu kechada farzandning ona qadrini tushunishi barobarida o'zini anglash baxtiga muyassar bo'lganligi SHayxni ham, onani ham, kitobxonni ham birdek quvontiradi. “Nasoyim ul-muhabbat”da maktabdor ayol obrazini uchratish ham juda zavqli. Ansoriy Hiraviy to'rt yoshida Hirotdagi bir xotin maktabida o'qib, saboq chiqarganini xotirlaydi. Bu xotiraga tayanib, o'tmishda ham farzandlarning savodli, ma'rifatli bo'lishida maktabdor ayollarning – onalarning o'rni borligi bizni quvontiradi. Asarda farzandlari – qizlari haqida otalarning duosi, iltijosi, mehri, eng yaxshi tilaklari muayyan hadis – voqea bilan SHayx Abdulloh Muborak timsolida ko'rsatiladi: “Shayx Abdulloh Muborakdan: “ey shayx, uch qizing qoldilar va hech nima qolmadi, alar fikrin ne qilding?” deb so'rashganida, u, “...men alar hadisin debmen: “Solih bandalarga yor bo'lur”, deya javob beradi. Aytish mumkinki, “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida bitilgan hikoyatlardagi onalar obrazi buyuk Navoiyning ideal qahramonlarining timsolidir. Chunki bu onalar obrazida umumbashariy fazilatlar, eng ilg'or diniy-dunyoviy, ma'rifiy, axloqiy-ta'limiy qarashlar mujassamlashgan. Demak, bu obrazlar hamma zamonlarda katta ijtimoiy-tarbiyaviy, ma'rifiy va estetik ahamiyatga ega bo'lib qoladi. 7.Munojot [Alisher Navoiy]Bismillohir-Rahmonir-Rahim Zihi isming azim, rahmonligʻu rahimligʻing — vojibut-taʼzim. Ism — sening isming va rahmonliq va rahimliq — sening qisming, sen — ganj va ofarinish —tilisming. Isming jamʼi sifoti — asmoi husno, rahmonligʻ va rahimliginggʻa yuz ming hamdu sano. Rahim ham sen, rahmon ham sen, azim ham sen, subhon ham sen. Subhonolloh, ne kibriyovu azamatdurkim, sendin oʻzgaga vujud itloqi boʻhton va tuhmatdur. Zoting — qayyumi barhaq, vujudung boqiyi mutlaq. Sendin oʻzga mavjud koʻrunganlar namudi benamud, balki nobudu nomavjud, vujud va mavjuddin sen maqsud. Taolo shaʼnuka va amma ehsonuka va lo iloha gʻayruka. Yo vadud va Maʼbudi vojib ul-vujud. HAMD. Ilohi, azamat va jabarut sening shaʼningdadur va mulku malakut — sening hukmu farmoningda, azaliyatinggʻa bidoyat yoʻq va abadiyatinggʻa haddu nihoyat yoʻq. Dahr gulshanida har giyohu yafrogʻ — sening hamdinggʻa zokir va sipehr anjumanida har harfu avroq — sening neʼmatinggʻa shokir. Jamoliyating boʻstonida sekiz uchmoq—bir rayhoni dilnavoz va jaloliyating zindonida etti tamugʻ — bir samumi jongudoz. Hashamating borgohida bir shamma — mehri munir va sanʼating korgohida bir lavha — sipehri asir. Yuz bu olamcha mavjud etay desang, «kun fayakun» iborati anga kofiy va ming onchani maʼdum etay desang, «haboan mansuro» ishorati anga vofiy. Vahdoniyat sifatida shariku vazirdin mubarro va fardoniyat siyratida volidu valaddin muarro. Ilming daryosidin har gavhar nujum duraridin pokroq, mulkung sahrosidin har lola quyosh mashʼalidin otashnokroq. Bemonandligʻinggʻa «laysaka mislihi shayʼun» guvohi sodiq, bepayvandligʻinggʻa «lam yalid va lam yulad» dalili muvofiq. Har negakim tashbih qilinsa oʻxshamassen, yaxshi boqilsa ul sandin durur va sen ul emassen. Hamdingda takallum ahli tili kosir, siposingda mutakallimlar ajzdin mutahayyir. Bu bobda «lonuhsi sanoan alayka» mazkur boʻlur, har necha balogʻat lofin urgan dam urmasa, maʼzur boʻlur. NAʼT. Ulki, «kuntu nabiyyan va Odamu baynal-moi vattin» mazmuni anbiyoga muqaddamdur, «rahmatan lil-olamin va xotamun nabiinin» mantuqi bila alarga muaxxar va xotamdur, habibi Hazrati Iloh Muhammad rasululloh sallallohi alayhi vasallamdur. Yuz yigirma toʻrt ming anbiyoyi mursal xilqatidin murod ul va barcha anga xayl va oʻn sekiz ming olam ixtiroʼidin maqsud — ul va ofarinish anga tufayl. Nubuvvat taxtida humoyui farqi uzra toj, anbiyovu rasul xaylida sohibmeʼroj, avvalinu oxirin xalqi aning shafoatiga muhtoj. Buroqi inoyat aning markabi ulvi xiromi va Jibrili hidoyat aning payki barqgomi, laylat ul-meʼroj aning shabistoni va «li maʼollohi vaqtun» aning maqomi. «Salavotullohu alayhi va alo olihit-tayyibin va ashobihit-tohirin». MUNOJOT. Ilohi, akram ul-akramin — sen va men — gunohkor. Ilohi, arham ar-rohimin — sen va men tiyra-roʻzgor. Ilohi, agarchi jurmu isyondin oʻzga ishim yoʻq, ammo sendin oʻzga ham kishim yoʻq. Ilohi, yoʻq erdim bor etting, tifl erdim, ulugʻlar jargʻasigʻa qotting, ammo nafsu havo elidin zuhlum niholin ushotting va ofiyatim xaylin yozuq sipohi turktozidin tarqatting. Ilohi, yomon afʼolimdin parishonligʻnm choʻqtur va shum nafsimda pushaymonliq yoʻqtur, mundoq balodin qutulurgʻa ummidim sendin-oʻqtur. Ilohi, oʻzluk yomonligidin oʻzlugum bila oʻta olmaydurmen va yaxshilarning etagin yomonligʻim uyotidin tuta olmaydurmen. Ilohi, yillar ibodat qilgʻonni rad qilsang, hech kim daxl qila olmas va qarnlar isyon qilgʻanni qabul qilsang, hikmatin hech kishi bila olmas. Ilohi, Odam xilofot taxtining mustavjibi oʻzimu boʻldi, sening taqdiring boʻlmay shayton muxolifatining soʻzimu boʻldi?.. Ilohi, berguchisen ham fisqu fujurni, ham zuhd, ham varaʼni, alarning tuhmatin bir necha ojizgʻa bogʻlamoq ne yaʼni? Ilohi, inoyatinggʻa ummidvormenkim, gunohim behaddur va rahmatinggʻa sazovormenkim, xatovu sahvum beadaddur. Ilohi, dardi holimni har kimga aytsam, rad qilsa, sanga tavajjuh etkaymen va agar sen rad qilsang, netkaymen va kimga ketkaymen? Ilohi, sening yoʻlungda tufrogʻ etsa, toʻtiyodur va kesak yoʻluqsa, kimyodur, gʻayringdin qizil oltun qora tufrogʻdek beqadru kambahodur. Ilohi, yomonligʻimdin agarchi koʻn alamim bor, gʻam-xorim sen boʻlsang, ne gʻamim bor. Ilohi, dunyo mayli rishtasin koʻnglumdin uz va nafsoniyat tiyraligida hidoyat shamʼi bila oʻzung sori yoʻl koʻrguz. Ilohi, ul uzun yoʻl va qatigʻ vodiyda inoyating bila yoʻlda va aning qatʼida ayogʻim toyilsa, dastgirliging bila qoʻlda. Ilohi, bu yoʻl sayrida shaytonni tegramga yovutma, agar ul aduv yoʻl ursa zuhdumdin ne kelgay, inoyatingni oʻksutma. Ilohi, taqvie berki, nafsi gʻaddor anga zabun boʻlsun, varaʼe nasib qilki, shaytoni nobakor boshi aning ayogʻida nigun boʻlsun. Ilohi, gʻaflat uyqusidamen, bedor qil va jaholat mastligidamen, hushyor qil. Ilohi, ul bedorligʻni ogohlikka etkur va bu xushyorligʻni beishtibohlikka ulandur. Ilohi, dushmandur shaytoni xiylanamoy manga va nafsi xudroydur korfarmoy manga, bu vartalarda dastgir boʻlmasang, voy manga. Ilohi, agar xislatim egridur, niyatim tuzdur, bu jihatdin agar qoʻrqunchum bordur, ammo ummedim birga yuzdur. Ilohi agar afʼolimga boqsam, uyot oʻlturur va sening karamingni sogʻinsam, ummid tanimgʻa jon kelturur. Ilohi, sendin yomonligʻ kelmas va mendin yaxshiligʻ, sen yaxshisen va men yomon. Har kimga oʻziga munosibdur qiligʻ. Tikan ishi sanchilmoq uchun, ani kuydurmak munosibdur, bahor fayzi om uchun, anga gul musohibdur. Ilohi, tufrogʻdin el koʻziga tiyralik etar va quyosh ashiʼa bila olam ahli koʻzin ravshan etar. Ilohi, chun har ne qililur sanga taqdirdur, qilgʻuchigʻa qilmoqta ne tadbirdur. Ilohi, taqdir qilgʻaningni qilurgʻa ne ixtiyor, qilmasmen demakka kimning haddi bor. Ilohi, agarchi zalolatqa tushubmen, ammo hidoyatingga talabgormen va agarchi tamugʻ oʻtigʻa tushkali yovushubmen, ammo rahmatingdin umidvormen. Ilohi, umidimni karamingdin maʼdum qilma va rahmatingni xaloyiqqa om qilgʻonda meni ham mahrum qilma. Ilohi, agar dastgir sen boʻlmasang, aso hamonu it gʻunjisi hamon va agar pardapoʻsh sen boʻlmasang, rido hamonu eshak argʻamchisi hamon. Ilohi, toatinggʻa havasim bor, ammo nafska zabunmen, ibodatinggʻa multamasim bor, ammo giriftori ishqu jununmen. Ilohi, lahvu havo mayidin mastmen, ujbu riyo jomidin mayparastmen, bu dastovizlar bila shaytongʻa hamdastmen. Ilohi, pariuzorlarga meni devona qilding va shamʼi ruxsorlargʻa koʻnglumni parvona qilding, bu sabablardin rasvoligʻ bila olamgʻa afsona qilding. Ilohi, necha musalsal zulf savdosidin boʻynumda zanjir boʻlgʻay va muanbar xol xayolidin koʻnglum asir, sanga taqdir bu navʼ ersa, manga ne tadbir? Ilohi, koʻnglum kishvari qaro kirpiklar yasoli yagʻmosidin buzuqtur va sabrim uyi gulrang uzorlar xoʻyi selidin yiquqtur. Ilohi, har otashin laʼl mening oʻt tushkan jonimdin namudor va har serob gʻunchada mening koʻp paykon koʻnglum shakli padidor. Bu ofatlarning iloji senga osondur, menga dushvor. Munojot — sharq mumtoz adabiyotining anʼanaviy unsurlaridan biri. Odatda, M.da najot umidi, tavba va iltijolar tangriga otashin murojaat shaklida ifodalanadi. M. koʻproqepik hamda liro-epik asarlarning bosh — muqaddima qismida Allohga hamd va paygʻambarimiz Muhammad (sav)ga naʼtdan oldin keltiriladi. M. dastlab musulmon kishining Allohga murojaat etib, oʻz hojatlarini soʻrashi, yalinib-yolvorishi tarzida yuzaga kelgan. 9— 10-asrlardan boshlab badiiy adabiyotda M. yozish anʼana tusini olgan. M. baʼzan nasriy shaklda va mustaqil asar tarzida ham yozilgan. Alisher Navoiyning shu nomdagi asari va "Hamsa" dostonlari tarkibidagi M.lari xayratlanarli asarlardir. M. Namunalari oʻzbek epik dostonlarining qariyb hammasida uchrab, asar mualliflarining tasavvufiy mayl va eʼtiqodlarini ifodalaydi. M. liro-epik asarlar oxirida berilishi ham mumkin. “Хамса” достонларидаги муножотларда шоир ўзининг беҳад гуноҳкорлигини, ожизлигини, Аллоҳ таолонинг раҳмати ва мағфиратига муҳтож эканлигини, Ҳақнинг лутфидан ҳеч қачон умид узмаслигини самимий, чинакам сўзлар билан баён қилади. Агар “Хамса” таркибидаги бешта достон ва “Лисон ут- тайр”нинг муқаддимасидаги муножотларнинг ёзилган даврига эътибор қаратилса, уларнинг деярли турли даврларда яратилганига гувоҳ бўламиз. Алишер Навоийнинг тахминан 1460–1470 йилларда тузилган биринчи расмий девони “Бадоеъ ул-бидоя”нинг насрий сўзбошисида мукаммал девон тузиш шартлари баён қилиниб, ҳар қандай девон Аллоҳга ҳамд ва Расулуллоҳга, алайҳиссалом, наът мазмунидаги ғазаллар билан бошланиши зарурлигини биринчи талаб сифатида келтирилади ва девондаги дастлабки беш ғазал айнан Аллоҳ ҳамдига бағишланади, кейинги уч ғазалда Расули акрамга, саллаллоҳу алайҳи васаллам, бўлган муҳаббат изҳор этилади ва энг асосийси, уларда муножот руҳи яққол сезилиб туради. Ҳазрат Навоийнинг 24–25 ёшлар оралиғида устози ва дўсти Саййид Ҳасан Ардашерга ёзган маснавий шаклидаги мактубининг дастлабки 11 байти ҳамд ва муножотни, кейинги 10 байти Сарвари Коинотга, алайҳиссалом, атаб битилган. Бу шуни билдирадики, Алишер Навоий ҳазратлари юксак эътиқодли инсон бўлиб тарбия топган, ҳеч қачон Аллоҳнинг зикрини унутмаган, Ҳақни севган мусулмон ўз Роббисига қандай илтижо билан ўтинса, худди шундай юксак мақомда ўз Парвардигорига тобелик ва қуллик изҳор этган. Умрининг турли фаслларида, турли йилларда ёзилган Алишер Навоийнинг муножот асарлари у кишининг муайян ёш чегарасида эмас, балки умрбод мана шундай илоҳий муҳаббат шавқидан ёниб яшаганлигини билдиради. Ислом ақийдасига кўра, банда ўзининг чинакам ҳолатини англаган сайин Аллоҳнинг улуғлигини, марҳамати ва раҳмати чексизлигини ҳис этади ҳамда ўзининг ғариб, гуноҳкорлигини чин дилдан эътироф қилиб, тавба йўлида бардавом бўлади. Биз Алишер Навоий муножотларини худди шундай тушунишимиз керак. “Хамса”даги муножотлар шоирнинг 40–44 ёшлари оралиғида битилган бўлса, “Лисон ут-тайр” ва “Муножот” асари 59–60 ёшлари оралиғида ёзилган. Агар бу иккала даврдаги муножотларни қиёсласак, уларнинг ҳар бирида Аллоҳга бўлган чинакам таслимиятни, тобеликни, чексиз муҳаббатни кўрамиз. Агар “Хамса”даги муножотлар мазмун жиҳатдан ўзаро яқин бўлса, “Лисон ут-тайр”нинг кириш қисмидаги муножот ва биз ўрганган “Муножот” асари моҳиятан ўзаро мос келишига гувоҳ бўламиз: “Лисон ут-тайр”да: Жонима исён майидин мастлиғ, Кўнглума фисқ аҳлиға побастлиғ. Илоҳи, мен тавба қилдим дегандин не суд, Сен тавба бергилки, ҳам Таввоб Сену ҳам Маъбуд. Бу шуни кўрсатадики, Алишер Навоий умрининг сўнггида ўзини Аллоҳга яна ҳам яқинроқ ҳис этган, бу даврда унинг ўз Роббисига бўлган эҳтиёжи, интилиши юксак чўққисига кўтарилган ва бу буюк мутафаккирнинг қайноқ мисраларида акс этган. Ислом дини ақийдасига кўра, тавба инсонни поклайди, гуноҳлари Аллоҳнинг ҳузурида ўчирилишига, афв этилишига сабаб бўлади, юксак мақомларга кўтаради. Алишер Навоийнинг 60 ёш бўсағасида, ўз мамлакатида энг юксак мақом тутган пайтида бундай хокисор ва самимий, дил тубидан вулқон янглиғ отилиб чиққан илтижолари у зотнинг чинакам сийрати қанчалик улуғвор бўлганлигини билдириб туради. Умуман олганда, туркий миллатнинг қуёши бўлган ҳазрат мир Низомиддин Алишер Навоий ҳазратларининг ҳар бир асарини ўрганиш, чуқур тадқиқ этиш, тушуниш, халқимиз, улғайиб келаётган ёшларимиз орасида тарғиб қилиш маънавий юксалиш, руҳий покланиш асоси бўлиб хизмат қилади. 8.XV asr jahon maʼnaviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni (1441 yil 9 fevral)da Hirotda tugʻilgan. Navoiyning otasi temiriylar saltanatida amaldor, Sabzazor shahrining hokimi bo’lgan. Onasi ham satanat bekalaridan bo’lgan. Otam bu ostonning xokbezi , Onam ham bu sarobo‘ston kanizi. (MAT,1-tom,17-bet) Taqdir taqazosi ila Mir Alisher Navoiy bir muddat Samarqandda istiqomat qildi. Samarqandda ekanligi vaqtida she’rlar yozdi, arabcha so‘zlar lug‘ati bo‘lmish «Sab’at ul-abhur»ni tuzdi, Sayid Hasan Ardasherga masnaviy bitdi, hamda «Hiloliya» qasidasini yozdi. Husayn Boyqaro Mir Alisher Navoiyning bolalikdagi do’sti edi. Husayn Boyqaro taxtga o’tirgach, do’sti Alisherni 1469 yili Samarqanddan Hirotga chaqirib oldi. Alisher Navoiy Hirotga kelib, Sulton Husayn Boyqaroning ramazon hayiti kunida o‘tkazilgan “taxtga rasman o‘ltirish” marosimida qatnashib, “Hiloliya” qasidasini unga taqdim qildi. Zamondoshlari Navoiyni “Nizomiddin Mir Alisher” deb ataganlar. Chunki u din ishlariga puxta amal qilgan hamda Husayn Boyqaro saroyidagi eng nufuzli amir bo‘lgan. Husayn Boyqaro hokimiyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatiga tayanib ish ko‘rdi. Husayn Boyqaro Mir Alisher Navoiyning qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabaga tayinladi(1472). Shundan boshlab shoir «Amiri kabir» (ulug‘ amir), «amir ul-muqarrab» (podshohga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo‘ldi. Mir Alisherning amirlik yillari Hirotda obodonlik ishlari avj oldi, ma’naviyat gullab, yashnadi, adolat va haqiqat bayrog‘i hilpirab turdi. Bu lavozimda Navoiy xalq manfaati, shahar va mamlakat obodonchiligi, adolat tantanasi uchun jonbozlik ko’rsatdi, bularning barchasi Husayn Boyqaro davlatining barqarorligi va nufuzini ta’minladi. Olam ishidin meni ma’lul et, yo rab, Faqr emgagi tortarg‘a hamul et, yo rab. Bu ishki, sening rizong uchun qilmishmen, Ham ayni rizo bila qabul et, yo rab. Hirot bu davrda nihoyatda ko‘rkamlashdi, xalq turmushi yaxshilandi, she’riyat, rivoj topdi. Talabalar uchun «Ixlosiya» madrasasi, musofirlar uchun «Xalosiya» xonaqohi, bemorlar uchun «Shifoiya» shifoxonasi, masjidi Jome’ yoniga qorixona («Dor ul huffoz») qurildi. Ulug‘ amirning kutubxonasida 70 dan ortiq xattot va musavvirlar qo‘lyozmalarni oqqa ko‘chirish, ularni badiiy bezash bilan band edilar. Hirotda yana «Nizomiya», Marvda «Xusraviya» va boshqa madrasalar bino etildi. Va «Ixlosiya» madrasasi o‘trusida bu xonaqohg‘akim, imorati har nav’ riyo va g‘ashdin xoli erdi va xotirg‘a ko‘p taraddudin xalos berdi: «Xalosiya» ot qo‘ydum «La xalasa illa bil ixlosi», deya xabar qilinadi “Vaqfiya” asarida. Amir Navoiy imkon qadar zulmga qarshu turdi, xalqning masahqqatini yengillatishga astoydil tirishdi. Bu haqida o’z tilida quyidagicha bayon qilinadi: “Iligimdan kelgancha zulm tig‘in ushotib, mazlum jarohatig‘a intixol marhamin qo‘ydim. Va iligimdin kelmaganni ul hazrat arzig‘a yetkurdim”, deb bayon qilgan. Mir Alisher Navoiy Davlat ishlari bilan bir qatorda o‘zining sevimli mashg‘uloti — badiiy ijod bilan shug‘ullanishni kanda qilmadi. 1472 yil davlat ishiga jalb qilingan bo‘lsa-da, ayni shu yilida “Badoye ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”), 1476-1483-yillarda esa “Navodir un-nihoya” (“Tuganmas nodirliklar”) nomi bilan ikki devon tuzdi. Butun umr ilm-u ijod bilan shug‘ullandi. Sharqda o‘tgan mashhur shayxlar, so‘fiylar hayoti haqida ma’lumot beruvchi «Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari») asarini yozdi. 1500-yilda esa buyuk mutafakkir hayot tajribalarini o‘zida mujassam etgan «Mahbub ul-qulub» («Ko‘ngillarning sevgani») asarini yozdi. Budan tashqari hazrat Alisher Navoiy mashhur “Vaqfiya” asarini ham yozdi. “Vaqfiya” asari 1481-1482 yillar oralig‘ida yozilgan bo‘lib, Navoiyning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, vaqf qildirgan yerlari, qurdirgan binolari haqida ma’lumot beruvchi asardir. “Vaqfiya” Hamd, na’t va Sulton Husayn Boyqaro madhini o‘z ichiga olgan kattagina muqaddima bilan boshlanadi. Asarni shartli ravishda ikki qismga bo‘lish mumkin: 1.Navoiyning Sulton Husayn Boyqaro saroyidagi davlat arbobi sifatidagi faoliyati aks etgan o‘rinlar. 2.Navoiyning xayriya ishlari va vaqf qilib qoldirgan mulk yerlari; vaqfiya joylardagi idora usuli, xizmat uchun belgilangan lavozimlar, tayin etilgan maosh, o‘rnatilgan tartib-qoidalar bayoni. Asarda Navoiyning mamlakat obodligi va el-yurt farovonligiga doir muhim fikrlari ham o‘z ifodasini topgan: To hirsu havas xirmani barbod o‘lmas, To nafsu havo qasri baraftod o‘lmas. To zulmu sitam jonig‘a bedod o‘lmas, El shod o‘lmas, mamlakat obod o‘lmas. “Vaqf” so‘zi lug‘atda “tutib turish”, “to‘xtatish” ma’nolarini anglatadi. Shar’iy ta’rifi esa: “Muayyan narsaning aslini saqlab qolib, undan keladigan foydani sadaqa qilishni bildiradi”. Vaqf qilingan narsa sotilmaydi, hadya qilinmaydi, merosga qo‘shib taqsimlanmaydi. Masalan er, suv, uy, maktab, masjid, shifoxona, kutubxona, mevali bog‘lar va boshqalarni musulmonlar evazsiz foydalanishlari uchun vaqf qilinishi mumkin. Vaqf joriy etilishidan ko‘zlangan maqsad ikkita: 1) Allohga taqarrub hosil qilish. Ya’ni, savob umidida xayriya qilib, oxiratga savob jamg‘arish; 2) Jamiyatdagi muhtoj kishilarning og‘irini yengil qilib, ularga yordam berishni yo‘lga qo‘yish. Vaqf madrasa, masjid, mozor, qorixona kabi muassasalar foydasiga belgilangan turli ko‘rinishdagi mol-mulk bo‘lib, uning rasmiy-huquqiy hujjati vaqfnoma (mulk egalari oʻz mol-mulklarini diniy extiyoj yoki xayriya ishlari uchun berganligi toʻgʻrisidagi hujjat. Vaqfnomada mulkning vaqfga oʻtkazilishi sababi, mulk egasining nomi, vaqf mulkidan foydalanish tartibi, vaqf qilingan mulkning boshqaruvchisi, guvohlar koʻrsatiladi. Vaqfnomaga guvohlar shahodati va qozi tasdigʻi kerak boʻladi) deb atalgan. Vaqf xo‘jaligi ishlarini yurituvchi shaxs – mutavallini belgilash va vaqf daromadini taqsimlash voqifning ixtiyorida bo‘lgan. Sahobalardan Zayd bin Sobit raziyallohu anhu shunday deganlar: “Mayyit uchun ham, tirik uchun ham vaqf qilingan mulklardan ko‘ra foydaliroq narsani ko‘rmaganmiz. Mayyit uchun uning savobi oqib borib turadi, tirik uchun esa, mulki saqlanib qoladi, u na hadya qilib yuboriladi, na merosga qoldiriladi va na yo‘qolib ketadi”. Jobir raziyallohu anhu esa: “Payg‘ambar alayhissalomning sahobalaridan qodir bo‘lganlari borki, albatta vaqf qilgan”, – deganlar. Demak, musulmonlar orasida xoh boy bo‘lsin, xoh o‘rtahol bo‘lsin, har kim o‘z holiga yarasha biror narsani vaqf qilishi yaxshi odatga aylangan. Kimdir masjid, madrasa, shifoxona kabi ko‘chmas mulklarni, kimlardir ilmiy kitoblarni va yana kimlardir uy-ro‘zg‘or anjomlarini mo‘min-musulmonlarga vaqf qilib qoldirganlar. Ulamolarning ko‘pchiliklari ushbu hadisi sharifdagi “sadaqai joriya”dan jumlasini “vaqf” deya izohlashgan. Chunki vaqf qilingan mulkning ajri doimiy ravishda vaqf qilgan insonga borib turadi. Vaqf ishlari qadimdan yurtimizda joriy bo‘lib kelgan. Aholining o‘ziga to‘q qatlami ixtiyoriy ravishda turli mulk (yer, do‘kon va boshqa daromad manba)larini asosan madrasalarning ustoz va talabalariga, masjidlarning ta’minotiga, faqir va miskin insonlarning ehtiyoji uchun vaqf qilganlar. “Vaqfiya” asarida bayon qilinganidek, Navoiy masjid, madrasa, shifoxona va boshqa inshootlar qurdirib qo‘ya qolmasdan, ularni kerakli darajada jihozlash, o‘z-o‘zini ta’minlash uchun vaqf yerlar ajratib berish, mudarrislar, tabiblar va boshqa xodimlar bilan ta’minlash, ularga oylik maosh, ozuqa, kiyim-bosh belgilashgacha, talabalar nafaqasi va kitoblarigacha, barcha-barchasini mukammal boshqarib, tashkil etib, o‘zi doimo xabar olib, nazorat qilib turishni ham unutmasdi. Chunonchi, madrasada ustoz va talabalarining soni va ularga ajratilgan maoshi va nafaqalari (stependiya) haqida: “Arbobi vazoif — ikki olimi muttaqiy mudarris bo‘lg‘ay: har birining yilliq vazifasi ming ikki yuz oltun naqda, yigirma to‘rt yuk oshlig‘kim, sulsi arpa, sulsoni bug‘doy bo‘lg‘ay. Har halqai darsda o‘n bir tolibi ilmkim borisi yigirma ikki bo‘lg‘ay, olti a’lo; har biriga oyliq naqda yigirma to‘rt oltun, yilda bug‘doy besh yuk; vasat — sekiz; oylig‘ har biriga naqda o‘n olti oltun, bug‘doy yilliq to‘rt yuk; adno — sekiz: oylig‘ har biriga naqda o‘n ikki oltun, oshlig‘ yilliq uch yuk”. Nizomiddin Mir Alisher binolar qurilishi bilan bevosita shug‘ullanar, usta va shogirdlari mehnatidan boxabar bo‘lib turardi. “Xayru saxovatli binokor amir Alisher o‘sha imoratni tiklash xususida ko‘p g‘amxo‘rligi bo‘lganidan har kuni o‘sha sharofatli manzilga tashrif buyurar, ko‘p kunlar etakni belga qistirib, yollangan ishchilar kabi ustalarga g‘isht olib berardi hamda boshqa yumushlarni qilardi, tez-tez o‘sha yerdagi me’morlar, ustalar va kosiblarga qimmatbaho sarupolar kiydirar va ularni ko‘p siylash va boshqa in’omlar bilan xushdilu xursand qilardi. Shu tariqa tangrining quvvatlashi hamda podshoning cheksiz yordami bilan uch-to‘rt yillik ish olti oy muddat ichida oxiriga yetkazildi”. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy o‘z ijodida odamiylik, adolatparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, o‘zaro mehr-oqibat singari yuksak insoniy fazilatlarni tarannum etish bilan birga, saxovat va muruvvat bobida ham ulkan shaxsiy ibrat namunasini ko‘rsatgan. Alisher Navoiy o‘z asarlarida moliyaviy ibodatning vaqf, zakot, fitr, ushr, fidya kabi turlari hamda ish, mehnat haqqi yoki banda haqqi, to‘lov haqida juda muhim ma’lumot, izoh va sharhlar bitgan. Vaqf insonning asosiy moliyaviy ibodatlaridan biri sanaladi, Alisher Navoiy bu xususida o‘zining vaqf mulklari haqida “Vaqfiya” asarining bir faslida alohida bayon etgan. Yuqorida zikr qilganimizdek, “Vaqfiya” asarini ikki qismga ajratish mumkin. Manashu ikkinchi qismi ya’ni “Mahdudot” qismida Navoiy vaqf, vaqf huquqi kabi o‘zining moliyaviy ibodati bilan yaqindan tanishtirishga harakat qilgan. Mahdudot (Mahdudning ko’plik shakli bo’lib, cheklangan, chegaralangan, tayin qilingan degan ma’nolarni bildiradi) iqtisodiy atama, tushuncha bo‘lib, chegaralangan, atrofi o‘ralgan, atrofi aniqlangan joylar, er-suv va boshqa mulklar degan lug‘aviy ma’noni bildiradi. Navoiyning “Vaqfiya” asarida yozgan mahdudot fasli ham tadqiqotchilar uchun nihoyatda muhim manba hisoblanadi. Chunki Navoiy mahdudotda o‘z qalami bilan vaqf qilingan barcha ko‘chmas mulklarining ro‘yxatini, mulk turlarini, joylashgan hududlari nomini birma-bir, tartib bilan yozib qoldirgan. Chunonchi: “… vaqf qilingan mahdudlarkim, shahr va tavobindadur, mujmalan (qisqa) mazkur bo‘lur va tafsili forsi vaqfnomalardakim, muqarrar aytilibdur.” Qizig‘i shundaki, u o‘z mahdudotlaridan olingan daromad, tushumni o‘z mablag‘lari hisobidan qurdirgan masjid, madrasa, shifoxona, rabot, xonaqoh va shu kabi yuzlab binolar ta’minoti uchun belgilab qo‘ygan hamda vatan, yurt obodligi, xalq manfati yo‘lida og‘ishmay sarflagan. “Vaqfiya”ning mahdudot fasli aynan rasmiy uslubda bitilgan bo‘lib, bu holat adibning mazkur hujjatli faslda vaqf qilingan ko‘chmas mulk turlarini sharhlashda qo‘llagan ifoda va bayon tarzida yaqqol ko‘rinadi. Navoiyning mahdudotda bitishicha, uning vaqf qilingan barcha turdagi ko‘chmas mulklari qonuniy, ya’ni “shar’ tariqi” va qonun himoyasida bo‘lib, ko‘chmas mulklarining barcha tafsiloti vaqf hujjatlarida fors tilida aniq yozilgani hamda guvohlar ishtirokida qozi muhri bilan tasdiqlab qo‘yilgani aytilgan. Alisher Navoiy vaqflarini musulmonlarga shunchaki topshirib qo‘ymagan, har bir vaqf molining iste’moli shartlarini ham bayon qilgan. Belgilangan maoshga haqli bo‘lsa bo‘lmasa berilavermagan, shartlar bajarilmasa kamaytirilgan yoki vaqf hududidan chiqarib yuborilgan. Shu bilan birga vaqf shartlari bitilgan “Vaqfiya” asarini har o‘ttiz yilda yangilab turishni tavsiya qilgan. Vaqf mulkidan noto‘g‘ri foydalanganlarni qattiq ogohlantirib o‘tgan. «Vaqfiya»ki tortildi base zahmat anga, To bo‘ldi sharoyit xatidin ziynat anga. Mashrut ila kim qilsa amal rahmat anga, Ulkim, munga tag‘yir berur, la’nat anga. *** Bu qoidani kimki tuzar, bor bo‘lsun, Tengri bori holatda anga yor o‘lsun. Kim buzsa, buzuqluqqa sazovor o‘lsun. Haq la’natu qahrig‘a giriftor o‘lsun. “Madrasa va xonaqoh orasidakim, tosh solibdurlar — qachon buzulurdek bo‘lsa, yildin-yilg‘a marammat qilsunkim, musulmonlarg‘a o‘tar — borur dushvor bo‘lmag‘ay. Yana shart ulkim, har o‘ttuz yilda mutavalli «Vaqfiya»ni mukarrar yangi bitgan va asl bila muqobila qilg‘ondin so‘ngra quzot sijillot bila muqobala qilg‘ay to ayyom mururi bila churumagay. Yana shart ulkim, hech zamonda sadr gumashtalari va mutavallilar bu sarkorda madxal qilmag‘aylar. Modomiki, sharti voqif bila muvofiq amal qilg‘aylar — bu sarkor amalasidin jam’ va xarj nusxasi tilamagaylar va hech nav’ nima alardin olmag‘aylarkim, alarg‘a halol va muboh emas”. Mahdudot o‘ziga xos xulosa qismga ega bo‘lib, ulug‘ Navoiy mahdudotning xulosasini “Bu jami’ mahdudotkim, hududi vaqfiyalarda muqarrar mazkur “Madrasa va xonaqoh orasidakim, tosh solibdurlar — qachon buzulurdek bo‘lsa, yildin-yilg‘a marammat qilsunkim, musulmonlarg‘a o‘tar — borur dushvor bo‘lmag‘ay. Yana shart ulkim, har o‘ttuz yilda mutavalli «Vaqfiya»ni mukarrar yangi bitgan va asl bila muqobila qilg‘ondin so‘ngra quzot sijillot bila muqobala qilg‘ay to ayyom mururi bila churumagay. Yana shart ulkim, hech zamonda sadr gumashtalari va mutavallilar bu sarkorda madxal qilmag‘aylar. Modomiki, sharti voqif bila muvofiq amal qilg‘aylar — bu sarkor amalasidin jam’ va xarj nusxasi tilamagaylar va hech nav’ nima alardin olmag‘aylarkim, alarg‘a halol va muboh emas”. Mahdudot o‘ziga xos xulosa qismga ega bo‘lib, ulug‘ Navoiy mahdudotning xulosasini “Bu jami’ mahdudotkim, hududi vaqfiyalarda muqarrar mazkur bo‘lubtur dag‘i bu varoqta mujmal (juda qisqa) bitildi, yuqori mazkur bo‘lg‘on biqo’g‘a vaqfi sahihi sha’riy qilildi” deb qisqa tarzda bayon qilgan. Yuz shukrki, buq’alar mukammal bo‘ldi, Vaqfi bu hududkim, mufassal bo‘ldi. Sekkiz yuz ediyu sekson olti ta’rix Vaqfiyasi ul kunki, musajjal bo‘ldi. Download 209.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling