"Navro 'z" bayramini о 'tkazish ssenariysi
Download 17,03 Kb.
|
2 5210674170551086765
"Navro 'z" bayramini о 'tkazish ssenariysi Tadbir o'tkaziladigan zal bаyram libosida qilib bezatiladi. Zalning to`rida "Assalom Navro'z" уоn tomonIarida bahorni madh etuvchi shiorlar yozilgan plakat va lozunglar ilingan DasturxonIar to'shalgan stol usti gul va bahorning tansiq taomlari bilan bezatiladi (Sumalak, ko'k somsa, chuchvaralar, xar-hil o'zbek milliy taomlari). Bahor faslini madh etuvchi kuy jarangdor sado bеrib turadi. Sarvinoz: Assalom fasli bahor, assalom ey ahli davra Xushu xursandlik bugun, yangraydi shodiyona Marhabo ey azizlar, xush kelibsiz davramizga Bahor va shodlik ayyomi – Yangi kun muborak sizga Avval yuragingga mo’ralaydi u So’ngra kurtaklarga o’rgatadi so’z Zaminning ko’zidan qochadi uyqu Demak, bahor keldi, kelmoqda Navro’z Maftuna: Salqin saharlarda bodom gulida Binafsha labida qirlarda bahor. Qushlarning ovozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda qirlarda bahor. Sarvinoz:Yana bahor keldi yana olamga, Ajib bir go`zallik ajib bir bayot. Men seni qutlayman shu ulug` damd Ulug` yelkadoshim muzaffar hayot. Maftuna:Bahor uyg`onish, yasharish fasli. Bu faslda yuraklar shodlikka, zavq-u shavqqa oshufta bo`ladi. Bahor bayramlar, shodiyonalar fasli. Ajib nafosatda uyg`ondi olam, Tabiat labida xandon tabassum. Yam-yashil qirlarda Navro`z jilvasi, Go`dak kulgusidek quvnoq va mas`um. Sarvinoz: Hayotimizning go`zal onlarini bahor fasliga qiyos etamiz. Negaki, bahor ham yoshlik, ham go`zallik timsoli.Sahnamizga fasllar kelinchagi bo’lmish Bahoroyni taklif qilamiz.Marhamat kutib oling ] .(Jasmina-Bahoroy, raqsiga:Sabrina,Ferangiz ,I.Maftuna,,Robiya---1 xil kiyim sariq) O'g'iloy: Navro' z! Bahor! Asrlardan beri xalqimizning qadimiy an’analaridan biri Navro 'z saylidir. Shoirman, mussavirman, san'atkorman degan kishi borki, bи shodiyonani tasvirlashga albatta urinib ko' radi. Вu shodiyonadan qalbi larzaga kelmagan ijodkor xali tug' ilmagan. Вu fasl muhabbat va uyg'onish fasli, qo'yi baraka, mehnat va jasorat fasli. Nilufar: Tabiat bezanib misli kelinchak Bugun yuz ochibdi turfa xil chechak Assalom, Yangi kun, assalom Navro’z Yana tenglashibdi kecha va kunduz Ko’kda nur taratar yarqirab yulduz Lablarda tabassum, aytib shirin so’z Assalom Yangi kun, assalom Navro’z Yurtimizga biz orziqib kutgan borliqdagi uyg`onish va yangilanish timsoli bo`lgan Navro`zi olam kirib keldi. Navro`z ayyomi bilan qutlash uchun so`z navbatini Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti dekani Avezov Olmos … vich ga beramiz. Jasmina:Aylabon Lutfiy karam navrozi olam keldilar Osmadan qoshi qalam navrozi olam keldilar Ona yurtim bagring tolib ol nafas Ozodlikning navrozlari muborak Dilnoza:lXar chexrada barq urmoqda istiqlol. Turkistonim istiqboldan ber darak. Erk nasimi yelaversin gurkirab. Dala-tuzing chechaklarga burkansin. Alp o'g'loning tuprog'ingga bosh urib. Maysalardan birlashmoqni o'rgansin. Jasmina: О'уnamoq, kuylamoq kerak Kelganda Navro'z bayrami. Dilnoza:Shunday ekan endigi navbatni navro’z saylida o’tkaziladigan an’analarimizga beramiz. (muchal haqida qo’shiq bo’ladi orqa fonda) Muchal(o’g’il,qizchaga kiyim kiydirishadi.Shaxina,Safinoza,Xurshida,T.Maftuna) Chimildiq(Nilufar,Xurshida,Yulduz,,Sarvinoz) Kelinsalom(Kelin Sarvinoz, Dilnoz,Nilufar, Yulduz,Sumbula, Jassi) Shaxina qayniopa, Ayjan Soy bo’yida (Maftuna qiz rolida,Ayjant,Jassi, ,…. Yigitlar) Nilufar:
Sumalak berar darmon Sumalak уеtmау qolgan, Bir umr qilar armon. O’g’iloy: Dimoqqa yalpizlar nafasi urar, Yurakda muattar chechaklar Osmonda boshuraziz mehmonim Navro'zing muborak, O'zbekistonim! "Sumalak" forscha "Suma" ivitilgan maysa ma'nosini bildiradi Navro`z kelsa sumanbar malak, Ikki qo`llab tutar sumalak. Marhamat, sumalaklarni totib ko’ringlar. Sumalaklar tarqatiladi(orqada qo’shiq, qizlar milliy kiyimda, iroqi do’ppida sumalak tarqatishadi) Milliy kiyim kiygan qizlar tarqatadi. ,,Olmaning oqi bilan,….’’Dilnoz,Jasmina, yigit Buxorocha raqs:Yulduz,Nilufar,O’g’iloy Sarvinoz: - Вahor faslida odamlar to`da-to' da bo 'lib sayrlarga chiqishadi. Bir - birlarini bahor bilan qutlashadi. Bir - birlariga faqat yaxshilik ulashadi. Gullar ulashadi, birga kuylashadi. Odamlar bir-birlariga faqat baxt tilab kuylagan bunday paytda olam sevinchga to'lib ketadi. Maftuna:Maysalarning yashil tug'yoni dilda QalbIarda nish urgan orzular go'zaI Yurtim tuprog'ingga kirib kelmoqda Xirotdan Navoiy bitgan shox go'zal O'zliging muborak, O'zbekistonim Navro 'zing muborak, O'zbekistonim! Navro'z bahorning boshlanishi, boychechak bahorning elchisi. Boychechakni ko'rganda faqat еzgu niyat qilish kerak. Endigi navbat ,,Boychechak’’ qo’shig’i, milliy o’yin va laparlarimizga Boychechak::Sarvinoz,Maftuna Shaxina, Madina, Robiya, Sabrina,Shahnoz,Xurshida Oqterakmi, ko’k terak: SHaxina,Sabrin,Dilnoz,Ayjan,SHaxnoz,Robiya,Xurshida,Sarvinoz,Madin,Maftuna
Sarvinoz:Endigi navbatni jajji qizaloqlarimizning raqsiga beramiz.(Apa Dilnoz keltiradilar) Do’ppi tikdim(Nilufar,Maftuna,Sarvinoz,Xadicha, ,Robiya,Ferangiz,Jasmin
O'g'iloy:Barchangizni bugungi ayyom bilan chin qalbimdan tabriklayman.Navro'z shukuhi barchamizga hamroh bo'lsin.……tabrik bilan tugallanadi ,,Navro’z kelibon jumlayi jahon,Nozlana- nozlana …..’’ hamma sahnaga chiqadi Download 17,03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling