"Navro`z" bayramini o`tkazish ssenariysi


Shundan so`ng qiziqarli savol-javob o`yinlari boshlanadi


Download 42.24 Kb.
bet2/6
Sana21.11.2023
Hajmi42.24 Kb.
#1790923
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
НАВРЎЗ СЕНАРИЙ

Shundan so`ng qiziqarli savol-javob o`yinlari boshlanadi.
Boshlovchi: Maysalarning yashil tug`yoni dilda
Qalblarda nish urgan orzular go`zal
Yurtim tuprog`ingga kirib kelmoqda
Xirotdan Navoiy bitgan shox go`zal
O`zliging muborak, O`zbekistonim
Navro`zing muborak, O`zbeksitonim!
Navro`z bahorning boshlanishi, boychechak bahorning elchisi. Boychechakni ko`rganda faqat ezgu niyat qilish kerak. Shu Navro`z tongida qo`lida boychechak tutib qiyqirib o`ynayotgan shu bolalar baxti uchun ne-ne urushlardan bag`ri kuygan xalqim ulkan koinotdagi mitti sayyora Ona zaminga tinchlik omonlik tilaydi:
Yomon yurmasin, to`zon turmasin.
Gullar so`lmasin, inson o`lmasin.
Hammasin, hammasin osmon asrasin
Dushman hammasin bolalar sasin
Sovuq nafasin olov yamlasin.

NAVRO’Z BAYRAMI SSENARIYSI

Ko`ngilli o`tayotgan "Navro`z" sayli shu tariqada davom etadi.


1-boshlovchi:
Bugun shodiyona Navro'zi olam,
Orziqib kutilgan navbahor to'yi!
Assalom yangi yil! Assalom bayram!
Senga atalgusi yuraklar kuyi.
2-boshlovchi:
Yuraklarga solib hayajon,
Eshik qoqar biz kutgan mehmon.
Yelkasida bayram libosi,
Qo`llarida ochil dasturxon.
Dala dashtga bag`ishlab chiroy,
Yurtga keldi yana ko`klamoy.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, davramizga tashrif buyurgan aziz ustozlar va qadrli o’quvchilar, bahor ayyomingiz muborak bo'lsin.
2-boshlovchi: Assalomu alaykum, shodiyonamiz mehmonlari va ishtirokchilari. Sizlarni Navro'z - bahor bayrami, yasharish, poklanish bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz. Bugungi kuy-qo'shiqlarimiz sizlar uchun.
1-boshlovchi:
Darhaqiqat, Navro`z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg`onishiga guvoh bo`lmish yangi kunning boshlanishidir.
2-boshlovchi:
“Navro`z “ forscha so`zi bo`lib, “ yangi kun “ degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21 – mart kuni – kecha va kunduz tenglashgan kun yangi yil, Navro`z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun ekin – tekin ishlarini boshlanish pallasiga to`gri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta’riflaydi:
Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi – yu sochi,
Tun – kun ekan, zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z.
1-boshlovchi:
Yurtboshimiz Islom Karimov xalqqa va uning ma’naviyatiga qarshi qaratilgan xurujlarga dadil qarshi chiqib, Navro`zni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash lozimligini qat’iy aytganidan keyingina bu ko`hna bayramning ikkinchi umri boshlandi. Mustaqillik yillarida esa Navro`z bayrami ilgari hech qachon ko`rilmagan ko`lam va shukuh–la madaniy hayotimizdan munosib joy oldi.
2-boshlovchi:
Ha, Navro’z bayrami xalqimizning qadimiy va o’lmas an’analarini o’zida jo qilgan milliy bayramimizdir. Bugungi shodiyona kun bilan barchangizni yana bir bor tabriklab, tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini maktab direktori vazifasini bajaruvchi, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Furqat Yaxshiyev ustozga bersak.
1-boshlovchi:
Bugun Navro'z bayrami
Zo'r tantana, hamma shod.
Ona yurtga quvnaymiz,
Baxtiyormiz umrbod.
2-boshlovchi:
Yayrab-quvnar bolalar,
Qaldirg'ochday chug'urlab.
Navro'z keldi yurtimga.
Dalalarga shoshaylik,
Keling do'stlar barchamiz
Kuy, qo'shiqlar kuylaylik.
1-boshlovchi: Menimcha, bugungi bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazish uchun har bir sinf o’quvchilari astoydil tayyorgarlik ko’rgan bo’lsa ajabmas. Navbatni Navro’z, Bahor haqidagi she’rlarga bersak. Marhamat tinglab dam oling.
2-boshlovchi:
Boychechak chiqibdi, bugun Navro'z ekan,
Hamma bir-biriga shirin so'z ekan.
Olam ham barobar kecha-kunduz ekan.
Boychechak chiqibdi, bugun Navro'z ekan.
Endi davramizga xushnudlik ulashish uchun navbatni birin-ketin raqslar guldastasiga bersak.
She’rlardan namunalar:
1.Osmonni uyg'otgan Navro'zman, Navro'z,
Iymonni uyg'otgan navro'zman, Navro'z.
Borliqni uyg'otgan oddiy irodam,
Insonni uyg'otgan Navro'zman, Navro'z.
2.Sening iltifoting, ehsoning bilan
Do'stlar diydoriga bir-bir to'yaylik
Adirlar qo'ynida aytib sho'x o'lan
Shaddod bolakayday yayrab kulaylik.
3.Tabiatda bugun o'tli uyg'onish.
Nur bilan kiradi dilga orzular.
Yurakda shodlik etadi xonish
Labdan labga ko'char mayin kulgilar.
Quyosh kirib kelar, ham xonadonga
Barobar ulashar yog'dusin bugun.
Quyosh tabassum etar jahonga
Ushalar dildagi orzular bugun.
4. Navro'z keldi yurtimga
Navbahorni etaklab.
Dala-dashtu qirlarga,
Boychechaklar savatlab
Novdalarni qitiqlab,
Shamol o'ynar qitiqlab.
Fikrlardan namunalar
1. Navro'z yil boshi, Navro'zda kasal bemorlardan, qariyalardan xabar olinadi. Navro'zda bekalarimiz uylarini tozalaydilar.Momolarimiz undirish uchun yoyib qo'yilgan bug'doyga suv sepadilar.
2-boshlovchi: Navro'z 21-martdan 22-martga o'tar kechasi qozon to'ldi udumi bilan boshlanadi. Qozon to'ldi oilaviy udum bo'lib, har bir oila o'z imkoniyatiga qarab taomlar va bo'g'irsoqlar tayyorlangan bobo dehqonlarimiz haqiga is chiqarilgan ekinlarimiz, bug'doylarimiz mo'l bo'lsin deb is chiqarilgan yog'dan bug'doy ekish uchun qo'shga qo'shiladigan ho'kizni shoxini moylashgan.
3. Aziz o’quvchilar. Sizlarni Navro’z haqidagi bilimingizni sinab ko’rmoqchimiz.Aytingchi, Navro'zda qanday taomlar pishiriladi? (ko'k somsa, ko'k chuchvara, sumalaklar, halimalar pishiriladi)
4. Yaxshi bilimingizga tassanno. Keyingi savolni men beraman.Bilasizmi, Navro'zda qanday o'yinlar o'ynaladi? (Varrak uchiriladi, ko'pkari, arqon tortish, xo'roz o'yinlari,kurash, chuchmomo o'yini va hokazolar)
1-boshlovchi: O’quvchilar Navro'z bayrami udumlarimiz an'analarimizdan nimalarni bilasiz?
( Navro'z kuni tug'ilgan o'g'il bolaning ismini Navro'z, qiz bolaning ismini Navro'zoy qo'yadilar.
Qadimda navro'z kunlari qush osh pishirilgan. Navro'z dasturxoniga etti xil daraxt shoxidan namuna keltirib qo'yiladi, ular majnuntol, zaytun, behi, anor, bodom, pista, katiq, sut, pishloq, tuxum, baliq va yonib turgan shamlar qo'yilgan.)
2-boshlovchi: Bolajonlar sumalak haqida nimalarni bilasizlar?
1-bola: Sumalak bibi Fotimaning oshlari.
2-bola: Sumalak ko'pchilik bo'lib tayyorlanadi, aytishlaricha bir qozondan taom eganlar bir-biriga yaqin bo'lib qolar ekanlar
3-bola: Sumalak tagiga olmaslik uchun qozonga 7 yoki 13 dona tosh tashlab qo'yiladi.
(Sahna ko'rinishi)
2-boshlovchi: aytishlaricha qadim zamonlarda bir kambag'al ayol yashagan ekan. Uning Xasan va Xusan degan o'g'illari bor ekan.
Xasan: Oyijon qornimiz och qolib ketdi.
Xusan: Oyijon ovqat egim kelayapti.
Ona: Bolalarim bir ozgina o'ynab turing, men sizlarga ovqat pishirib beraman.
2-boshlovchi: Ona bug'doy poyadan o'tgan yilgi bug'doy boshoqlaridan tushib nish ura boshlagan maysalarni terib kelib yazshilab yuvibdi, qozonga solibdi un xaltasidan bir xovuch unni olib qozonga solibdi va qaynatibdi.
Xasan: Oyijonim ovqat pishirayaptilar.
Xusan: Hozir mazza qilib eymiz.
Ona: Ey Xudo shu pishirayotgan ovqatimga o'zing nazar tashla ikki norasidani rizqini o'zing etkaz, shirinlikni ato qilgin. (Bolalariga qarydi) Bolalarim ham uxlab qoldi.Qozonni og'zini ham yopib qo'yay.
Xasan: (Og'zini ochib) Voy shunday xushbuy taom.
Xusan: Oyi,oyi turing. Ovqatingizni nomi nima. (Yalaydi)
Ona: Bolalarim bu malaklarning karomati bilan pishdi. Uni nomi sumalak.

Assalom Navro’z “ bayram senariysi


Sahna bezaklari: Devorda gilam osilib “Assalom Navro’z “ deb yozib qo’yildi.Chor –atrof bahoriy gullar bilan bezatildi.
Undirilgan bug’doy maysalari,qoqi o’t gullari,yasalgan o’rik gullari,har – hil rasm plakatlar.
Sahnaga karnay-surnay sadolari ostida jarchi o’quvchilar chiqib,bayram haqida habar beradilar.
E — He –he—ee—e-y !
Eshitmadim demanglar
Bayramlarni suyganlar
Bu kungi tantana-yu
Tomoshaga kelganlar
Hali zamon bir olam
Shodliklarga to’lasiz
Zo’r tomosha ko’rasiz !

  • he –he –he –e –e

Mayin kuy taraladi va sahnaga 2 –ta boshlovchi chiqib keladi.
1-boshlovchi : Assalomu –alaykum hurmatli mehmonlar, mehribon ustozlar-u aziz bolajonlar.Mana, qahraton qishning zahri ketib, fasllar kelincgagi bahor ham kirib keldi.
Bahor faslida tabiat borliq uyg’onadi.Bu faslda shunday bir kun borki, u 8- mart Xalqaro –xotin qizlar kunidir.
Odamzot ongli ravishda hayot boshlagandan beri insoniyat ayollarni e’zozlab kelmoqda. Onalar bunday hurmat – e’tiborli
bolish bilan birga mehribon ona,ijodkor,jafokash ayolgina bo’lib qolmay hayotjabhalarida o’qiladi va bilimdonliklari bilan namuna bo’lib kelmoqdalar.
2- boshlovchi : Ha ,Nigina , to’g’ri aytasiz,bu fasllar bayramlarga boy fasldir.Ayol nazokat,malohat,iffat-u hayo,mehr-u muhabbat,halollik va jamiki go’zal fazilatlar unda mujassamdir. O’z navbatida dunyo yukini yelkasiga olgan.Yangi avlodni,yangi
Insonni shakllantiradigan buyuk zot – bu ayoldir.
Onalarimizga oid she’rlar aytiladi.

  • o’quvchi :

Shahlo ko’zlaringda ko’rmayin hech ham
Sadoqatdan chanbar yasay boshingga
Pari ruhsor ayol ,dilrabo ayol
Farishtalar ta’zim aylar qoshingda.

  • o’quvchi :

Onalarning qoshida
Cho’kka tushar tog’lar ham
Soylar sharqirab oqar
Sepin yozar bog’lar ham.
1- boshlovchi : mana ustozlar , ko’rib turibiz , ona haqida qancha gapirsak oz. Mana hozir bahor faslida yana bir go’zal bayramlardan biri bu “ Navro’zi olam “
Navro’z bayrami juda qadimiy bayramlardan biridir. Uni sharq va O’rta Osiyo halqlari necha ming yillardan buyon bahorda
Nishonlab keladilar.
2- boshlovchi : Navro’z forscha so’z bo’lib Nav –yangi, ro’z –kun ma’nolarini anglatadi.Aslida ham shunday.Quyoshning hamal burjiga kirishi kecha bilan kunduzning barobar kelishi dehqon taqvimi muchal taqvimi bo’yicha yil boshi hisoblangan .
1- boshlovchi : Qani bolalardan so’rab ko’raylik-chi,ular bu bayram haqida nimalarni bilishar ekan.
1-o’quvchi : Bahorning ilk kunlaridan boshlab bayram taraddudi ko’riladi,Shahar-u – qishloqlarda ,mahalla-guzarlarda hasher yo’li bilan chor-atrof tozalanadi.
2- ‘quvchi : Buvijonlarimiz aytganlaridek,Navro’z kunlari barcha insonlar bir – biriga mehribon bo’lishadi.
3- oquvchi : Navro’z kunlari katta doshqozonlarda navro’z taomlaridan biri sumalaklar pishiriladi.Bu tansiq taom barchaga ulashiladi.
4- o’quvchi : oyijonlarimiz yalpiz , ismaloq,jag’-jag’ kabi bahor ko’katlaridan ko’k somsda,chuchvaralar tayyorlashadi.
5-o’quvchi : Navro’z tantanalari avj oladi. Xalq qo’shiqlari, laparlari sevib aytiladi.Bolajonlar esa chiroyli varraklar yasab,baland- baland uchirishadi.
6- o’quvchi : Navro’z kunlari pir-u badavlar qariyalarimiz dalalarda ,ekin ishlarini boshlash arafasida turgan dehqonlarimizga oq fotihalar beradilar.yerga urug’ sepadilar.
2- boshlovchi: barakalla ofarin.Sizlar bu ajoyib bayram haqida nihoyatda ko’p narsa bilar ekansiz.Endi navbat Navro’zga atalgan she’rlarga.
1- o’quvchi : Salom ,navro’zi olam
Qadamingga xasanot.
To’shaldi fartuk gilam
O’lkam bog’lab yoz qanot
2- o’quvchi : Taralar borliqqa hush bo’ylar
Raximni erkalar hush o’ylar.
Chorlagan soymidir,sho’x kuylar,
Kelayotir sog’inchli ko’klam
Kelayotir Navro’zi olam.

  • boshlovchi : Endi navbat qizlarimiz tamonidan aytiladigan

“Do’ppi tikdim “ qo’shig’iga

  • boshlovchi : Sahna ko’rinishi ijro qilinadi.

  • boshlovchi : Mehriniso , qarang, biz tamonga kimlar kelayapti ?

  • boshlovchi: Ahir bu , Dehqon bobo ,Navro’zbek va go’zal Bahoroylar –ku.

Bahoroy – assalomu – alaykum mehribonlarim,
Buyuk yurt egasi- qiz o’g’lonlarim.
Huzuringizga mana men shoshib yeldim,
Dala-yu – bog’larni yashnatib keldim.
Navro’zbek: — dalalar ,bog’lar yashnaydi
Gulga burkanishdi borliq,tabiat.
Yangi kun , yangi yil qutlug’ boshlandi
Dillarda ezgulik,qutlug’ hur-hayot !
Dehqonbobo – Yashnab yasharayotgan ajib bir pallada dala-yu bog’larda mehnat sururi .Umid va qutlug’ hayot birla yerga baraka urug’i qadalmoqda. Momo yerga muhabbat azaldan bizning qon-qonimizga singib ketgan.Sizlar ham,bolalarim yurt tuprog’ini ardoqlang,seving.Bu yilimiz mo’l-ko’l,hosili barakali yil bo’lsin.Qarang bolajonlar,bahor kelgani bilan tabiat xodisalari bizdan yiroqlashgani yo’q, kecha kuini chaqmoq chaqib,yomg’ir yog’di.Tabiat xodisalari o’zlari haqida nima demoqchi :

Buni sanab bergin-chi menga
Bular birin-ketin paydo bo’lishar
Chunki bu tabiat xodisalari.
2- o’quvchi : Qor
Qishin bilan qor yog’ib
Dalalar qorda qoldi.
Qarang hosil mo’l bo’lar ,
Bu hammasi qordandir.
3-o’quvchi : Do’l
Men do’lman,qarang do’lman
Ust-boshingizga tushsam xo’lman .
4-o’quvchi : Men chaqmoqman,chaqmoqman
Ba’zida,o’tga aylanaman.
Gar chiqib qolsam shu dam
Telivizorni olib qo’y bir dam.
Hamma : Qadamingizdan gul unsin ,Navro’z !
Poyingdan gul to’kilsin Navro’z !
Endi navbat maqollarga :
“Ona bilan bola – gul bilan lola “
“ Jannat – onalar oyog’i ostidadur “
Shuning bilan bugungu tadbirimiz nihoyasiga yetdi.
kelgusi yil Navro’z olamida uchrashguncha hayr !


Download 42.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling