Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida


Download 17.32 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi17.32 Kb.
#1336534
Bog'liq
Navruz


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 2023-yil 1-martdagi PQ-82-son qaror 13 va 16-bandlari ijrosini ta’minlashga oid Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
MA’LUMOT
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 2023-yil 1-martdagi PQ-82-son qaror 13-bandi ya’ni “Mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsulliklarida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi, O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi tomonidan “Vatandoshlar” jamoat fondi va faol vatandoshlar bilan hamkorlikda “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim” bosh g‘oyasi asosida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlagan maʼnaviy – maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Yangilanish va yasharish ayyomi Navro‘z bayrami Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz orasida ham keng nishonlandi
Xususan Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi tomonidan mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi ko‘magida ushbu shahrida tashkil etilgan bayram tadbirida talabalar, maktab o‘quvchilari, mehnat migrantlari va boshqa ko‘plab yurtdoshlarimiz jamuljam bo‘lib, tantanda 400 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdi.
Mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan Polshaning Mlochini shahrida Navro‘z bayrami tadbirlari va “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Amur viloyatidagi vakili va “Amir Temur milliy madaniyat birlashmasi” jamoat tashkiloti rahbari bilan hamkorlikda “Vostochniy” kosmodromida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar ishtirokida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembrij forumi bilan birgalikda Kembrij universitetida hamda Beksli shahrida Navro‘z bayrami tantanalari keng nishonladi va O‘zbekistondagi islohotlarga bag‘ishlangan brifing tashkil etdi. Bayram saylida 400 dan ortiq yurtoshlarimiz, jumladan, ushbu davlatda istiqomat qilayotgan, nufuzli kompaniya taʼsischilari, yirik kompaniya vakillari, YETTB xodimlari va oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Ko‘plab vatandoshlar ishtirok etgan yuqoridagi madaniy tadbirlardada har bir hududning o‘ziga xos urf-odatlari, folklori, anʼanalari, madaniyati va sanʼatini ko‘rsatib beradigan chellenjlar tashkil etildi, milliy taomlar, kiyimlar ko‘rgazmlari shuningdek, yoshlar sayillari bo‘lib o‘tdi.
16- bandi. Joylardagi ovul va mahallalarda yashayotgan yoshlar o‘rtasida uloq-ko‘pkari, poyga, kurash, yugurish, chillak, arqon tortish va boshqa milliy sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar hamda ko‘rgazmali chiqishlar uyushtirildi.
Navro‘z tantanalari davomida respublikaning barcha hududlarida Joylardagi ovul va mahallalarda yashayotgan yoshlar o‘rtasida milliy sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar hamda ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etildi.
Xususan,Buxoro viloyatida tashkil etilgan Navro‘z sayillari davomida kurash, arqon tortish o‘ yinlari bilan birgalikda G‘ijduvon tumanidagi “Beklar” maydoni cho‘l hududida uloq-ko‘pkari bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog’izton Respublikasida ham bayram tantanalari ham keng nishonlandi. Shunday tadbirlardan biri Milliy Gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasida o‘tkazilib, tadbir davomida sportning arqon tortish, kurash turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
“Navro‘z umumxalq bayrami” munosabati bilan “Armiya va xalq-bir tan-u bir jon” shiori ostida Harbiy vatanparvarlik tadbirlari ham o‘tkazildi. Tadbir davomida yoshlar harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmlai chiqqishlarni tomosha qilish bilan bir qatorda, kamondan otish, arqon tortish musobaqalarida harbiylar bilan birgalikda ishtirok etdi. Mazkur tadbirlarda 210 00 nafardan ortiq yoshlar ishtiroki ta’minlandi.
Download 17.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling