Navro‘z Yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining yangi yil bayrami sanalib, 21-mart kuni nishonlanadi
Download 8.6 Kb.
|
4-mustaqil ish R.K
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Xalq sayli
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti Qarshi filiali Telekommunikatsiya va Kasbiy ta’lim fakulteti Telekommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishi TT_11-22 guruh talabasi Rasulov Komilning Akademik yozuv 2 fanidan tayyorlagan 4-MUSTAQIL ISHI Mavzu: Xalq sayli Navro‘z Yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining yangi yil bayrami sanalib, 21-mart kuni nishonlanadi. Bu bayram O‘rta Osiyoda Islom dini o‘rnatilmasidan oldin ham nishonlangan. Navro‘z haqida ko‘plab afsona va rivoyatlar, shuningdek, ilmiy asarlar ham mavjud. Jumladan, Umar Hayyomning (1048-1132) “Navro‘znoma” asarida quyidagilarni o‘qiymiz: “Navro‘zning joriy qilinishi sababini aytsak, u shundan iboratki, oftobning ikki aylanishi mavjud, ulardan biri quyidagicha: Oftob har yuz oltmish besh kun-u kecha-kunduzning to‘rtdan birida Hamal burjining birinchi daqiqasiga chiqib ketgan paytining o‘zida yana qaytib keladi va har yili bu davr kamaya boradi. Jamshid bu kunni tushunganidan keyin Navro‘z deb atadi va bayram qilishni odatga aylantirdi. Aytishlaricha, birinchi Ajam podshosi Kayumars podshoh bo‘lgandan keyin yilning kunlari va oylariga nom berishga hamda odamlar bilsin deb yilnoma joriy qilishga qaror qilgan, u tongda oftob Hamal burjining avvalgi daqiqasida kirgan kunni aniqlab, Ajam ma’budlarini yig‘di va yil hisobini shu paytdan boshlashni buyurdi”. Mana shunday qadimiy bayram sobiq sho‘rolar tuzumi davrida deyarli unutildi. Uni ta’qiqlab ham qo‘yishdi. Shukurki, istiqlol bu ajoyib bayramni xalqimizga qaytarib berdi. Endilikda u O‘zbekistonda bahor, mehr-muruvvat, do‘stlik bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Download 8.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling