Farg’oniy suvni o’lchash muammosini yechish uchun shunday bir me’moriy loyiha yaratdiki, bu yer ilmiy kuzatishlar olib borishlarga mo’ljallangan laboratoriya tusini oldi. Loyihani Fustot (Qoxira) yaqinidagi Raud nomli orolga joylashtirib, yopiq kanallar bilan ikki tarafdan daryoga ulangani o’lchash natijalarini aniqligini oshirgan bo’lsa, hududning tuzilishi va o’lchagich tosh taxtasining joylashishi va o’lchamlari uni ishlatish davomida tozalab, hamda tamirlab turish imkoniyatini bergan. Shuningdek, u granit toshlardan yasalganligi ham uzoq asrlarga yetib borishini taminlagan. Hozirgi kunda ham bu inshootning tosh ustunlari qoldiqlari yodgorlik sifatida turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |