Nazar eshonqul asarlarida psixologik tasvir va adabiy gallyusinatsiya
PEDAGOGS international research journal
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
80-89
PEDAGOGS
international research journal www.pedagoglar.uz Volume-6, Issue-1, March-2022 85 Nasar, tonggi kemada kelayotgan yepiskop xazratga peshvoz chiqish niyatida, ertalabki soat besh yarimda uyg‘ondi. Uyg‘onishdan avval tush ko‘rdi; anjirzordan o‘tib borayotganmish, sevalab ohista yomg‘ir yog‘ayotgnmish, mana shunday xushsaodat ro‘yo muddatida u birmuncha o‘zini baxtiyor his qildi, ammo ko‘zini ochib,boshiga bexosdan qush axlati sochilganday, ta’bi tirriq bo‘ldi. Oradan yigirma yetti yil o‘tgach, uning onasi Plasida Linero o‘sha mash’um va musibatli dushanbani batafsil xotirlarkan: “U tushida ko‘pincha daraxtlarni ko‘rardi” dedi menga. “O‘limidan bir hafta oldin ham tush ko‘rgandi, aytishicha, yakka o‘zi qo‘rg‘oshin qog‘ozdan yasalagan samalyotda uchganmish, uchoq bodomzorlar sari parvoz qilarmishu qanotlari birortayam daraxtga urilmasmish ”, qo‘shib qo‘ydi u yana. Plasida Linero o‘zgalar tushiga darrov ta’bir aytguvchi mug‘ambirlikda ustasi farang ayol, lekin u o‘z o‘g‘lining qandaydir daraxtlarga bog‘liq tushlarida ham o‘ldirilgan kuni va undan bir hafta avval ko‘rgan tushida ham hech bir yomon alomatni sezmagandi.” Sant’yago Nasar kabi shubha-gumon va tuxmat qurboni bo‘lgan jo‘shqin, beg‘ubor, ko‘ngli ochiq yigitning qo‘rg‘oshin qog‘ozdan yasalgan samolyotda bog‘-rog‘lar uzra uchish tushlarini ko‘rishi tabiiy . Mashhur psixolog yozuvchi bu bilan asli beg‘ubor Sant’yago Nasarning la’ldek toza ma’naviy olamini ko‘rsatishni niyat qilgan. Nazar Eshonqul asarlarida psixologik dramatik obraz va majoz sinkretligidagi talqinlar ham ko‘p uchraydi. Masalan, “Go‘ro‘g‘li” romanida hatto “Natyurmort N.ning tushlari” deb atalgan nomli 8- bobi aynan tush tasviri bilan bog‘liq. Mazkur romanida sho‘ro tuzumi jabrini tortgan, o‘lmasidan oldin o‘lgan bandaga aylantirilgan, hatto ismi – sharifi noma’lum, faqat “N” shaklida ataladigan bechora kimsa obrazining boshdan –oxir aziyatli, o‘ta fojiona va haqoratlangan timsoli yaratilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling