Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!
Download 316.41 Kb. Pdf ko'rish
|
sherlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- УЎК 716 КБК 8253 S 11
PARVOZ Toshkent — 2023 3 YUKSAK PARVOZLAR SARI! Har bir xalqning maʼnaviy dunyosini, milliy qadriyat- larini va oʻzlikni anglash darajasini uning adabiyotidan bilsa boʻladi. Shu maʼnoda adabiyotga, soʻz sanʼatiga “Hayot koʻzgusi” deya taʼrif berilishi bejiz emas. Chunki unda muayyan bir millatning oʻziga xos mentaliteti, ruhiy olami namoyon boʻladi. Mamlakatimizda yuz berayotgan oʻzgarishlar, yangilanishlar ham birinchi navbatda badiiy ijod sohasida, sheʼriyatda aks etishi tabiiy bir hol, albatta. “Boyovut” degan nom tilga olinganda oʻzbek kitob xoni koʻz oʻngida hassos ijodkor, millatimizning Toʻmari- si hisoblanmish Halima Xudoyberdiyeva siymosi gav dalanadi. Chunki ardoqli shoiramiz Boyovut zaminida tugʻilib voyaga yetgan, ilk ijodi bilan jamoatchilikning eʼtiboriga tushgan edi. Qoʻlingizdagi bayozda esa ana shu soʻlim manzilda yashab ijod qilayotgan bir guruh qalamkashlarning ashʼoridan nafis bir guldasta jamlan- gan. Ushbu majmuani varaqlar ekansiz, Boyovut tuprogʻi halihamon dilbar sheʼriyat nafasi bilan yashayotganiga, qoʻliga qalam tutgan har bir ijodkor yuragida Halima xonimning isyonkor ruhi balqib turganiga amin boʻlasiz. Sayyora Ernazarovani Sirdaryo ahli noziktaʼb shoira, yosh qalamkashlarning jonkuyar ustozi sifatida bilishadi. Uning sheʼrlarida oʻz hayotini ijoddan ayro tasavvur eta olmaydigan qishloq ayoli, farzandlar kamoli uchun bor narsasini berishga tayyor ona timsoli namoyon boʻladi. Baʼzi bitiklarida esa, hayajonning kuchliligidan misralar qolipiga sigʻmay qolgan isyonkor tuygʻular boʻy koʻrsatib turadi. УЎК 716 КБК 8253 S 11 Parvoz [Matn]: She’rlar – Toshkent: 2023. – 60 b. ISBN: 978-9943-8245-9-6 Download 316.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling