vozimida faoliyat olib bormoqda.
BAHOR NAFASI
Bahorim intizor kutdim, sog’indim,
Qishning izg’irinu ayoz kunida.
Ko‘klamoyim rosa qadring bilindi,
Qahraton sovuqli uzoq tunida.
Mana, yana ko‘kda quyosh charaqlab,
Insonlarning bahru dili ochildi.
Dalayu, qirlarga chiroy baxsh etib,
Gulgun qizg’aldoqlar har yon sochildi.
Tabiat uyg’ondi ishqalab kiftin,
Kayfiyatlar chog’u ko‘ngillar obod.
Bahorgi tashvishlar biram yoqimli,
Go‘zallikni ko‘rgan dillar erur shod.
Dehqonlar yerdagi namlikdan xursand,
Bu yil mo‘l bo‘ladi suvobi hayot.
Ona yer bag’riga chorlab ushbu dam,
“Urug’ qadangiz” deb aytmoqda bayot.
Bahor ko‘p kuttirding, endi qol ko‘proq.
BOLALIK XOTIRALARI
Do‘stim qara yillar o‘tib bormoqda,
Yildan yil ulg’ayib boryapmiz biz ham.
Esdalik daftar ham to‘lib qolmoqda.
Bolaligim eslab ko‘zlarimda nam.
Yurardik sho‘xshodon qayg’uni bilmay,
O‘yinqaroq edik, juda g’o‘r edik.
Qayg’u ham, g’amlarni nazarga ilmay,
Hali baxtdan baxtli bo‘larmiz derdik.
Esingdami o‘sha baxtiyor damlar,
Oq teraku besh tosh o‘ynardik shodon.
Yodimda hamisha saqlayman mangu,
Sira unitilmas bunda hech bir on.
Bugunchi, ulg’aydik yoshimiz o‘sdi,
Ona yurt nomini yozdik jontanga,
Orzular ro‘yobin topar agarda,
Gar munosib farzand bo‘lsak Vatanga.
14
15
A
bdusalomova Zanjiloy Farxod qizi 2003-yil
Sirdaryo viloyatida tavallud topgan. Sheʼrlari
“Tinchlik”, “Shukrona”, “Nur ustiga nur” kabi toʻplam-
larda , viloyat, respublika hamda qoʻshni davlatlarning
gazeta - jurnallarida chop etilgan. 2022 yilda “Oydin
orzular” nomli mualliflik kitobi chop etilgan. Hozirgi
kunda Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari Universitetining
Do'stlaringiz bilan baham: |