Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!
o‘qishga qabul qilingan. Hozirda Boyovut tumanidagi
Download 316,41 Kb. Pdf ko'rish
|
sherlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIR BAXT BO‘LSA…
o‘qishga qabul qilingan. Hozirda Boyovut tumanidagi
17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Ijodiy-madaniy ma- salalar bo‘yicha targ’ibotchi lavozimida faoliyat olib bormoqda. MUSTAQILLIK MUBORAK Mustaqil O‘zbekiston, Ozod, hur O‘zbekiston. Dunyo ichra yagona, Bo‘lgan tillarda doston. Senga tol’e yor bo‘lsin, Baxting abadiy kulsin. Butun dunyo tan olgan, O‘zbekiston bor bo‘lsin. Farzandingman shu baxtim, Iqbolim, buyuk shahdim. Senga sodiq bo‘lolsam, Shudir dildagi ahdim. ISHON Kechir,tuyg’ularing aylayman poymol, Sadoqatu, mehring kerakmas ishon. Soxta tuyg’ularga sira berilmay, Qalbim ishqsizlikla baxtlidir har on. Yuragim qiynagan armonli yillar, Barchasin o‘tmishga otib bo‘lganman. Endi hech kim qalbim etolmas nishon, Soddalik yo‘lidan o‘tib bo‘lganman. Q azaqova Sarvinoz Jahongir qizi 1997-yil 23-noyabrda Sirdaryo viloyatida tavallud top- gan. Guliston Davlat Universiteti talabasi. Adabiyot- ning nazm, nasr, publitsistika yoʻnalishlarida ijod qilib kelmoqda. She’rlari “Hilol” va “Turk edipleri” xalqaro to‘plamlaridan o‘rin olgan. Boyovut tumanida tashkil etilgan “Yosh jurnalist va notiq” to‘garagi a’zosi. KEL Kel! Taftish et! Nigohlarimni, Koʻzimdagi hayratga aylan. Iligimda koʻpirayotgan, Intiq ishqning pinjiga joylan. Kel! Bezabon tuygʻularimni Tiriltirgin nafasing bilan, Toʻzgʻib ketgan umidlarimni, Bir joyga yigʻ,qafasing bilan. 18 19 Yuragimni aqldan ozdir, Mudragan kechmishim uygʻonsin. Meningdayin telbalar ozdir, Layli muhabbatidan tonsin. BIR BAXT BO‘LSA… Bir baxt boʻlsa, Oxiri yoʻq. Ohori yoʻq. Ozori yoʻq. Bir chaqaga sotilar, Ming bozori yoʻq. Kuz daraxtin avrab,esgan shamol kabi Xazonlar duuv toʻkilar,jon mozori yoʻq. Bir baxt boʻlsa, Sirdan yiroq. Darddan yiroq. Garddan yiroq. Ayshishratga berilgan, Huuv marddan yiroq. Saratonda sargʻaygan dil izhorlari, Yolgʻonyashiq jumlalaru, farddan yiroq . Bir baxt boʻlsa, Boʻlinmagan, Boʻlaklarga, Yoʻlaklarga.... Sevgidek singigan, Butun soʻngaklarga. Har bomdodda aytilgan,”Bismilloh” kabi, Nurdek botib kirsa,bu qon yuraklarga. Bir baxt boʻlsa, Oxiri yoʻq... Ozori yoʻq...... Download 316,41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling