Z aripova Zarnigor Bobonazar qizi 2006-yil- da Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida taval- lud topgan. Hozirda tumandagi 7-maktabning 10-sinf o‘quvchisi. ONAM XASTA QILMAGIN, ALLOH Nurididam, mehribon onam,
G‘amxo‘rginam doim parvonam,
Ko‘rmagayman u bilan alam,
Onam xasta qilmagin, Olloh.
Tun. Uyqu yo‘q beshik qoshida,
Qora tola yo‘qdir boshida,
Dunyo g‘ami tomchi yoshida,
Onam xasta qilmagin, Olloh.
U ila yorug‘ qorong‘u tunim,
Taqdir aslo qilmasin zulm,
Ona degan ilk bora tilim,
Onam xasta qilmagin, Olloh.
Menla tuysin faxr va g‘urur,
Ko‘ngli topsin taskin va surur,
O‘zingsanku har neni bilur,
Onam xasta qilmagin, Olloh.
T o‘rabekova Sevinch G’ayrat qizi 2006-yil Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida taval- lud topgan. Hozirda tumandagi 7-maktabning 10-sinf o‘quvchisi. O‘ZBEKISTONIM O‘zbekistonim,
Obod bo‘stonim
Senga fidodir,
Ming bitta jonim.
Xizmatga shaymiz,
Biz o‘g’ilqizlar.
Yorug’ kelajak,
Yorqin yulduzlar.
Yuzimda quvonch,
Qalbimda faxr.
Jondan sevaman,
Men seni axir.
X oliqberdiyev Og’abek 2009-yilda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tavallud topgan. Hozirda tumandagi 24-maktabning 7-sinf o‘quvchisi. QOMUSIMIZ Haqiqat ziyosi unda mujassam,
Ezgulik barq urgan, nurafshon olam,
Zalolatga qarshi eng keskir olmos,
Ta’rifin bitishchun qo‘limda qalam.
38
39
Konstitutsiya bizning bosh qomusimiz,
Nurafshon kunlarga eltgaydir har on.
Dunyo ahli boqar doim xavasda,
Yurtimda e’zozda har bitta inson.
OMAD Ishlarim yurishmay bezib yuribman,
Do‘stlarim orqamdan pinhon kuladi.
Ko‘nglim negadir to‘q sezib turibman,
Menga ham bir kuni omad keladi.