Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!


U smonova Madina Xaydarali qizi 2010-yil


Download 316.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/25
Sana18.06.2023
Hajmi316.41 Kb.
#1595940
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
sherlar

U
smonova Madina Xaydarali qizi 2010-yil
10-noyabrda Sirdaryo viloyati Boyovut tu-
manida tavallud topgan. Boyovut tumaniga qarashli 
52-sonli maktabning 6-sinf o‘quvchisi. “Yosh adabiyot-
shunoslar” to‘garagi a’zosi.
NINACHI
Bog’da uchar ninachi,
Gulni quchar ninachi.
Biram chiroyli qarang,
Qanotlari rang­barang.
Shisha kabi ko‘zi bor,
Dum­dumaloq yuzi bor.
Doim uchib yuradi,
Guldan sharbat so‘radi.
ONAJONIM
Farishtali yuzligim,
Shirin­shirin so‘zligim.
Mehribonim oq ko‘ngil,
Onajonim!
Erkatoy qizingizman,
Ham yuz­u ko‘zingizman.
Men bosar izingizman,
Onajonim!
Siz mening ishonganim,
Dadamdir suyanganim.
Baxtimga sog’ bo‘ling siz,
Onajonim!


42
43
B
obojonov Maqsudjon 2009-yilda Sirdaryo 
viloyati Boyovut tumanida tavallud topgan. 
Boyovut tumaniga qarashli 28-sonli maktabning 
7-sinf o‘quvchisi.
SOGʻ BOʻLING
Yurtni qoʻriqlaydi asl qahramon,
Yuksak gʻurur birla bordir sharaf­shon.
Vatan tinchligini oʻylaydi har on,
Askar akalarim sog’ boʻling, omon.
Yurt uchun hattoki, fido qilar jon,
Yovlarga qoldirmas hech qanday imkon.
Sizlarni kuylashga ojizdir zabon,
Askar akalarim sogʻ boʻling, omon.
Tun bedor kezasiz doimo sarson,
Zahmat­u mehnatda oshdingiz dovon.
Ulkan bir shijoat bordir begumon,
Askar akalarim sogʻ boʻling, omon.
SHE’RIM
Nogohon bedor o‘y ezar dilimni,
Yillar umrimizga qilarmi shafqat?
Barchasi shamolday ketdilar uchib
Sheʼrim yolg’iz oʻzing qolding­ku faqat.
Qismat atalmagay har kimga zavol,
Eʼzozlab qoʻyaylik, aytib shukrona.
Goʻzal tuygʻularni axtarib xayol,
She’r yozmasam umrim bo‘lar g’amxona.

Download 316.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling