Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!


B arotova Anora Saidaxmad qizi 2011-yil


Download 316.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/25
Sana18.06.2023
Hajmi316.41 Kb.
#1595940
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
sherlar

B
arotova Anora Saidaxmad qizi 2011-yil 
28-aprelda Sirdaryo viloyati Shirin shahri-
da tug’ilgan. Hozirda Boyovut tumanidagi 51-sonli 
umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi. 
ONAJONIMGA
Yuzlari nurga to‘lgan farishta onajonim,
O‘zingiz bir donamsiz, olamda yagonamsiz.
Mehri quyoshdek bo‘lgan mehribon, jonajonim,
Sirdoshim, durlar ichra bebaho durdonamsiz.
Fayzli xonadonimiz go‘zal qirolichasi,
Tabassumingiz ko‘rsam kuch­quvvatga to‘laman.
Bergan tarbiyangizni oqlab bir kun albatta,
O‘zingiz orzu qilgan oqila qiz bo‘laman.
USTOZIM
Qalblarida mehrdir,
So‘zlarida sehrdir.
Yuzlari nurga to‘lgan,
Mehribonim­ustozim.
Chin qalbimdan muborak,
Etayin bugun sizni.
Yodda saqlayman har on,
Bergan bilimingizni.
Bugun qo‘lda soz bilan,
Kuylab xush ovoz bilan.
Tabriklayman ustozim,
Shukrona kuniz bilan.
A
bdullayeva Shaxnoza 2009-yilda Sirdaryo 
viloyati Boyovut tumanida tavallud topgan. 
Hozirda tumandagi 46-sonli maktabning 8-sinf o‘quv-
chisi. 
BAHORIM
Sevaman bahorim, sevaman chindan,
Nafosat elchisi kecha­kunduzni.
Kurtaklar rang olar turli gullardan,
Suvda aksi tushgan oy­u yulduzni.
Sevaman, ko‘l yoni oq, pushti yaproq,
Yomg’ir shu’lasida kamalak chiqsa.


40
41
Qirda qizg’aldoqlar ochilsa ko‘proq,
Tog’ bag’ri yonida quyosh porlasa.
Sevaman bahorim, sevaman dildan,
Jannat iforlari gul­u rayhonni,
Jism­u jonim bilan sevaman chindan,
Qalbimni tark etmas go‘zal bahorni!
TONG
Erta tongda toza havo,
Tuman tutmas olamni.
Charaqlagan quyosh bobo,
Yoqimli qilar tongni.
Gohida esib shamol,
Unga ilhom bag’ishlar.
Qushlarning chug’uridan,
Boshlanar tonggi ishlar. 

Download 316.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling