Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!


E gamnazarova Shahnoza Ilhomjon qizi 2008-yil


Download 316.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/25
Sana18.06.2023
Hajmi316.41 Kb.
#1595940
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
sherlar

E
gamnazarova Shahnoza Ilhomjon qizi 2008-yil 
3-iyulda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida 
tavallud topgan. Hozirda tumandagi 11-umumta’lim 
maktabining 8-sinf o‘quvchisi. She’rlari “Suyun-
chi”(2023) nomli yoshlar bayozidan o‘rin olgan. 
ONAJONIMGA
Onajonim ulug’, mo‘tabar zotdur,
Har bitta so‘zlari men uchun yoddur.
Issiq quchog’ida orom olurman,
Poyi jannatim deb e’zoz qilurman.
Ko‘zlarida chuqur o‘yni ko‘raman,
Chekkan dardlarini yaxshi bilaman.
Bizni deb har lahza tinmagan onam,
Orom nimaligin bilmagan onam.
Biz uchun bag’shida aziz joningiz,
Dunyoda yagona buyuk nomingiz.
Hamisha sog’ bo‘ling doim quvonchim,
Borligingiz baxtim, so‘nmas ishonchim.
BAHOR ZAVQI
Bodom guli qiyg’os bo‘lib ochilgan payt,
Quyosh nuri yer yuziga sochilgan payt.
Yuraklarda ajib hislar urar tug’yon,
Ko‘klam kirib, ayoz tafti yanchilgan payt.
Dehqon bobom dala tomon shoshiladi,
Boychechak­u, lola gullar ochiladi.
Kelinchakdek bezangandir bog’­u rog’lar,
Shoirlarning ilhomini toshiradi.
D
oniyorova Mushtariybonu Otabek qizi 2008-
yil 28-noyabrda Sirdaryo viloyati Boyovut tu-
manida tavallud topgan. Hozirda tumandagi 13-mak-
tabning 7-sinf o‘quvchisi. “Kamalak yulduzlari-2021” 
Respublika bolalar ijodiyoti festivalining lauriyati.
Yosh ijodkorning she’rlari viloyat va respublika gazeta 
va jurnallaridan o‘rin olgan. 2021-yil “Orzular qanoti-
da” nomli ilk mualliflik to‘plami chop etilgan.


30
31
O‘ZBEKISTON
Jahon ichra yagonasan,jon guliston,
Chaman ichra bo`y taratgan bog`­u bo`ston.
Qalbimdagi durdonasan, fidodir jon,
Mangu bo`lsin shon­shuhrating O`zbekiston!
Zar tuprog`i daholarga Vatan bo`lgan,
Jadidlari shu yurt deya bir tan bo`lgan.
Yuksalgayman jamolingga boqib har on, 
Mangu bo`lsin shon­shuhrating O`zbekiston!
Men ham sening bir qizingman,qunduzingman,
Osmoningda porlagan bir yulduzingman.
Yashna, deya tuproq osti ildizingman,
Mangu bo`lsin shon­shuhrating O`zbekiston!

Download 316.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling