Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!


M amatqosimova Sitora Baxtiyor qizi 2000-yil


Download 316.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/25
Sana18.06.2023
Hajmi316.41 Kb.
#1595940
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
sherlar

M
amatqosimova Sitora Baxtiyor qizi 2000-yil 
8-mayda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tu-
manida tavallud topgan. Hozirda Boyovut tumanida-
gi 34-maktabda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha 
targ’ibotchi lavozimida ishlab kelmoqda.
BAHOR
Salom, mening kelinchagim bahorim,
Tonglari sof, nurafshonli nahorim.
Tashrifingdan qalbim doim shodlanar,
Sen­la go‘zal, axir bog’­u bo‘stonim.
O‘zgacha fayz bilan kelding yurtimga,
Xush yoqasan ko‘ngillarga, har kimga.
Hayotimiz baxtga ko‘mgan bahorim,
So‘nmas quvonch bag’ishlaysan ko‘nglimga.
OJIZ MUHABBAT
Muhabbat vasfining bedor timsoli,
Sog’inch azoblarin totmoqdadir qalb.
Sevgidan yarador majruh qalbimning,
Go‘yo unutmoqda hayosin bu qalb.
Hislarim bezovta, dunyolar ayro,
Falakka ko‘z tikkan ma’shuqdek go‘yo,


20
21
Ha, men bir telbaman,ojizdir dunyo
Bular xayol emas, afsuski ro‘yo.
Osmondan qor kabi yog’moqda sog’inch,
Har yoqqan parchasi qalbim muzlari.
Kelsang­chi, agarda ko‘nglimda sevinch,
Qachon tugar axir, armon yo‘llari...
Dardimga dard qo‘shar sog’inch sharobi,
Mast qilar bu sharob dudoqlarimni.
Xayolotdan kelgan armon so‘rog’i,
Sen tomon eltadi ko‘ngil firog’i... 
M
amadaliyeva Shodiyona G’anisher qizi 2008-
yil 23-yanvarda Sirdaryo viloyati Boyo-
vut tumanida tavallud topgan. Hozirda tumandagi 
11-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi.
ONAM BORDIR YONIMDA
Boshda tojim, davlatim,
G’ururi tog’, savlatim.
Mening yagona baxtim,
Onam bordir yonimda.
Poyi Kabatullohim,
Duogoyim, panohim.
Umrin bersin Allohim,
Onam bordir yonimda.
Hech kimdan kam bo‘lmasman,
G’am­tashvishga to‘lmasman.
Armon nima bilmasman,
Onam bordir yonimda!
BAHOR
Yana quyosh charaqlab,
Bahor keldi Vatanga.
Boychechak­u lolalar
Chiroy berar chamanga.
Daraxtlar kurtak ochib,
Uyg’onadi uyqudan.
Insonlar mehnat ila,
Yiroq bo‘lar qayg’udan.
Sho‘x bulbullar xonishi,
Dilni yayratar biram.
Asli ko‘klam kelganda,
Har bir kun bo‘lar bayram. 

Download 316.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling