Parvoz toshkent — 023 yuksak parvozlar sari!


E shonqulova Moxira Davronqul qizi 2007-yil


Download 316.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/25
Sana18.06.2023
Hajmi316.41 Kb.
#1595940
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
sherlar

E
shonqulova Moxira Davronqul qizi 2007-yil 
20-may kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tu-
manida tavallud topgan. Hozirda tumandagi 34-mak-
tabning 9-sinf o‘quvchisi.
TILAGIM
Ko‘ngli nozik, erkagina gulingizman,
Or­u nomus, yorug’ bo‘lgan yuzingizman.
Bir so‘ragim keldi, yana o‘zingizdan,
Dadajonim rozimisiz qizingizdan?!


46
47
O‘stirdingiz baxt ichida, gulga o‘rab,
Qo‘lim tutib, nur ichida ko‘nglim qarab,
Ikki bahor, gulingizdan holin so‘rab,
Onajonim rozimisiz qizingizdan?!
Niyatim shu, sizlarni rozi qilmoqlik,
Bergan tarbiyangizga loyiq bo‘lmoqlik.
Doim faxrlanadigan qizingiz bo‘lib, 
Nurli yuzlaringiz yorug’ qilmoqlik.
Baxtimizdan tabassum qiling, onajon ,
Yorug’ bo‘lgan bu nurli yuzingiz bo‘lay.
Inshaalloh faxrlanib , yuring , dadajon,
Payg’ambar suygandek, qizingiz bo‘lay!
JAHONNI LOL QILGAN MENING AJDODIM
Qonda yo‘q deydilar, bilimni ular,
Biladi, barchasin bilgandi ular.
Axir yashab o‘tgan buyuk bobolar 
Aytingiz, aytinglar , kim edi ular.
Tunlarni tonglarga ulab, izlanib,
Bobom Mir Alisher qalam tebratdi.
Bir misra she’riga oshiq qoldirib,
Lutfiyning ishqini yoqib, quvnatdi.
Arastuning yo‘lin davom etdilar,
“Muallimi soniy” nomin oldilar.
Izlanib hech qachon ortga chekinmay,
Axir , u Farobiy bobom edilar.
Tibbiyot ham hayron, tibbiyot ham lol,
Topildi , axir ming dardlarga shifo. 
O‘rganib, shu uchun yillar o‘tkazib,
‘’Tib qonunlar’’ ilmin yaratdi Sino.
Ajdodlar orzu qilgan kunlar ham keldi,
Yashayapmiz go‘zal, tinch­totuv yurtda.
Do‘stim quvnab, yayrab yashaymiz endi,
Barchasi yurtboshim mehnatlarida.
Ey farzand, qonimda bilim yo‘q dema,
O‘zbeksan ajdodlar qoni oqmoqda.
Mustaqil yurtimning baxti tonglari,
Yuksak zafarlarga olib bormoqda.

Download 316.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling